92
2023 MAY
MAKTAB DARSLARIDA PROYEKSIYA USULLARINI
O’QUVCHILARGA INTERFAOL USULLAR ORQALI TUSHUNTRISH.
Ismatov Mamarizo Ernazarovich
Navoiy viloyati Xatirchi tumani XTB tasaruffidagi
26-umumiy o’rta ta’lim maktabining chizmachilik fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, maktab darslarida chizmachilik fanining ahamiyati
hamda bu fanning o’quvchilarda tasavvur va idrokni umumlashtiruvchi yaratuvchanlik,
bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy o’rinlarda turishini e’tiborga olgan
holda ushbu maqolmani o’quvchilarda eng sodda geometrik jismlarni nafaqat chizmalarda
tasvirlashga, balki ochiq fazoda tasavvur eta olish salohiyatini kuchaytirishga oid qarashlar
bayon etigan.
Kalit so’zlar:
proyeksiya, Proyeksiya markazi, Proeksiyalash metodi, didaktik
o’yinlar, interfaol metodlar, Nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni tekshirish,
proyeksiyalovchi nurlar.
Proyeksiya so’zi
(
lotincha
:
projectus
- oldinga irgʻitilgan) - biror narsaning tekislik
(qogʻoz)ga tushirilgan tasviri. Masalan, fazodagi A nuqtani P’ tekisligiga proyeksiyalash
uchun proyetsiya markazi S orqali P’ tekislik bilan L nuqtada ke-sishguncha SA toʻgʻri
chizigʻi oʻtkaziladi. Aʼ nuqta A ning proyeksiyasi deyiladi. Biror Gʻ shaklning proyeksiyasi
uning barcha nuqtalarini proyeksiyalab topiladi. Proyeksiya markazidan oʻtmaydigan toʻgʻri
chiziq koʻrinishida proyeksiyalanadi. Hosil qilingan proyeksiya markaziy yoki konus
proyeksiya deyiladi
1
.
Proyeksiya markazi fazoning cheksiz uzoqlikdagi nuqtasi £°= da boʻlsa, barcha
proyeksiyalovchi toʻgʻri chiziqlar parallel boʻladi va proyeksiya parallel yoki silindrik
proyeksiya deyiladi. Chizmachiliqda parallel proyeksiyalashning xususiy turi qoʻllaniladi.
Bunda proyeksiyalash tekisligi proyeksiyalash yoʻnalishiga perpendikulyar joylashadi.
Bunday proyeksiya toʻgʻri burchakli yoki ortogonal proyeksiya deyiladi. Markaziy va
parallel proyeksiyalar chizma geometriyada keng qoʻllaniladi
2
.
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Proyeksiya
2
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
93
2023 MAY
Mavzuimizga batafsil to’xtaladigan bo’lsak, to’g’ri burchakli proyeksiyalash
mavzusining o’ziga xosligi shundan iboratki, maktab o’quvchilar 8-sinfgacha ham, boshqa
fanlarda bunga o’xshash materiallar bilan tanishmagan bo’ladilar.
Proeksiyalash metodini o’rganish texnik chizmalami bajarish tamoyillarining asoslari
ekanligi uchun ham juda zarur. O’quvchilar proyeksiyalash jarayonini tasavvur qilishsa
nima uchun texnik chizmalar aynan shunday bajariladi. Nima uchun proyeksiyalar
belgilangan tartibda joylashtiriladi, nima uchun chizmadagi tasvirlar fotografiya yoki
rasmlardan farq qiladi kabi savollarga tushungan holda javob qaytaradilar.
Bu mavzuni o’quvchilarga qiziqarli qilib o’qitishning bir necha variantlari mavjud.
Bular ichidan eng keng tarqalgan usulni ko’rib chiqamiz (o’quvchilarni bir, ikki va uchta
o’zaro perpendikulyar tekisliklarda buyumlaming proyeksiyalarini tasvirlashga bosqichma-
bosqich o’rgatish):
1.
Proeksiya va proyeksiyalash usullari haqida tushuncha. Bitta tekislikka
proyeksiyalash. Bosh ko’rinishini tanlash, uni yasash algoritmi. Daftarda amaliy ish
bajarish.
2.
Ikkita o
’
zaro perpendikulyar tekislikka proyeksiyalash. Gorizontal tekislik va
uning fazoda joylashuvi, belgilanishi. Proeksiyalarning o’zaro aloqasi. Daftarda amaliy ish
bajarish.
3.
Nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni tekshirish (A4 formatli qog’oz
varag’ida amaliy ish bajariladi.
1-rasmda barmoqlaringiz bilan oqqushning boshi, itning boshi yoki quyonga o’xshash
soyalarni olish uchun qanday foydalanish mumkinligi ko’rsatilgan.
Ba’zi mahorat va zukkolik bilan siz boshqa hayvonlar va qushlarga o’xshash soyalarni
olishingiz mumkin.
94
2023 MAY
Katlangan holatda barmoqlar yorug’lik nurlariga perpendikulyar bo’lgan
tekisliklardagi umumiy tashqi konturi siz olmoqchi bo’lgan rasmning konturiga mos
keladigan tarzda joylashtirilishi kerak
Mavzuni o’rgatishda o
`
qituvchi proyeksiyalovchi nurlar yordamida proyeksiyalar
hosil bo`lishini o’quvchilarga tushuntirishi kerak. Bu yerda dush ostiga qo’yilgan va
yomg’ir ostiga qo’yilgan chelakni misol qilib tushuntirish mumkin (2-rasm).
Kulgili soyani qo’llarni katlamasdan olish mumkin, lekin ularni bir-biridan ma’lum
masofada ma’lum bir tarzda joylashtirish orqali.
Soya yordamida siz nafaqat kulgili raqamlarni, balki haqiqiy portret va rasmlarni ham
olishingiz mumkin.
O’rtoqingizdan yonayotgan chiroq va yupqa qog’oz ekrani o’rtasida tinchgina
o’tirishni so’rang, soyaning konturini qalam bilan aylantiring va o’rtoqning siluet portreti
tayyor (3-rasm). Yaxshi ishlangan siluet tasvirlangan yuzning xususiyatlarini juda aniq
95
2023 MAY
ifodalaydi. Shunday qilib, 4-rasmda buyuk rus yozuvchisi N.V.Gogolning profilini
osongina tanib olishingiz mumkin
3
.
Ko’rib turganingizdek maktab o’quvchilariga oddiydan murakabga qarab
keltirilmoqda bunda darsimizda didaktik o’yinlardan ham birdek foydalangan xolatda
o’tish joizdir. Bularga quyidagi maslaxatlarni keltirish mumkin:
– sekin-asta turli didaktik masalalarni kiritish yo’li bilan aqliy faoliyatidagi ijobiy
o’zgarishlarni shakllantiradi;
– aqliy faoliyatida o’yinga bo’lgan qiziqishni rivojlantiradi;
– bitta o’yin chegarasida qator aqliy masalalar majmuasini o’stiradi;
– barcha o’ynayotganlarning hissiy va intelektual tuyg’ularini bitta maqsadga
yo’naltiradi;
– o’quvchilarda tartiblilik, tashkilotchilik, maqsad sari intiluvchanlik hislarini
tarbiyalaydi.
Bunday muammolarni yangi darajada qabul qilish o’quvchilar ongida ko’plab
kelayotgan turli axborotlarni singdira olishga olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maktab darslarda o’quvchilarni chizmachilik
faniga qiziqtirishda iloji boricha yangi texnologiyalardan foydlangan xolda innavatsion
pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilsa darslar samarali, hamda qiziqarli bo’ladi.
Bunda bir xillikdan chetga chiqish hamda aynan mavuimiz nuqtai nazaridan oladigan
bo’lsak o’quvchilarni biqiq xonada emas aksincha ko’rib teginib chizishlari kerak bo’lsa
chizilishi kerak bo’lgan chizmani elektron doskalarda xomaki nusxasini tayyorlash orqali
qiziqtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |