project.gov.uz
13.04.2023
1
ЕДИНАЯ ЭЛЕКТРОННАЯ СИСТЕМА РАЗРАБОТКИ И
СОГЛАСОВАНИЯ ПРОЕКТОВ НОРМАТИВНО-
ПРАВОВЫХ АКТОВ
Проект
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ ҚАРОРИ
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-
tadbirlari to‘g‘risida
VQL-884/23-2
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari talabalarini
bandligini ta’minlash, ta’lim bilan birga ishlashiga va qo‘shimcha daromad topishiga imkoniyat yaratish
maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining:
a)
113-moddasida kunduzgi o‘qitish shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan shaxslar bilan ish beruvchi
o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkinligi;
b)
124-moddasida ishga kirayotgan shaxs ishga qabul qilish chog‘ida oliy yoki o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’lim tashkilotini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni, qaysi ishni bajarish uchun faqat
maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, o‘sha
ishga kirish chog‘ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnomani (sertifikatni) yoxud boshqa
tegishli hujjatni taqdim etishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini
ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlirida ikkinchi
kursdan keyingi kurslardan)
boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida
mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh
vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;
haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni
ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;
talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga
faqat oliy ta’lim muassasasida
o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.
3. Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha
ishlashiga ruxsat etuvchi
sertifikat namunasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
ikki oy muddatda:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi
sertifikat berish tartibini
ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;
sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi kursdan boshlab berilishi;
sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.
b) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni
muvofiqlashtirsin.
project.gov.uz
13.04.2023
2
5. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qish
davrida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashini inobatga olib,
2024 yilga qadar Xizmatchilarning asosiy
lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
I.Y. Abdurahmonov va O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A.
Musaev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri A. Aripov
project.gov.uz
13.04.2023
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil _____________ dagi ________-son
qaroriga
ILOVA
O‘zbеkiston
Rеspublikasi Gеrbi tasviri
Oliy ta’lim muassasasi nomi
SЕRTIFIKAT
№ ___________
Ushbu sertifikat
___________________________________________________________________________
(oliy ta’lim muassasasi nomi, talabaning o‘qiyotgan kursi va fakulteti)
____________________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________ga
( talabaning familiyasi, ismi, sharifi)
______________________________________________________mutaxassisligi bo‘yicha berildi.
Rеktor
_____________
(imzo, muhr)
_____________________________
(familiyasi, ismi, sharifi)
Berilgan sana 20__yil «____»__________________