Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti
5110900-pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi Jo’rayeva Moxinur
Buxoro shahar Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 14-umum ta'lim maktabida pedagogik amaliyotni o'tganligi to'g'risidagi
TAVSIFNOMA
Buxoro davlat universiteti 5110900-pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi M.I.Jo’rayeva 2021 yil 26 apreldan 2021 yil 22 maygacha Buxoro shahar 14-umum ta'lim maktabida pedagogik amaliyotni o'tdi. Pedagogik amaliyot davomida biriktirilgan fan o'qituvchisi va sinf rahbari sifatida amaliyot dasturini va individual topshiriqlarni to'liq bajardi. O'quv-uslubiy va ma'naviy-ma'rifiy sohada faol qatnashib, maktabimizda o'tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etdi.
Pedagogik amaliyot dasturida belgilangan turli yoshdagi o'quv guruhi bolalari bilan darslarni va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni namunali tarzda o'tkazdi. Sinfni boshqara olishi, sinfda tartib-intizomni nazorat qilish va hisobga olish malakasiga ega bo'ldi. Pedagogika va psixologiya fanlaridan olgan bilimlarini yuqori darajada amaliyotda qo'llay biladi.
Jo’rayeva Moxinur o'z ishida mustaqil ishlash ko'nikmasiga, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lib, tashabbuskorlik, talabchanlik va ijrochiligi bilan faoliyat ko'rsatdi.
Pedagogik amaliyot davomida maktabning ichki qoidalariga va mehnat intizomiga qat'iy rioya qildi. Talaba o'qish jarayonida o'zlashtirilgan nazariy bilimlarning amaliyotga qo'llay olish qobiliyatiga ega bo'ldi va kasbiy tayyorgarligi doirasida kerak bo'ladigan amaliy ko'nikmalarga ega bo'ldi. M.Jo’rayeva kelajakda pedagogik faoliyat bo'yicha shug'ullanishga tayyor deb bilaman.
Maktab direktori: D.A.Abdullayeva
14-umum ta’lim maktab psixoligi: D.M.Maxmudova
Amaliyotchi talaba: Jo’rayeva Moxinur