Laboratoriya mashg’uloti: Mavzu: Barg ogizchalarining harakatini mikroskopda kuzatish. Daraxtlar novdasida suv almashuvini aniqlash. Yorug’lik ta’sirida kraxmal hosil bo’lishini aniqlash. Barg pigmentlari va ularning xususiyatlari



Yüklə 104,98 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.10.2023
ölçüsü104,98 Kb.
#154051
2-lab f



Laboratoriya mashg’uloti: 
Mavzu: Barg ogizchalarining harakatini mikroskopda kuzatish. 
Daraxtlar novdasida suv almashuvini aniqlash. Yorug’lik ta’sirida kraxmal 
hosil bo’lishini aniqlash. Barg pigmentlari va ularning xususiyatlari
 
Umumiy ma’lumot: 
O’simliklar barg og’izcha (ustisa) lari orqali suv 
bug’latish transpirasiyadeyiladi. Bundan tashkari, bar epedermisi hujayralaridan 
ham suv bug’lanadi. Barg plastinkasi kutin modda bilan qoplanganligi uchun bu 
qavat orqali sodir bo’ladigan bug’lanishi kutikulyar transpirasiyasi deyiladi. 
Ko’pchilik o’simliklarda barg og’izchalari ikkita loviyasimon hujayradan tashkil 
topgan bo’lsa, g’alladoshlarda boshqacharoq tuzilgan.
Kerakli jihozlar 
: Mikroskop, ustara, buyum va qoplag’ich oynalar, filtr 
qog’oz, o’simliklar bargi, gliserinning 5 % eritmasi, paxta, shisha tayoqcha, suvli 
stakan. Darsning maqsadi: Barg og’izchalarini ochilish va yopilishini gliserin 
eritmasi yordamida mikroskopda kuzatish. Ishning bajarilishi: Geran, tradeskansiya 
yoki boshqa biror bir o’simlik yorug’ va nam joyda saqlanadi. SHu o’simlikdan 
barg olib, bargning epidermis ya’ni ustki po’sti ustara yoki lezviya bilan avaylab 
shilib olinadi, olingan epidermis buyum oynasiga tomizilgan 5 % gliserin 
eritmasiga qo’yiladi va ustidan qoplag’ich oyna bilan yopiladi (oradan 15- 20 minut 
o’tgach). Tayyorlangan preparat mikroskopning 8 x li yoki 40 x li ob’yektivlari 
orqali tekshiriladi. Gliserin eritmasining konsentrasiyasi hujayra shirasining 
konsentrasiyasiga nisbatan yuqoriroq bo’lganligi uchun, hujayra shirasi tarkibidagi 
suvni gliserin o’ziga tortib oladi. Natijada hujayrada plazmoliz hodisasi ro’y beradi, 
shu vaqtda barg og’izchalari yopiladi. Oradan 15 minut vaqt o’tgach gliserin 
sitoplazmadan o’tib hujayra shirasida to’planadi. Hujayra shirasining 
konsentrasiyasi ko’tariladi va tashqi eritmadagi suvni o’ziga tortib oladi. Natijada 
barg og’izchasi hujayralariga suv kirib deplazmoliz hodisasi ro’y beradi, chunki 


gliserin barqaror plazmoliz hosil qilmaydi, shu sababli barg og’izchalari qaytadan 
ochiladi. Agar qoplag’ich oynaga bir tomchi suv tomizilib, gliserin filtr qog’oz 
bilan shimdirib olinsa, barg og’izchalari kengroq ochiladi, chunki suv qo’yilishi 
natijasida tashqi gliserinning konsentrasiyasi hujayra shirasining konsentrasiyasiga 
nisbatan pasayib qoladi. O‘simliklar to’qimasidagi amilaza –diastaza fermentinig 
kraxmalga ta’sirini o’rganish. Umumiy ma’lumot: Amilaza fermenti kraxmalni 
shakargacha parchalaydi. Amilaza fermenti unayotgan donlarning tarkibida va 
odam so’lagida bo’ladi. Shuning uchun ferment shirasini unayotgan don 
maysalaridan yoki so’lakdan tayyorlash mumkin. Buning uchun og’izni bir-ikki 
ho’plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz. So’ng bir ho’plam suvni 2-3 daqiqa 
davomida og’izda ushlab turiladi va bo’sh stakanga solinadi. Tajriba uchun 
yodning 1% li va kraxmalning 0,5% li eritmasi tayyorlanadi. Kerakli jihozlar: 
Probirka, suv, yod, don maysasi, olma, non, guruch, shakar va kartoshka bo’laklari. 
Ishning borishi: 1. Ikkita quruq probirka oling. 2. Birinchi probirkaga 1-2ml suv va 
1-2ml kraxmal eritmasi quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Uning ustiga 1 tomchi 
yod tomiziladi. Ko’k rang hosil bo’ladi. 3. Ikkinchi probirkaga 1-2ml amilaza 
shirasidan va 1-2ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o’tgandan keyin 1 
tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko’k rang emas, balki qizg’ish yoki sariq 
rang paydo bo’ladi. Bu kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganidan darak beradi.
Nazorat uchun savollar
:
1. Transpirasiya nima?
2. Transpirasiya prosessining boshqarishda barg og’izchalarining harakati 
qanday sodir bo’ladi? 
3. Barg og’izchalarining harakati qanday sodir bo’ladi? 


 Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va 
mikrobiologiyasi asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. T. 1990. 2.Sulaymonov A.S. 
Tretyakov K.G. O’simliklar fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar. T.1976. 3. 
Burigin V. A. va boshq. Botanika va o’simliklar fiziologiyasi asoslari. T. 1972. 
4.Gavrelinko V. F. va boshq. Bolshoy praktikum po fiziologii rasteniy. M. 1975. 
5.Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975. 6.Alimbekov M. U, Inogomomva M. 
T, Umarov X. T. O’simliklar fiziologiyasidan yozgi amaliy mashgulotlar. T. 1977 

Yüklə 104,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin