Maktab algebra



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#163738
  1   2
Imamberdiyev Erkul Asqarovich


MAKTAB ALGEBRA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH


Imamberdiyev Erkul Asqarovich,
Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, 11-maktab Algebra fani o’qituvchisi
Xasanov Otabek Mo’minjanovich,
Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, 11-maktab Algebra fani o’qituvchisi


Anatatsiya: Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishini ortirishda, fanlararo integrasiyani amalga oshirishda muxim axamiyatga egadir. Ushbu maqolada maktab algebra darslarida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish yuzasidan malumotlar keltirildi.
Kalit so’zlar: Algebra, axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi, tayanch kompetensiyalar, umumpredmet kompetensiyalari, predmetga oid kompetensiyalar


Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiq-landi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o’rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi. Fan-texnika taraqqiy etgan, axborot almashinuvi kuchaygan tezkor zamonda mamlakatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Fan-texnika asri va jadal taraqqiy etayotgan hayot o’quvchilarda o’quv predmetlari bo’yicha faqatgina bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emasligini ko’rsatmoqda. Ta’lim jarayoniga o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo’llashga o’rgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan o’qitishni ta’lim jarayoniga qo’llashzaruriyati yuzaga keldi. Bundan esa, algebra darslarida o’zlashtiriladigan o’quv axborotlari asosida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish masalalasi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Ta’limda kompetensiyalar qanday ketma-ketlikda bo’lishi kerak degan savolga quyidagicha yondashuv asosida uchta darajaga bo’lish mumkin:
1) tayanch kompetensiyalar – ta’lim mazmunining umumiy (metapredmet) qismiga tegishli;
2) umumpredmet kompetensiyalari – ma’lum doiraga kiruvchi o’quv predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli;
3) predmetga oid kompetensiyalar – oldingi ikkitaga nisbatan xususiy hisoblanib o’quv predmeti doirasida shakllantiriladi.
Bunda o’quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik zaruriyati sifatida aytish mumkinki, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish jarayonining umumiy jihati bu – tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash ustuvor hisoblanadi:
1). Kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:
- kommunikatsiya jarayonlariga kirishish uchun zarur axborotlarni o’zlashtirish;
- axborot manbalaridan ma’lumotlarni o’zlashtirish bilan birga, ularni kundalik ijtimoiy faoliyatda muloqot jarayonida bayon qila olish.
2) Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:
- manbalardan zarur axborotlarni olish, axborotlarni turli ko’rinishlarga (matn, jadval, sxema, va h.k) o’tkaza olish;
- axborotlarni statistik ma’lumotlar ko’rinishlarining bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko’rinishga o’tkaza olish.
3) O’z – o’zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:
- o’z – o’zini rivojlantirish jarayonida zarur ma’lumotlarni ajratish, axborotlarni qabul qilish, o’zlashtirish va ularni samarali qo’llash orqali amalga oshiriladi;
- axborotlarning haqqoniyligini baholay olish, o’zlashtirilgan axborotlar asosida o’z faoliyatini boshqarish va zarur hollarda to’g’rilay olish.
4). Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:
- ijtimoiy hayotda ro’y berayotgan voqea-hodisalar haqida axborotlarga ega bo’lish;
- fuqarolik huquq va burchlari haqida axborotlarga ega bo’lish, davlat ramzlari haqida bilish va hurmat bilan munosabatda bo’lish.
5). Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:
- milliy an’analar, vatan tarixi, buyuk allomalar, milliy va umuminsoniy madaniyat haqida axborotlarga ega bo’lish va boyitib borish;
6). Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:
- kundalik hayotda zarur bo’lgan matematik bilimlar (hisoblash, diagrammalar, jadvallar va boshqalar) ga ega bo’lish;
- fan va texnika yangiliklariga oid axborotlardan xabardor bo’lish.
Ma’lumki algebra darslarida axborot bilan ishlashda fanlararo integrasiyani hisobga olgan xolda o’quvchilarda kompetensiyasini shakllantirish muximdir. 7-9-sinf tizimli algebra kurslarida o’quvchilarning matematikadan olgan bilimlarini chuqurlashtirishga, kengaytirishga qaratilgan axborot beriladi. Masalan, funksional bog’lanish fizikada keng ishlatiladigan munosabat. Funksiya tushunchasi, uning grafigi, ikki voqelik, to’plam orasidagi munosabat, moslik, uning xossalari kabilarni yaxshi o’zlashtirgan o’quvchi fizikadagi funksional bog’lanishlarni tez anglaydi va fizik munosabatlarni puxta o’rganadi. Tekis to’g’ri harakat (7-sinf) mavzusini o’rganishda o’quvchilarning matematikadan o’tilgan chiziqli funksiya tushunchasi (7-sinf), uning grafigini (F= kx+b) bilishi to’g’ri tekis harakat tushunchasini o’zlashtirishda asqotadi. Bunda uning chiziqli funksiya qonuniyatlariga bo’ysinishi o’rgatiladi. F = kx bog’lanish jismlarning o’zaro proporsional lik holatini tasniflovchi hodisalarning matematik ifodasi sifatida ko’p uchraydi. Matematikada uni o’zgaruvchi miqdorlar y bilan x ning to’g’ri proporsional bog’lanishi yoki u o’zgaruvchini x ning chiziqli funksiyasi ham deyiladi, y=kx munosabat bilan bog’langan x va y o’zgaruvchilarning muayyan tabiati qanday bo’lmasin, hamma vaqt x ning bir necha marta o’zgarishi y ning proporsional (ya’ni xuddi o’shancha marta) o’zgarishiga olib keladi. Matematika y = kx kabi eng sodda bog’lanishni ham, murakkabroq bog’lanishlarni ham umumiy, abstrakt ko’rinishda xususiy sharhlardan ajratilgan holda o’rganadi. Funksiyaning bunday tadqiqotida aniqlangan xossalari yoki shu xossalarni o’rganish metodlari umumiy matematik usullar, xulosalar, qonunlar, natijalar xarakterida bo’ladi. Ular abstrakt holda o’rganilgan funksiya uchraydigan har bir aniq hodisaga, bu hodisa bilimning qaysi sohasiga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar tatbiq qilinaveradi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish, o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishini ortirishda, fanlararo integrasiyani amalga oshirishda muxim axamiyatga egadir.

Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin