Fanning maqsadi hamda vazifalari. Pedagoglar kasbiy mahoratining asosiy komponentlaridan biri o‘quv tarbiya jaraѐnini to‘g‘ri va samarali boshqara olishdir. Buning uchun pedagog texnik va uslubiy bilimlarni puxta egallagani etarli emas. Pedagog o‘z ishi, faoliyati natijalarini tahlil qilishi, o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘diraѐtgan sabablarni o‘z vaqtida aniqlashi, bu qiyinchiliklarni o‘quvchiga individual ѐndoshish jaraѐnida bartaraf qila olishi lozim. O‘quv tarbiya jaraѐnini boshqarishnibunday tarzda takomillashtirish vosita va yo‘llaridan biri ilmiy jihatdan asoslangan psixologik-pedagogik diagnostikadir.
Bugungi kunda psixologik-pedagagik diagnostikaning o‘rni, axamiyati qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi. Individual ѐndashish, o‘quvchi va talabalarning individual xususiyatlarini o‘rganish shart ekanligi bir qancha davlat hujjatlarida aks ettirilgan.
Pedagogik diagnostika pedagogika va psixologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o‘quvchi shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi.
Pedagogika diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ilg‘or ta’lim muassasalarida bu ish uslubiy muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. SHu asosda yutuqlar mustahkamlanib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo‘nalishlar belgilab olinmokda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo‘lga kiritilmoqda.
Shu borada savol tug‘iladi:
– bola qobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko‘nikmalarining o‘lchovi bormi?
– bolaning bilimi va ko‘nikmalarini belgilashga o‘qituvchi aralashgani ma’qulmi ѐki o‘ziga o‘zi baho bergani afzalroqmi?
Manashu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogik diagnostikaning predmetidir. Ushbu maqsadni ro‘ѐbga chiqarish yo‘l-yo‘riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jaraѐn ming yillardan beri mavjud bo‘lsa, bu faoliyatning me’ѐrlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o‘quvchi bilimiga baho qo‘yish, uni sinov va imtihon qilish, pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan erda pedagogik diagnostika ham mavjud. Faqat bularning farqi shundaki, ibtidoiy va o‘rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostik tahlil qilishning ilmiy asoslari yo‘q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo‘lga qo‘yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. Shu boisdan, bu pedagogik jaraѐnning nomlanishi ham turlicha bo‘lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o‘zlashtirish asosi deyishadi. Boshqalar diagnostikani o‘qitishni jadallashtiruvchi axborotdir, deb hisoblaydilar. YAna ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrni ilgari suradilar. Taniqli pedagog olim Matserman pedagogik diagnostikani «O‘quvchi o‘zlashtirishi bilan, o‘quv materialini to‘g‘ri tanlash, maqsadni to‘g‘ri yo‘naltirish mezonidir» deb hisoblaydi. Aslida pedagogik diagnostika o‘quv materialini bilish jaraѐnining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. SHu boisdan ham, pedagogik diagnostika: