Laboratoriya ishi kombinasion mantiqiy sxemalar analizi



Yüklə 490,9 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü490,9 Kb.
#166512

2- LABORATORIYA ISHI
KOMBINASION MANTIQIY SXEMALAR ANALIZI
Ishdan maqsad: Kombinatsion mantiqiy sxemalarni analiz qilish.
Mantiqiy funksiyani yoki mantiqiy funksiyalar majmuasini amalga oshiruvchi mantiqiy elementlardan tashkil topgan sxema kombinatsion sxema (KS) deb ataladi.
Kombinatsion sxemaning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
- faqat mantiqiy elementlardan tashkil topadi;
- xotirlash qobiliyatiga ega emas;
- teskari bog‘lanish zanjirining bo‘lmasligi;- chiqish yo‘lining bitta va undan ortiq bo‘lishligi.
KSni sintezlash masalasi murakkab masala hisoblanib, unda berilgan mantiqiy funksiyani amalga oshiruvchi KSni ko‘rsatilgan bazisda loyihalash talab etiladi. KSni sintezlashning an’anaviy usuli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- berilgan mantiqiy funksiyaning MDNSh yoki MKNSh hosil qilinadi;
- hosil qilingan funksiyaning mukammal normal shakli mantiqiy funksiyalarni minimallashtirishning ixtiyoriy bir usuli yordamida minimallashtiriladi;
- olingan minimal funksiya ko‘rsatilgan bazisda ifodalanadi, ya’ni operator ko‘rinishiga keltiriladi;
- funksiyaning operator ko‘rinishidan sxemaga o‘tiladi.
Kombinatsion mantiqiy sxema (KS) (2.1-rasm) to‘liq berilgan bo‘lishi uchun uning faoliyati quyidagi mantiqiy funksiyalar tizimi bilan ifodalangan bo‘lishi kerak:

2.1-rasm. Kombinatsion mantiqiy sxemaning shartli grafik ko‘rinishi.


Kombinatsion sxemalarning analizi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Berilgan kombinatsion sxemadagi har bir element ishini ketma-ket mantiqiy funksiyalar orqali yozib, uning ishlash qonunini yorituvchi mantiqiy funksiyalar olinadi.
2. Ortiqcha elementlarni yo‘qotish uchun olingan mantiqiy funksiyalar analiz qilinadi.
Misol. Rasmda keltirilgan kombinatsion sxemaning man­tiqiy strukturasini analiz qiling (2.2-rasm).
Yechish: 1) Mantiqiy funksiya bilan berilgan KS har bir mantiqiy elementining ketma-ket ishlatilishini yozamiz:



2.2-rasm. Kombinatsion sxemaning mantiqiy strukturasi.

Yuqoridagi natijalardan foydalanib, Karno kartalarini tuzamiz (2.3-rasm) va KSga tegishli mantiqiy funksiyalarning minimal DNFlarini yozamiz:

2.4-rasmda mantiqiy funksiyalar minimal formalarining man­tiqiy sxemasi keltirilgan. Hosil bo‘lgan KSda, berilgan KSga nisbatan HAM mantiqiy elementi hamda kirish yo‘li kam ishlatilgan.

2.3-rasm. funksiyalar uchun Karno kartalari.

2.4-rasm. minimal formalarning mantiqiy sxemasi.
Hisobot tarkibi
1. Laboratoriya ishining nomi va uni bajarishdan maqsad.
2. Prinsipial sxemasi.
3. Har bir bajarilgan ish va natijalar (jadval, grafik va boshqalar).
4. Xulosa.
Nazorat savollari
1. Haqiqiylik jadvalidan foydalanib, kon’yunktor mantiqiy amalini izohlang.
2. Kon’yunktor ME shartli belgisini tasvirlab bering.
3. Kon’yunktor teskari mantiqda qanday mantiqiy funksiya ishini bajaradi.
4. Bul algebrasida HAM mantiqiy funksiyasini yozib bering.
Yüklə 490,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin