Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


I.BOB: Pedagogik diagnostika fanining mazmun-mohiyati, maqsadi, predmeti va vazifalari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

I.BOB: Pedagogik diagnostika fanining mazmun-mohiyati, maqsadi, predmeti va vazifalari
1.1. Pedagogik diagnostikaning mohiyati va funksiyalari.
Asosiy tushunchalar: pedagogik diagnostika, ilmiy-tadqiqot metodlar, pedagogik diagnosikaning predmeti, pedagogik jaraѐn, o‘qitishni jadallashtirish, o‘z-o‘zini diagnostikalash, diagnostikaning funksiyalari, pedagogik faoliyat, peddiagnostikaning ob’ektivligi, qiyinchiliklarni o‘rganish.
Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar o‘zining pedagogik faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug‘ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar chiqarish – bo‘sh ѐki muvaffaqiyatli urinishlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika o‘quvchining o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarini, uning o‘qishiga ta’sir qilaѐtgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo‘naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jaraѐnini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi.
Bu muqaddas zaminda yashaѐtgan har qaysi inson o‘z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko‘rish uchun butun haѐti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o‘zini ayamaydi. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola shakllanishida asosiy o‘rin egallaydi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy haѐt maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.
O‘zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o‘zining tarixan shakllangan qiѐfasini yo‘qotmadi. Ulug‘ adibimiz Abdulla Qodiriy qahramonlaridan birining: "Bu xonadondan hech kim norizo bo‘lib ketgan emas", deya aytgan gaplarida elimizga xos katta haѐtiy tajriba mujassam. SHu sababli ham mustaqillik yillarida oilaning mustahkamligi, uning jamiyatda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Kelgusida farzandlarimizni sog‘lom, jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma’nan etuk shaxs qilib tarbiyalash, tabiatni, vatanni sevishga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sir emaski, barkamol avlodning savodxon bo‘lishi, o‘quv-biluv jaraѐniga intilishi, qiziqishi uchun ta’lim jaraѐnida mustahkam bilim olishga ishtiѐq, asosan, boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. SHu sababdan ham, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun hamda “Kadrlar tayѐrlash Milliy dasturi” ning so‘ngi bosqichi – sifat va samaradorlik bosqichi, qabul qilindi. Bu bosqich Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, ijobiy ma’nodagi “Portlash effekti” boqichidir. Bu bosqichda pedagogik kadrlarni yuksak salohiyatli, ijodkor, raqobatbardosh, komponentli yangi avlodni tayѐrlashga qadam qo‘yildi. Bu vazifani amalga oshirish uchun oliy pedagogika o‘quv yurtlari pedagoglari, bo‘lg‘usi pedagog-talabalar ham o‘z faoliyatlarini innovatsion pedagogika asosida qayta ko‘rib chiqishlari darkor. Ya’ni ularning o‘zlari ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, mas’uliyatni his etishlik sari intilishlari zarur.


O‘quv-tarbiya jaraѐni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, innovatsiyalar asosida va bular talabaning shaxsiy faol ishtirokida olib borilishini taqozo etmoqda.
Olib borilaѐtgan mashg‘ulotlarning pirovard natijalarini tahlil qilish, o‘rganish, kamchilik va xatolarini aniqlash, ularni tuzatish ѐki oldini olish uchun pedagogik diagnostika o‘tkazish zaruriyati tug‘ilmoqda. SHu munosabat bilan diagnostika fani vujudga kelmoqda.
Diagnostika fanining asosiy maqsadi talabalar psixologiyasining turli sohalaridan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish, ayniqsa shu fanlarning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo‘llashga o‘rgatishdir.
SHuning uchun mazkur kurs, asosan, amaliy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga nazariya bilan ham uyg‘unlashgandir.
1. Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalarning maktabga tayѐrligini bilish mumkin emas.
2. Rivojlantiruvchi ta’lim samaradorligini kuzatib bo‘lmaydi.

3. Turli metodlarning nisbiy mahsuldorligini, o‘qitishning shakl va vositalarini baholash:


a) diagnostik metodlarsiz o‘quvchilarning turli ѐsh davrlaridagi intellektual rivojlanganlik darajasini belgilash o‘ta mashaqqat;


b) o‘quvchilarga individual ѐndashish uchun zarur bo‘lgan ularning individual xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘play olmaymiz.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin