Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə8/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

Baholash nima?
O‘quv-biluv jaraѐnining pirovard maqsadi baholanish va baholashdir. O‘quvchilar nimani bilishini va nimalarni bilmasligini aniqlashtirish, ularni o‘zlashtirishdagi kamchiligini va nuqsonlarini aniqlash va keyingi yutuq tomonlariga suyanib, zaif tomonlarini to‘ldirish va rivojlantirish hozirgi davrda didaktikaning asosiy talablaridandir.
Baholash jaraѐnining asosi – o‘quv-biluv jaraѐnida o‘quvchi faoliyatini kuzatib, tahlil qilib borish. Agar ta’lim jaraѐnida o‘quvchining faoliyati, qobiliyati rivojlansa, ta’lim jaraѐnidagi ishtiroki, individual xususiyatlari takomillashadi. Ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, besh ballik baho qo‘yish tizimining asosiy kamchiligi bolaning psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar bolalarning bahoga bo‘lgan salbiy munosabatlarini ko‘plab ko‘zdan kechirganlar. O‘quvchilarga baholar e’lon qilinaѐtganda sinfda paydo bo‘ladigan sukunat, ichki noroziliklar bizga juda tanish. Buning natijasi goho oshkora xursandchilik, goho ko‘zѐshidir. Ma’lumki, kunda baho qo‘yishdan oldin nazorat ishlari olinadi. Ular: 1) og‘zaki so‘rov (umumiy guruhda va yakka tartibda); 2) ѐzma ravishdagi ishlar (diktant, baѐn, insho, misol va masala, mashqlar echish); 3) zachѐt; 4) laboratoriya ishlari; 5) amaliy ishlar; 6) mustaqil ѐzma ishlar; 7) imtihonlar.
Yuqoridagi nazorat darslari tashkil etilgandan so‘ng ularning faoliyatida uchraydigan tipik xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus mshg‘ulotlar tashkil etiladi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalarda o‘z-o‘zini baholash, reyting, testlar qo‘llanib, xavotirlik, ruhiy tinchlik, atrofdagilar bilan o‘zaro samimiy va do‘stona munosabat, ijodkorlik, hamkorlik tushunchalari kirib kelmoqda.
Ta’limda baholash shunday olib borilmog‘i kerakki, u o‘quvchi-talabaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, xohish-istaklarini, ichki his-tuyg‘ularini uyg‘otish va oshirishga xizmat qilsin. Didaktika mezonlari bilan aytganda, ularda doimiy motivatsiyalar oshib borishi kerak. Pirovard natijada o‘quvchi-talabaning o‘ziga nisbatan ishonch kuchi doimiy rivojlanishini kafolatlamog‘i lozim.
P edagogikadan ma’lumki, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonch, ta’lim-tarbiyada pirovard natijaga erishishning kafolatidir. Zero dars an’anaviy ѐki interfaol, ilg‘or pedtexnologik loyiha asosida kechadimi unda qo‘yilgan bosh maqsad – bolada mavjud bo‘lgan ijodkorlik va moyillikka turtki berishdan iborat, ya’ni o‘quvchi-talabada bilim olishga ishtiѐq, xohish-istakni, chaqqonlikni tarbiyalash bosh masaladir. Buning uchun ta’lim sohasi xodimlari, amaliѐtchi o‘qituvchilari baholashda pedagogik diagnostika nima? Test nima? Reyting nima? Ta’limda monitoring nima? Ular qanday qilib o‘quv jaraѐniga olib kirilishi kerak? degan savollarga javob berishga tayѐr bo‘lishi lozim.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin