Mahalliy gidravlik qarshiliklar Reja: mahalliy gidravlik qarshiliklar va ularning turlari Oqimning keskin kengayishi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/5
tarix26.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#148909
  1   2   3   4   5
Mahalliy gidravlik qarshiliklar Reja mahalliy gidravlik qarshil


Mahalliy gidravlik qarshiliklar
Reja:
1) Mahalliy gidravlik qarshiliklar va ularning turlari
2) Oqimning keskin kengayishi
3) Mahalliy gidravlik qarshiliklarni qo'shish
Mahalliy qarshilikning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, bularning har biri uchun bosimning pasayishi turlichadir. Amaliy hisoblashlarda mahalliy qarshiliklarda bosimning pasayishini solishtirma kinetik energiyaga proportsional qilib olinadi:

Proportsionallik koeffitsiyenti £, mahalliy qarshilik koeffitsiyenti deb ataladi va asosan tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Mahalliy qarshiliklaming asosiy turlari haqida
to‘xtalib o‘tamiz.
1) Keskin kengayish (1.1-rasm). Mahalliy qarshilikning bu turida koeffitsiyent kesimlaming o'zgarishiga bog`liq bo`lib, kesimlar - qancha kichik boMsa, u shuncha katta bo`ladi. Bu holda, mahalliy qarshilik koeffitsiyentini nazariy hisoblasak ham boladi (bu to‘g‘rida keyinroq to‘xtalamiz). Keskin kengayishda 2-2 kesimda 1-1 kesimga nisbatan bosim ortib (p2>P1), tezlik kamayadi (V21
).

1.1-rasm. Keskin kengayish
2) Tekis kengayish (2.1-rasm). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti kesimning o`zgarishiga va konuslik burchagi α ga bog‘liq bo‘lib, kesimlar nisbati ning kamayishi va α ning ortishiga qarab ortadi.

1.2-rasm. Tekis kengayish
Avval ko‘rilgandagi kabi 2-2 kesimda 1-1 kesimdagiga nisbatan bosim ortadi (p2>p1) va tezlik kamayadi (v22).
3) Keskin torayish (1.3-rasm). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti t, kesimlar o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, ularning nisbati ortishi bilan ortadi. Bu holda energiyaning sarf bo‘lishi keskin kengayishiga nisbatan kam bo‘ladi.

1.3-rasm. Keskin torayish
4)Tekis torayish (1.4-rasm). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti kesimlar nisbati - ning va konuslik burchagining ortishi bilan ortadi. Keskin torayishda ham, tekis torayishda ham 2-2 kesimda 1-1 kesimga nisbatan bosim kamayib (p2
1), tezlik ortadi (v2>v1).

1.4-rasm. Tekis torayish
5)Tirsak (1.5-rasm). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti ikki quvuming tutashish burchagiga bog'liq bo‘lib, bu burchakning ortishi bilan ortadi. ζ ning γ ga bog‘liqligi asosan tajribada tekshirilgan bo‘lib, ba’zi sodda hollari
oqimchalar nazariyasida ko'rilgan.


1.5-rasm. Tirsak
6)Burilish (1.6-rasm). Mahalliy qarshilik koeffitsiyenti burilish burchagi ф va quvur diametrining burilish radiusi Rb ning nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Burilishda 4 quvur diametirining burilish radiusiga nisbati - ortishi bilan ortib boradi.

1.6-rasm. Burilish

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin