Lorem ipsum dolor sit amet



Yüklə 482,53 Kb.
səhifə1/2
tarix07.11.2022
ölçüsü482,53 Kb.
#67736
  1   2
Ekologiya mustaqil ish

Nizomiy nomidagi TDPU GIBA yo‘nalishi 201 - guruh talabalari Odilov Bahriddin va Nabiyeva Mohinaning tayyorlagan Mustaqil ishi



1. Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati.
2. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish.
3. Tuproq eroziyasi va uni keltirib chiqaruvchi omillar.
4. Tuproqning sho'rlanishi
5. Tuproqning botqoqlanishi
6. Tuproq unumdorligining pasayishi
7. Tuproqning cho‘llashishi
Reja :

Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati : Tuproq biogen tuzilishga ega bo`lgan yerning ustki g`ovak qatlami bo`lib, u tabiatda hayot jarayonlarining kechishida, biosferada moddalar almashinuvini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta'sirida tuproqda organik moddalar doimo parchalanib va sintezlanib turadi. Tuproqqa aralashgan o`simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamida parchalanadi ya'ni chiriydi. Hosil bo`lgan bu chirindilar esa tuproqdagi mineral birikmalar bilan birga o`simlik tanasiga o`tadi va unda o`zaro reaktsiyaga kirishib, yangi organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalardan inson va hayvon ozuqa sifatida foydalanadi.


Unumdor tuproq tabiatning bebaho boyligidir. Tuproqshunos olim V.V. Dokuchayev o`z vaqtida, rus qora tuprog`i toshko`mirdan ham, neftdan ham, oltindan ham qimmatliroqdir, deb yozgan edi.

Darhaqiqat u tirik tabiatni oziq-ovqat, dori-darmon va substrat bilan ta'minlaydigan yagona manbadir.
Planetamizning umumiy yer fondi 14,9 mlrd gektar bo`lib, bu Yer yuzining 29% ni tashkil qiladi. Uning 4,03 mlrd.ga (27%) o`rmonlar, 2,85 mlrd.ga (19%) o`tloq va yaylovlar, 2,32 mlrd.ga (15,5%) turli tipdagi sahrolar, 1,63 mlrd.ga (11%) muzliklar, 0,72 mlrd.ga (4,8%) daryo, ko`l va botqoqliklar, 0,7 mlrd.ga (4,7%) tundra va lesotundra, 0,45 mlrd.ga (3%) eroziyaga uchragan, sho`rlangan va botqoqlashgan maydonlar, 0,3 mlrd. gektari (2%) shahar va qishloq aholi punktlari bilan band. Ekiladagan maydonlar 1,9 mlrd. gektar bo`lib, bu jami yer fondining 13% iga teng.
Umuman olganda, tuproqning holati biz unga qanaqa ta'sir o`tkazishimizga bog`liq bo`ladi. Odam o`zining dehqonchilik faoliyatida tuproqda hosil yetishtiradi va uni yig`ishtirib oladi. Bu demak – u tuproqda yetishtirilgan organik moddalarni olib, uni kambag`allashtiradi. Ayni vaqtda u tuproqni o`gitlaydi, almashlab ekish va boshqa agrotexnik tadbirlarni qo`llaydi va shu asosda tuproqni boyitib, uning unumdorligini qayta tiklaydi. Bunday tadbirlarning o`z vaqtida bajarilmasligi, faqatgina shu kunning foydasini ko`zlab ish tutish tuproqni eroziyaga uchratish, uning sho`rlanish va botqoqlanishi oqibatida ishdan chiqishini tezlatishi mumkin.
Eroziya – lotincha so`z bo`lib, parchalanish degan ma'noni beradi. Tuproq eroziyasi bu-tuproq unumdor qavatining suv bilan yuvilib yoki shamol bilan ko`chib ketishidir. Shunga ko`ra tuproq eroziyasi keltirib chiqaradigan omillarga ko`ra ikki xil bo`ladi. Bu – shamol va suv eroziyasidir. Bundan tashqari eroziya o`zining kechish tezligiga ko`ra ham ikkiga bo`linadi:
1) Tabiiy, ya'ni geologik eroziya – bu tuproq zarrachalarining tabiiy omillar ta'sirida yemirilishidir. Bu turdagi eroziya juda sekin kechadi, biz uni qariyb sezmaymiz ham. Tabiiy eroziyaning oldini olish iloji yo`q, lekin u deyarli zarar ham keltirmaydi, chunki bu jarayonda yo`qotilgan tuproq tabiiy ravishda tiklanib ulguradi;
2) Sun'iy ya'ni antropogen eroziya tuproqni yemiruvchi jarayon bo`lib, u insonning xo`jalik faoliyati ta'sirida kelib chiqadi. Bunday eroziya tezlashgan eroziya deb ham ataladi. Tez kechadigan bunday eroziya Yer yuzi tuproq qatlamining ofati bo`lib, keyingi 100 yilda u 1 mlrd. gektar maydondagi unumdor tuproqni ishdan chiqardi.
Hozirgi vaqtda dunyo bo`yicha har kuni 3 ming gektardan ziyod tuproq eroziyaga uchramoqda. Tuproqning eroziyaga uchrashdan ayniqsa AQSH, Kanada, Janubiy Afrika, Avstraliya, Hindiston, Pokiston va O`rtayer dengizi bo`yidagi mamlakatlar ko`p zarar ko`rmoqdalar.

Yüklə 482,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin