LABORATORIYA MASHG`ULOTI № 3
MEXANIK UZATMALI TEBRATMA DASTGOHLARNI TA’MIRLASHNI
О‘RGANISH.
Ishning maqsadi: Tebratma-dastgohning reduktoriga,
yuqori zulfinini
chegarasigacha mashina yog‘i tо‘ldiriladi.
Reduktorga qish davrida qishki, yoz
davrida yozgi yog‘lar qo’yilishni o’rganish va maxkamlashni bilish.
3.1.Nazariy malumotlar
Tebratma -dastgohning konstruksiyasi 3.1-rasmda kо‘rsatilgan
Tebratma-dastgoh tik о‘rnatilgan ramadan tuzilgan, betonli poydevorga
о‘rnatiladi. Muvozanatlagich kallak bilan (teskari yuk bilan)
reduktor ikkita
krivoshipli bо‘ladi, unga teskari og‘irlik va ikkita shatunli traverslar
mahkamlanadi.
Elektrdvigatel valining (11) aylanishi pona tasmali uzatma (15) yordamida
reduktorni (10) etakchi valga uzatiladi. Elektrdvigatelning almashtiriladigan
shkivlari tebratma dastgohning turiga va uning yuk kо‘taruvchanligiga bog‘liq
bо‘ladi, diametrlari 63mm.dan 450mm.gacha bо‘ladi.
Reduktorning etakchi vali va shkivlarining diametri hamma turdagi tebratma
dastgohlar uchun о‘zgarmaydi, reduktorning yuk kо‘taruvchanligi va burash
momentiga bog‘liq bо‘ladi, tebratma dastgohlarni yuk kо‘taruvchanligi unga katta
bо‘lmaganda, 315mm.dan 1250mm.gacha о‘zgaradi.
3.1-rasm.Tebratma- dastgoh:
1-muvozanatlagich boshchasi; 2-kallakni tо‘xtatuvchi qurilma; 3-muvozanatlagich
tayanch
podshipnik; 4-muvozanatlagich; 5-teskari og‘irlik; 6-osma traversning
sferik podshipniki; 7-shatun; 8-krivoshipni teskari og‘irligi; 9-krivoship; 10-
reduktor; 11-elektrdvigatel; 12-tormozli qо‘l dastak; 13-rama; 14-ustun; 15-
ponasimon tasma; 16-poydevor .
Ponasimon tasmali uzatmaning uzatishlar sonining о‘zgarishi 2,5 dan 5
gacha etganda, elektr dvigatel valining shkivlari almashtiriladi.
Hamma turdagi tebratma dastgohda polirovkali shtokning yurish uzunligini
о‘zgartirish maqsadida shatunni mahkamlash
uchun krivoshipda teshiklar
ochiladi.
Polirovkali shtokning yurish yо‘lining uzunligi shatunning ostki barmog‘ini
krivoshipni teshigiga qayta о‘rnatish bilan о‘zgartiriladi, bunda krishipning radiusi
о‘zgaradi. Polirovkali shtokning yurish uzunligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Muvozanatlagichning tebranishlari soniga mos keladigan tavsifga ega
bо‘lgan elektrdvigatelni tanlash yoki elektrdvigatel validagi shkiv diametrini
о‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Tebratma dastgohning uzoq muddat ishlashi va avariya holatiga duchor
bо‘lmasligi, uning muvozanatlanganligiga bog‘liq. Nomuvozanatli tebratma
dastgohda
plunjerni yuqoriga yurishida, qurilmaga quvurlardagi suyuqlik
ustunining og‘irligi va shtanganing og‘irligi ta’sir qiladi.
Plunjer pastga harakatlanganda elektrdvigatel yuksizlanadi va ishlatishda
qatnashmaydi, bunda plunjer pastga shtanganing xususiy og‘irligi tasirida siljiydi.
Bunday yukning ishorasini о‘zgaruvchanligi, qurilmaning uzoq muddat xizmat
qilishiga va ayniqsa elektrdvigatelning ishiga salbiy tasir qiladi.
Shuning uchun
elektrdvigatelning о‘z muddatidan oldin eyilishga ta’sir etuvchi noqulay ta’sirlarni
bartaraf etish uchun plunjerning har bir qо‘shaloq yurishdagi yuklamasi
muvozanatlanadi. Bunday tebratma dastgohning muvozanatlanishini amalga
oshirish uchun, muvozanatlagichning orqa uchiga qarshi og‘irlik osiladi yoki
krivoshipga о‘rnatib tenglashtiriladi.
Tebratma dastgoh shtangasini
bir tekis yuklantirib, tо‘liq
muvozanatlashtirish kerak, tebratma-dastgohning muvozanatlashtirishni uchta
usuli amalda mavjud: muvozanatlagichli, rotorli va murakkabli.
Doimiy ravishda reduktorning shotun va muvozanatlagich boshchasini,
traverslarning, sharnirlarning va ishqalanadigan qismlarini moylab turish talab
qilinadi.
Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinini chegarasigacha mashina
yog‘i tо‘ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz davrida yozgi yog‘lar
qo’yiladi. Tebratma-dastgohning boshqa detallari konsistentni surtmalar bilan
suriladi.