Mahsulot sifati va uning raqobatga bardoshliligi tahlili mundarija



Yüklə 44,58 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü44,58 Kb.
#177320
  1   2   3   4
Mahsulot sifati va uning raqobatga bardoshliligi tahliliMahsulot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

Mahsulot sifati va uning raqobatga bardoshliligi tahlili

MUNDARIJA



Kirish 2
I.Bob.Mahsulot sifatini baholash 5
1.1. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari 5
1.2. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari 8
II.Bob.Mahsulot sifati va uning raqobatga bardoshliligi tahlili 12
2.1. Mahsulot raqobatbardoshligi tushunchasi va mohiyati 12
2.2 Yengil sanoat mahsuloti raqobatbardoshligini oshirishda sifat 18
menejmenti mexanizmini rivojlantirish 18
Xulosa 26
Foydalanilgan adabiyotlar 28



Kirish


Hozirgi kunda Respublikamizda iqtisodiy taraqqiyotga erishishga juda kata e’tibor qaratilmoqda. Asosan mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish oldimizga maqsad qilib qo‘yildi.Bu borada Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 24 dekabrda “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 5285 sonli farmoni qabul qilindi. Farmonning ijrosi sifatida Respublikamizda keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga boshqacha prinsipial talablar qo‘yadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustaxkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O‘z navbatida raqobatbardoshlik ikki ko‘rsatkich bilan - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro‘si va yanada gullashi hamda sifatni boshqarish bo‘yicha ish - bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o‘rin egallaydi. Mahsulot sifatini oshirish - bu oqibat natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish masalasi hisoblanadi. YA’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir.
Mahsulot sifati - bu shu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o‘stirishni asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o‘zaro bog‘liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o‘sishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o‘z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko‘paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o‘z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday subyektlarning ko‘payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa uning aholisini daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishiga olib keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab ko‘payadi. YA’ni, sifatli mahsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi.




I.Bob.Mahsulot sifatini baholash




1.1. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari


Sanoat ishlab chiqarishi o‘z mahsulotlarining g‘oyat turli-tumanligi, ya’ni xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko‘ra har xil meyor va xilma-xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Lekin, ma’lum sanoat mahsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi, boshqa guruhi uchun esa o‘ziga xos ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin.
Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
Iste’mol qilish xususiyatlari bo‘yicha talabni qondirish ko‘rsatkichlari. Bunday ko‘rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani bajaruvchi mahsulot uchun mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi xizmat qilishi mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishi mumkinligini ifodalab beradi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishi, ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va o‘lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo‘ljallangan muddatda, o‘z xizmat parametrlarini o‘zgartirmay, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni boshqarish xususiyatidir. Vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati - mo‘ljallangan vaqtda, o‘zining ishlash qobiliyatini o‘zgartirmaslik xususiyatidir.
Texnologik ko‘rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktor-texnologik yechimlarning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Aynan texnika va texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material xarajatlarini, mablag‘lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi.
Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari - bu mahsulotning standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan qondirilganligi, to‘ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo‘lgan kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, yorug‘lik, shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi va suv bug‘ining yig‘ilishi bo‘lishi mumkin.
Ergonomik ko‘rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu buyumdan foydalanishda ro‘y beradigan gigiyenik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar majmuini aks ettiradi.
Estetik ko‘rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma’qulligini, kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barqarorligini tavsiflaydilar.
Transportabellik ko‘rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini ifodalaydi.
Patent-huquqiy ko‘rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Patent-huquqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan yechimlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ekologik ko‘rsatkichlar - bu atrof-muhitga xavfli ta’sir ko‘rsatish darajasi, qaysiki mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo‘lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste’mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari - xaridor va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni mahsulotni montaj qilish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash, tashish, iste’mol qilishda xavfsizlikni ta’minlaydilar.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning yig‘indisi mahsulot sifatini tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko‘zni qamashtiradigan, o‘z vazifasini yaxshi bajaradigan bo‘lishi lozim. Lekin, shu barcha ko‘rsatkichlardan tashqari, buyumning bahosi ham muhim. Chunki iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog‘liqdir. Xaridor buyum sotib olganda buyum bahosi u ega bo‘lgan xossalar to‘plamini qoplashini bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi.
Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va xarajat nisbati yoki sifat birligining bahosi tushuniladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Yüklə 44,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin