O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultet dekani
G.N.Ibragimova
“___” __________
Pedagogika va psixologiya fakulteti 402-guruh talabasi Yuldasheva Maftunaning “Sharq qomusiy olimlarining asarlarida o’qitish masalalari”
mavzusidagi
KURS ISHI
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Pedagogika ” kafedrasi mudiri
PhD,
“___” _____________________
Ilmiy rahbar: B.Saidova
Toshkent 2022
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB: Pedagogik diagnostika fanining mazmun-mohiyati, maqsadi, predmeti va vazifalari
1.1. Pedagogik diagnostikaning mohiyati va funksiyalari
1.2. Pedagogik diagnostika yoki baholash tarixiga bir nazar
II BOB: Pedagogik diagnostikada metodlar
2.1. Pedagogik diagnostikada so‘roqlash va reyting metodi
2.2. Pedagogik testning maqsad va mohiyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayѐrlash miliy dasturi”, “Maktab ta’limni rivojlantrish Davlat umummilliy dasturi”ga ko‘ra oliy ta’lim, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, zamonaviy o‘quv-texnika jihozlari bilan ta’minlash hukumatimiz tomonidan jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Davlat ta’lim standartlari takomillashtirilib dasturlar modernizatsiya qilinib, jahon andozalari darajasidagi darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv qurollari bilan ta’minlanmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishlariga yangicha munosabatda bo‘lish, yuksak madaniyatli kasb egasi, metodik jihatdan mahoratli, zamonaviy o‘qitish texnologiyalarni va innovatsiyalarni mukammal egallangan kadrlarni talab etmoqda. Bu haqida Prezdentimizning quyidagi so‘zlari ibratlidir “SHuni unutmasligmiz kerakki, kelajagmiz poydevori bilim dargohlariida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarmizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rish zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarmizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish, ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo‘lishi lozim deb qabul qilishmiz kerak”1. YUqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib talabalarning qanday bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar chiqarish – bo‘sh ѐki muvaffaqiyatli urinishlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika o‘quvchining o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarini, uning o‘qishiga ta’sir qilaѐtgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo‘naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jaraѐnini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib boorish imkonini beradi.Ushbu metodik qo‘llanmada biz pedagogik diagnostika fanining maqsad va vazifalarni, unining mohiyati va funksiyalari pedagogik diagnostika ѐki baholash tarixiga bir nazar, pedagogik diagnostika metodlari pedagogik diagnostikaning reyting metodi pedagogik diagnostikaning test metodi pedagogik testning maqsad va mohiyati haqidagi manbalar ѐritilgan.
Dostları ilə paylaş: |