Major va minor gammalariva etyud ijro qilish orqali ijrochilik mahoratini rivojlantirish



Yüklə 3,83 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü3,83 Kb.
#175594
Major va minor gammalariva etyud ijro qilish orqali

Major va minor gammalariva etyud ijro qilish orqali ijrochilik mahoratini rivojlantirish


Major va minor gammalariva etyud ijro qilish orqali ijrochilik mahoratini rivojlantirish
Major (lot. major — katta) — 1) kup ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik ladlardan biri (aksi —minor). Yevropa musiqasida 16—17-asrlardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pogʻonalari) katta 3 tovushli akkordnn hosil qiladi. M. tizimida bastalangan asarlarga koʻproq yorqinlik, koʻtarinkilik ruhi, "ijobiy" his-tuygʻular xosdir. M. va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan; 2) keng maʼnoda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oraligʻida joylashgan 3- pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqator M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy M. koʻproq uchraydi.
Minor (lot. minor — kichik) (musiqada) — 1) garmoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqada asosiy ladlardan biri (aksi — major). Yevropa musikasida 16—17-asrlardan rivojtopgan. Uning tayanch tovushlari (1, 111 va V yaogʻonolari) kichik uch tovushli akkordno hosil qiladi. M. tizimida bastalangan asarlarga koʻproq gʻamgin, mungli tus xosdir. M. va major orasidagi qaramaqarshilik musiqa sanʼatining muhim ifoda vositalaridan; 2) keng maʼnoda — lad tuyey; asosiy tayanch pardaga nisbatan kichik tersiya intervali oraligʻida joylashgan 3-pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda eoliy, doriy, frigiy, lokriy va boshqa tovushqator va gammalar M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, frigiy (mas, „Tanavor“, „Sayqal“), eoliy („Saraxbori Navo“), doriy („Saraxbori Segoh“) M.lar koʻproq uchraydi.[
Etyud-musiqada — cholgʻu ijrochiligining muayyan texnik usulini qoʻllashga asoslangan va sozandaning malakasini oshirishga moʻljallangan pyesa. 19-asrda musiqa cholgʻoʻlari takomillashuvi hamda virtuoz ijrochiligining yuksalishi natijasida rivoj topdi (fortepiano uchun I.Kramer, M.Klementi, K.Cherni, skripka uchun R.Kreyser, P.Rode, violonchel uchun D.Popper E.lari va boshqalar). Musiqiy romantizm vakillari (N.Paganini, F.List, F.Shopen, A.Skryabin, S.Raxmaninov va boshqalar) ijodida E. yuksak badiiy konsert asari darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston kompozitorlaridan G.Mushel, B.Giyenko, Sayfi Jalil (fortepiano uchun), T.Qurbonov (organ uchun) va boshqalar E. yaratgan; 3) teatr pedagogikasida aktyorlik mahoratini rivojlantirish va mukammallashtirishga xizmat qiladigan mashq. Oʻqituvchi oldindan ishlab chiqqan yoki badiha yoʻsinida yaratgan turli sahna harakatlaridan tashkil topadi.
Yüklə 3,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin