Maktab darslarida proyeksiya usullarini



Yüklə 32,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü32,53 Kb.
#177293
  1   2
Sharq Falsafasi-2023-MAY-1 qism-92-96



92 
2023 MAY 
MAKTAB DARSLARIDA PROYEKSIYA USULLARINI 
O’QUVCHILARGA INTERFAOL USULLAR ORQALI TUSHUNTRISH. 
Ismatov Mamarizo Ernazarovich 
Navoiy viloyati Xatirchi tumani XTB tasaruffidagi 
26-umumiy o’rta ta’lim maktabining chizmachilik fani o’qituvchisi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, maktab darslarida chizmachilik fanining ahamiyati 
hamda bu fanning o’quvchilarda tasavvur va idrokni umumlashtiruvchi yaratuvchanlik, 
bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy o’rinlarda turishini e’tiborga olgan 
holda ushbu maqolmani o’quvchilarda eng sodda geometrik jismlarni nafaqat chizmalarda 
tasvirlashga, balki ochiq fazoda tasavvur eta olish salohiyatini kuchaytirishga oid qarashlar 
bayon etigan. 
Kalit so’zlar:
proyeksiya, Proyeksiya markazi, Proeksiyalash metodi, didaktik 
o’yinlar, interfaol metodlar, Nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni tekshirish, 
proyeksiyalovchi nurlar. 
Proyeksiya so’zi 
(
lotincha

projectus
- oldinga irgʻitilgan) - biror narsaning tekislik 
(qogʻoz)ga tushirilgan tasviri. Masalan, fazodagi A nuqtani P’ tekisligiga proyeksiyalash 
uchun proyetsiya markazi S orqali P’ tekislik bilan L nuqtada ke-sishguncha SA toʻgʻri 
chizigʻi oʻtkaziladi. Aʼ nuqta A ning proyeksiyasi deyiladi. Biror Gʻ shaklning proyeksiyasi 
uning barcha nuqtalarini proyeksiyalab topiladi. Proyeksiya markazidan oʻtmaydigan toʻgʻri 
chiziq koʻrinishida proyeksiyalanadi. Hosil qilingan proyeksiya markaziy yoki konus 
proyeksiya deyiladi
1

Proyeksiya markazi fazoning cheksiz uzoqlikdagi nuqtasi £°= da boʻlsa, barcha 
proyeksiyalovchi toʻgʻri chiziqlar parallel boʻladi va proyeksiya parallel yoki silindrik 
proyeksiya deyiladi. Chizmachiliqda parallel proyeksiyalashning xususiy turi qoʻllaniladi. 
Bunda proyeksiyalash tekisligi proyeksiyalash yoʻnalishiga perpendikulyar joylashadi. 
Bunday proyeksiya toʻgʻri burchakli yoki ortogonal proyeksiya deyiladi. Markaziy va 
parallel proyeksiyalar chizma geometriyada keng qoʻllaniladi
2

1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Proyeksiya 
2
 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. 


93 
2023 MAY 
Mavzuimizga batafsil to’xtaladigan bo’lsak, to’g’ri burchakli proyeksiyalash 
mavzusining o’ziga xosligi shundan iboratki, maktab o’quvchilar 8-sinfgacha ham, boshqa 
fanlarda bunga o’xshash materiallar bilan tanishmagan bo’ladilar. 
Proeksiyalash metodini o’rganish texnik chizmalami bajarish tamoyillarining asoslari 
ekanligi uchun ham juda zarur. O’quvchilar proyeksiyalash jarayonini tasavvur qilishsa 
nima uchun texnik chizmalar aynan shunday bajariladi. Nima uchun proyeksiyalar 
belgilangan tartibda joylashtiriladi, nima uchun chizmadagi tasvirlar fotografiya yoki 
rasmlardan farq qiladi kabi savollarga tushungan holda javob qaytaradilar. 
Bu mavzuni o’quvchilarga qiziqarli qilib o’qitishning bir necha variantlari mavjud. 
Bular ichidan eng keng tarqalgan usulni ko’rib chiqamiz (o’quvchilarni bir, ikki va uchta 
o’zaro perpendikulyar tekisliklarda buyumlaming proyeksiyalarini tasvirlashga bosqichma-
bosqich o’rgatish): 
1.
Proeksiya va proyeksiyalash usullari haqida tushuncha. Bitta tekislikka 
proyeksiyalash. Bosh ko’rinishini tanlash, uni yasash algoritmi. Daftarda amaliy ish 
bajarish. 
2.
Ikkita o

