Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Diagnostik jaraѐnni o‘tkazishga qo‘yilgan tashkiliy-pedagogik talablar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə7/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

Diagnostik jaraѐnni o‘tkazishga qo‘yilgan tashkiliy-pedagogik talablar.
1. Pedagogik diagnostika bolaga alohida e’tibor, sezgirlik, ѐshiga, tayѐrgarlik darajasiga mos bo‘lishi kerak.
2. Pedagogik diagnostika o‘quvchi-o‘qituvchi hamkorligiga, uning qiziqishiga moslanishi kerak.
3. Pedagogik diagnostikani o‘tkazishdan oldin barcha o‘quvchilar psixologik va ma’nan tayѐrgarlikka ega bo‘lishi kerak. Diagnostika natijalarini xolisona, tinch-osoyishta qabul qilishi kerak.
4. Pedagogik diagnostikani o‘tkazish jaraѐni tashqi kishilar aralashishlaridan xoli bo‘lishi, o‘zaro samimiy munosabatlarga asoslanishi kerak.
5. Ayniqsa, test bilan ishlashda absolyut aniqlik, ohistalik bilan sinaluvchi qalbiga yo‘l topish lozim.
6. Pedagogik diagnostika bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchi kasbiy mahoratga rioya qilishi kerak. O‘tkazilgan pedagogik diagnostika natijalari va tahlillari faqat ta’lim-tarbiya ishlarini korrektirovka qilish va yaxshilashga qaratilmog‘i kerak.
1.2. Pedagogik diagnostika yoki baholash tarixiga bir nazar.
Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jaraѐn ming yillardan buѐn mavjud bo‘lsa, bu faoliyatning me’ѐrlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o‘quvchi-talaba bilimiga baho qo‘yish, uni sinov, imtihon qilish, munozara, mushoira o‘tkazish, pirovard bilimlarini bilib olish boshlangan erda diagnostika ham turli shakl va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan.
Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jaraѐnining pirovard maqsadi o‘quvchi-talabani o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish va olgan bilimlarini kundalik haѐtida foydalana bilishlari bilan baholangan va natijalangan.
Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan. Buyuk allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, Ibn-Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy davrlarida ilohiy-dunѐviy bilimlarni o‘rganish maxsus madrasalar va Akademiyalarda amalga oshirilgan.
Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, ustoz-shogird maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O‘sha davrda ham talabalarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan, talaba berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli ravishda baѐn qila olsa, ustozi talabalar oldida unga “tashakkur” ѐki “tasanno” deyish orqali baholagan. Agar talaba berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib, to‘la o‘zlashtirib, talabalar orasida ѐrqin, ravon baѐn qilib ayta olsa, ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar talaba berilgan vazifa va topshiriqlarni a’lo darajada bajarib, amaliѐtda uni bemalol qo‘llay olsa, unga yuqori baho berib, “ofarin” deb rag‘batlantirgan.
Bularning zamirida nozik ruhiy qo‘llash, o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, unda ichki motivatsiyani vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni egallash sari etaklangan. Agar talaba vazifalarni yaxshi o‘zlashtirmay kelsa, unga qayta mutolaa qilish zarurligi haqida tanbeh berilgan.
YUqorida keltirilgan baholash tizimida rag‘batlantirishning har bir turi o‘quvchi qay darajada o‘zlashtirganligiga mezon vazifani bajargan. Bunday rag‘batlantirish talabani mutolaa qilishga bo‘lgan zavqini oshirib, yangi bilimlarni egallash sari chorlagan.
Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo‘lga qo‘yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. O‘sha davrlardaѐq, pedagogik diagnostika bilimlarni o‘zlashtirish asosidir deyishgan. Ushbu fanning tarixiga nazar tashlasak, o‘tgan asrlarda u o‘quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864-yilda AQSH olimlari D.Fisher va R.Reeslar asos solganlar. 1908-yildan boshlab, olim T.Stoun arfmetikadan test orqali o‘quvchi bilimining sog‘lom tizimini tadbiq etgan. Nemis olimi Linner “test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi.
Sobiq ittifoq davrida baholash mezonlari o‘zgarib, ular o‘rnini so‘rov, turli tekshiruv va imtihonlar egallab olgan.
Baholash tizimida o‘quvchilarning olgan bilimiga nisbatan “o‘zlashtirgan” ѐki “o‘zlashtirmagan” kabi mezonlar qo‘llana boshlangan.
1938-yildan boshlab o‘zlashtirishni baholash besh ballik tizimga o‘tkazilgan. Unda “juda ѐmon”, “ѐmon”, “o‘rta”, “yaxshi”, “a’lo” deb baholash tus olgan. 1944-yildan boshlab besh ballik baholar raqamlarda ya’ni, 1,2,3,4,5 raqamlarda ifoda etish joriy qilingan.
Pedagogik tajribadan bizga sir emaski, ijobiy baho o‘quvchi- talabaning o‘qishga bo‘lgan ishtiѐqi va kayfiyatini oshiradi, ruhlantiradi. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Bu jaraѐn uni bilim olishga qiziqishini ortiradi. Bu holat Etnopedagogikamiz va halq pedagogikasida ham qayd etilgan. YUqorida baѐn etilgan besh ballik baho tizimida o‘quvchi ѐmon baho olganda, unga dashnom berilganda unig kayfiyati tushadi, bilim olishga ishtiѐqi, qiziqishi so‘nadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib boradi.
Uzoq yillik kuzatuvlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabaning o‘z faoliyatini o‘zi baholashi, o‘ziga-o‘zi baho berishi eng adolatli, to‘g‘ri va istiqbollidir. Bunday o‘lchov mezoni o‘quvchi-talaba bilim sifati va samaradorligini pedagogik diagnostika asosida baholashdir. Quyida shular haqida fikr yuritamiz.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin