Lokal tarmoq topologiyasi. Reja



Yüklə 16,01 Kb.
səhifə1/7
tarix05.04.2023
ölçüsü16,01 Kb.
#93429
  1   2   3   4   5   6   7
Lokal tarmoq topologiyasi. Reja-fayllar.org


Lokal tarmoq topologiyasi. Reja

LOKAL TARMOQ TOPOLOGIYASI.

Reja:


  • Kompyuter tarmog‘ining turlari, uning modeli.

  • Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasi

Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri uning resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuyining birgalikda ishlatilishi esa mablag'ni tejaydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki qimmatli axborotlarni juda oddiy usulda qayta nusxalash mumkin. Shuningdek, alohida foydalanuvchilar o'rtasida axborot almashish yengillashadi.

Apparat qurilmalari va tarmoq dasturiy ta’minoti orqali o'zaro hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuyiga tarmoq deyiladi.

Tarmoqlarni turli me'yorlarga ko'ra sinflarga ajratish mumkin.

1) o'tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:

— past 100 Kbit/ s gacha;

— o'rta 0,5-10 Mbit/s gacha;

— yuqori 10 Mbit/s dan ortiq;

2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o'lchoviga muvofiq:


  • LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);

  • CAN (Campus-Area Network) — kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar orqali ulanish, ammo bir-biridan birmuncha uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;

  • MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloq uzatish (100 Mbit/s), katta radiusga (bir necha o‘n km) axborotni uzatish imkoniyatiga ega kengaytirilgan tarmoq;

  • WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;

  • GAN (Global-Area Network) global (xalqaro, qit'alararo) tarmoq;

Yüklə 16,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin