Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


II.BOB: Pedagogik diagnostikada metodlar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə9/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

II.BOB: Pedagogik diagnostikada metodlar
2.1. Pedagogik diagnostikada so‘roqlash va reyting metodi
Pedagogik diagnostikada kuzatuv metodi o‘quvchi-talabaning o‘qish talabini – munosabatini, mas’uliyatini, qiziqishini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, o‘quvchi-talabadagi bunday xislatlarni belgilashda uning xarakteri, xulq-atvori va ijtimoiy jihatlariga katta ahamiyat beriladi. CHunki, o‘quvchi-talabaning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashda shaxsiy, oilaviy, axloqiy ko‘rsatkichlar muhim rol o‘ynaydi.
Baholash shkalasi.
Baho malakasi ham o‘quvchi-talaba shaxsini, uning o‘qishga munosabatini to‘g‘ri belgilashdagi muhim omildir. Uni pedagog olimlar turli davrda turlicha ifodalaganlar. Masalan, o‘quvchi-talabaning mashg‘ulotlar paytidagi qiziqish darajasini 1978-yilda AQSH olimi Oini Fittaku quyidagi shkala bo‘yicha aniqlashni tavsiya etgan edi.

Shuning uchun ham o‘quvchi-talabalarning foydali ish koeffitsenti ularning olgan baholari bilan belgilanadi. Past ko‘rsatgich olgan o‘quvchi-talabaga ko‘proq e’tibor berish lozim. Lekin asosiy e’tibor yaxshi va a’lo baho olganlarga qaratiladi.


Ustiga-ustak o‘smir bolalar, talabalar o‘ziga kattalardek muomala qalishni talab etadi. Lekin o‘qituvchilarning ayrimlari ѐshlardagi bunday psixologik kayfiyatlarni hisobga olmay, unga bola, ya’ni sub’ekt sifatida qaraydilar. Aynan mana shu sababli o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba o‘rtasida ixtilof va kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKADA SO‘ROQLASH METODI
Pedagogik diagnostikada so‘roqlash metodi qadim-qadimlardan qo‘llanib kelinadi. Bu metod deyarli o‘qish, o‘qitish, o‘rganish jaraѐni boshlangandan bo‘ѐn mavjud. Agar diagnostikaning kuzatish metodida o‘quvchi-talabaning axloqiy-ma’naviy tamoyillari, qiziqishi, munosabati, fikrlash doirasi, hamkorlikka moyilligi o‘rganilsa, Pedagogik diagnostikaning so‘roqlash metodi o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish va bilim sifati haqida ko‘proq axborot to‘plash imkoniyatini beradi. SHu bilan birgalikda u ѐki bu shaxs to‘g‘risida ob’ektiv ѐki sub’ektiv ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
A xborotlarni olish, saqlash – og‘zaki, ѐzma, standartlashtirilgan, yakka, juft, kichik guruhlarga bo‘lingan holda bir ѐki bir necha bor so‘rash asosida to‘planadi va qayta ishlanadi

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin