“Leksikografiya asoslari” fani bo‘yicha mustaqil ta’limni tashkil etishning shakl va mazmuni “Leksikografiya asoslari” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va leksikografiyaning nazariy masalalarini tahlil qilishda muayyan ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib, referatlar, ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar hozirlaydilar.Shu asosda quyidagi vazifalar belgilanadi:
- amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzular ustida ishlash;
- o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish.
Mustaqil ta’lim uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:
t/r
Mavzular
soat
1
Lug‘at tuzish va so‘zlarni joylashtirish tamoyillari.
2
2
“Muqadimatul adab” asarida arab, fors, mo‘g‘ul tillariga oid so‘zlarning qo‘llanilishi.
2
3
“Tarjumon” asarida turkiy tillar leksikasi va grammatikasiga doir ma’lumotlarning aks etishi.
2
4
“Kitobu bulg‘ot-ul mushtaqori lug‘atit turk val qifchoq” asarining o‘ziga xos xususiyatlari.
2
5
“Kitob ul-idrok li Lison il-atrok”da turkiy tillar leksikasiga doir ma’lumotlarning ifodalanishi.
2
6
“Kelurnoma” lug‘ati.
2
“Sangloh”lug‘ati.
2
7
“Lug‘ati chig‘atoy va turki usmoniy”da so‘zlarning joylashish tartibi va tamoyillari.
2
8
Terminologik va ensiklopedik lug‘atlar.
2
9
Frazeologik, toponimik va orfografik lug‘atlar.
2
10
Tarixiy lug‘atlar.
2
11
Omonimlar, antonimlar, sinonimlar, internatsional so‘zlar lug‘ati.