Laboratoriya jihoz (isitish, o`lchov, optik asboblar). Ko`rgazmali qurollar, ularning turlari va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish metodikasi
Laboratoriya jihoz (isitish, o`lchov, optik asboblar). Ko`rgazmali qurollar, ularning turlari va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish metodikasi
Laboratoriya jihoz (isitish, o`lchov, optik asboblar). Ko`rgazmali qurollar, ularning turlari va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish metodikasi
3-mustaqil ta`lim
Laboratoriya jihoz (isitish, o`lchov, optic asboblar)lari. Ko`rgazmali qurollar, ularning turlari va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish metodikasi.
Ko‘rgazmali qurollarni joylash, butlash va saqlash.Kuzatish tabiat jismlari va hodisalarining tabiiy sharoitlarda maqsadga yo’nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida ularni qayta tiklashdir. Kuzatishlar o’zining bajarilishi muddati bo’yicha ikki: qisqa muddatli va uzoq muddatli guruhlaiga bo’linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar to’laligicha dars tizimiga kiritiladi va tarqatma material bilan bajariladi. Kuzatish tabiatni o’rganishning ko’rgazmali metodidir. Tabiatshunoslikni kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarni rejali ravishda, maqsadga yo’nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi. Kuzatishlar ikki belgi: muayyan maqsadning bo’lishi va diqqatni kuzatish obyektini bilgan holda to’plash bilan xarakterlanadi.
AMALIY MASHG`ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
Vaqti
2-soat (80-daqiqa)
Mashg’ulot shakli
Amaliy
Mashg’ulot vositasi
Chaqiriq, munozara, muammoli izlanish
Ta’lim vositasi
Proyektr, darslik, ma’ruza matni
1-3- sinflardagi kuzatishlardan o’quv shaklining quyidagi shakllaridan foydalaniladi
1) sinfdagi dars va amaliy mashg’ulotlarda
3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi yer maydonidagi mustaqil mashg’ulotlarda
2) ekskursiyalarda
4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak
Kuzatishlarning natijalari yil fasllari bo’yicha “Kundalik kuzatish daftari” va sinfning tabiat hamda mehnat kalendarida qayd etib boriladi. Alohida e'tibor Quyosh balandligining, kun va tun uzunligining yil fasllari bo’yicha o’zgarishini kuzatishlai£a qaratiladi. Bu kuzatishlar o’quvchilaiga tabiat va odamlar mehnat faoliyatidagi mavsumiy o’zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi. “Kundalik kuzatishlar daftari”dagi maxsus maqolalar bolalarni kuzatishlar o’tkazishga yordamberadi. “Yozda siz tabiatda nimalarni kuzatdingiz?”, “Kuzatishga o'rganing”, “Kuzda tabiatni kuzatish natijalari*, “Tabiat va odamlar mehnatidagi bahorgi va yozgi o’zgarishlar haqida nimalami bilib oldingiz?” kabi maqolalar shular jumlasidandir.