zaro perpendikulyar tekislikka proyeksiyalash. Gorizontal tekislik va 
uning fazoda joylashuvi, belgilanishi. Proeksiyalarning o’zaro aloqasi. Daftarda amaliy ish 
bajarish. 
3.
Nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni tekshirish (A4 formatli qog’oz 
varag’ida amaliy ish bajariladi. 
1-rasmda barmoqlaringiz bilan oqqushning boshi, itning boshi yoki quyonga o’xshash 
soyalarni olish uchun qanday foydalanish mumkinligi ko’rsatilgan. 
Ba’zi mahorat va zukkolik bilan siz boshqa hayvonlar va qushlarga o’xshash soyalarni 
olishingiz mumkin. 


94 
2023 MAY 
Katlangan holatda barmoqlar yorug’lik nurlariga perpendikulyar bo’lgan 
tekisliklardagi umumiy tashqi konturi siz olmoqchi bo’lgan rasmning konturiga mos 
keladigan tarzda joylashtirilishi kerak 
Mavzuni o’rgatishda o
`
qituvchi proyeksiyalovchi nurlar yordamida proyeksiyalar 
hosil bo`lishini o’quvchilarga tushuntirishi kerak. Bu yerda dush ostiga qo’yilgan va 
yomg’ir ostiga qo’yilgan chelakni misol qilib tushuntirish mumkin (2-rasm). 
Kulgili soyani qo’llarni katlamasdan olish mumkin, lekin ularni bir-biridan ma’lum 
masofada ma’lum bir tarzda joylashtirish orqali. 
Soya yordamida siz nafaqat kulgili raqamlarni, balki haqiqiy portret va rasmlarni ham 
olishingiz mumkin.
O’rtoqingizdan yonayotgan chiroq va yupqa qog’oz ekrani o’rtasida tinchgina 
o’tirishni so’rang, soyaning konturini qalam bilan aylantiring va o’rtoqning siluet portreti 
tayyor (3-rasm). Yaxshi ishlangan siluet tasvirlangan yuzning xususiyatlarini juda aniq 


95 
2023 MAY 
ifodalaydi. Shunday qilib, 4-rasmda buyuk rus yozuvchisi N.V.Gogolning profilini 
osongina tanib olishingiz mumkin
3

Ko’rib turganingizdek maktab o’quvchilariga oddiydan murakabga qarab 
keltirilmoqda bunda darsimizda didaktik o’yinlardan ham birdek foydalangan xolatda 
o’tish joizdir. Bularga quyidagi maslaxatlarni keltirish mumkin: 
– sekin-asta turli didaktik masalalarni kiritish yo’li bilan aqliy faoliyatidagi ijobiy 
o’zgarishlarni shakllantiradi;
– aqliy faoliyatida o’yinga bo’lgan qiziqishni rivojlantiradi;
– bitta o’yin chegarasida qator aqliy masalalar majmuasini o’stiradi;
– barcha o’ynayotganlarning hissiy va intelektual tuyg’ularini bitta maqsadga 
yo’naltiradi;
– o’quvchilarda tartiblilik, tashkilotchilik, maqsad sari intiluvchanlik hislarini 
tarbiyalaydi.
Bunday muammolarni yangi darajada qabul qilish o’quvchilar ongida ko’plab 
kelayotgan turli axborotlarni singdira olishga olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maktab darslarda o’quvchilarni chizmachilik 
faniga qiziqtirishda iloji boricha yangi texnologiyalardan foydlangan xolda innavatsion 
pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilsa darslar samarali, hamda qiziqarli bo’ladi. 
Bunda bir xillikdan chetga chiqish hamda aynan mavuimiz nuqtai nazaridan oladigan 
bo’lsak o’quvchilarni biqiq xonada emas aksincha ko’rib teginib chizishlari kerak bo’lsa 
chizilishi kerak bo’lgan chizmani elektron doskalarda xomaki nusxasini tayyorlash orqali 
qiziqtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yüklə 32,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin