Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Pedagogik diagnostika jaraѐnida pedagog faoliyatining prinsiplari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə6/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

Pedagogik diagnostika jaraѐnida pedagog faoliyatining prinsiplari.
Diagnostik faoliyat va munosabatlarda real insonlar ishtirok etadi. Ular orasidagi etnik munosabatlar ma’naviy qadriyatlar asosida kechadi. SHu munosabat bilan avtorlar, pedagoglar diagnostikani olib borish va o‘tkazishda bir qator etnik prinsiplarga rioya qilinishi ko‘zda tutiladi. Quyida rioya qilinishi zarur bo‘lgan prinsiplar haqida fikr yuritamiz.
Sinaluvchi o‘quvchiga ziѐn etkazmaslik prinsipi – sinov faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, uning natijalari sinaluvchi salomatligiga, umumahvoliga, ijtimoiy ahvoliga zarar etkazmasligi lozim. Prinsip talabiga ko‘ra sinalaѐtgan shaxs tadqiqotning maqsadi, shakli va metodlari haqida axborotga ega bo‘lishi kerak. Tadqiqotning o‘tkazilishidan sinaluvchi boxabar bo‘lishi lozim va uning roziligi olinishi zarur. Bundan maqsad sinov ishlari sinaluvchining umumahvoliga putr etkazmaslikdir.
Kompentantlik prinsipi – pedagog sinovni o‘tkazishda shunday masalalarning echimiga qaratish kerakki, u sinovni o‘tkazish maqsadi bo‘yicha aniq bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lsin. U sinovni o‘tkazish davrida pedagogika fani yutuq va tajribalariga suyanishi va bu masalalarda kompentatlik darajasiga ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa, sinalaѐtgan shaxslar bilan ishonchli, o‘zaro samimiy munosabatlar o‘rnatilgan holda olib borish kerak. Sinaluvchi agar sog‘lom bo‘lmasa, sinov ishlari to‘xtatilishi zarur.
Umuman, sinov natijalarini olishda psixologiya va pedagogika fanlari yutuqlariga suyanish talab etiladi.
Xolislik prinsipi – bunday hollarda sinaluvchiga munosabat noxolislikka yo‘l qo‘yilmaydi, sinaluvchiga samimiy, do‘stona munosabat o‘rnatilib, ularda hech qanday noxolislikka shubha uyg‘onmasligi talab etiladi. Sinovni olib borish metodikasi ham standartlashgan bo‘lishi, sinov maqsadiga mos tushmog‘i talab etiladi.
Ishonchlilik prinsipi – diagnostika asosida olingan materiallar o‘zaro ishonchga suyanish, tasodifiy ravishda natijalarni oshkor etish, tarqatish mumkin emas. U o‘zaro kelishilgan shartlar asosida ko‘rsatiladi, tarqatiladi, boxabar qilinadi. Bunda etnik qoidalarga rioya qilingan holda barcha ishtirokchilarga etkaziladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin