Nizomiy nomidagi namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə5/14
tarix14.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#98036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi Abdumalikovaga oxirgi

Birinchidan, diagnostika pedagogik maqsadlarda o‘tkazilib, tahlillar asosida yangi tahliliy analiz olinib, ularni sharhlash asosida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jaraѐnida o‘quvchi shaxsini rivojlantirish;
Ikkinchidan, olingan yangi axborotlar asosida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida ta’lim sifatini oshirish;
Uchinchidan, olingan xulosalar asosida o‘qituvchi o‘ziga mos yangi metodlarni tanlab, o‘quv jaraѐniga ijodiy ѐndashishga olib keladi;
qadriyatli-yo‘naltirilgan, doimiy-korreksiyalovchi, rag‘batlantiruvchi, o‘lchab beruvchi.
Qadriyatli-yo‘naltiruvchi baho o‘quvchini insonlar haqida, o‘zi haqida tushunchalar berib, unga o‘zining aqliy, axloqiy, mehnat, estetik qarashlarini ijtimoiy talablarga moslashtiradi, o‘stiradi, o‘quvchida o‘z qarashlarini qadriyatlar asosida ijobiy tomonga o‘zgartirib boradi.
Doimiy-korrektiv aspektdagi pedagogik baholash o‘quvchini jamoat, ijtimoiy normalar asosida o‘zining xatti-harakatlarini, turmush tarzini boshqalar bilan muloqotlarini ularga mos ravishda rivojlantirishga harakat qiladi.
To‘rtinchidan, pedagogik diagnostika ѐrdamida o‘qituvchining nazoratni baholashdagi faoliyat funksiyasi ortib boradi;
Beshinchidan, o‘qituvchi tomonidan an’anaviy qo‘llab kelinaѐtgan shakl, metod va vositalarni diagnostika natijalari asosida qayta ko‘rib chiqilishiga imkon beradi.
Maktabda pedagogik diagnostika – ta’lim-tarbiya faoliyatida uning sifat va samaradorligini aniqlab beruvchi amaliѐt bo‘lib, unda erishilgan muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikni ko‘rsatib beradi va uni takomillash-tirish imkoniyatini ochib beradi.
Ta’lim-tarbiyani demokritizatsiya va modernizatsiya qilishda, ta’limni differensiyalashda aniq tahliliy axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlab chiqish juda muhim hisoblanadi. Maktab ta’limidagi kamchilik, bo‘sh tomonlar va kuchli tomonlarini aniqlash asosida uni takomillashtirib borish imkonini beradi. Maktab uchun qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, ahvolga aniq baho berish va boshqaruv jaraѐnini to‘g‘ri tashkil etish funksiyalari diagnostikaning asosi hisoblanadi.
Pedagogik diagnostikaning bosh funksiyasi ta’lim-tarbiya jaraѐnida qayta aloqa funksiyasidir.
Ta’lim-tarbiyaning ma’lum etaplarida tarbiyalanganlik va bilimdonlik haqida olingan axborotlarni tahlil etish, kelgusida ta’lim-tarbiya jaraѐnini konstruksiyalashga, avvalgiga nisbatan o‘zgarishlarni solishtirsh imkonini beradi.
Olingan axborotlarning to‘liqligi va ob’ektivligi diagnostikaning boshlang‘ich etapida ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda maksimal darajada real talablarga yaqinlashtiradi, uni optimal rivojlantirishga olib keladi. Ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishda real olingan axborot o‘quvchilarda ularning to‘liq ichki imkoniyatlarini ishga solish orqali DTS talablarini to‘la o‘zlashtirishga olib keladi.
Agar ta’lim-tarbiya natijasi bo‘yicha zaruriy informatsiyalarni o‘z vaqtida aniq va to‘la holda har bir o‘quvchi, o‘qituvchi xabardor etib borilsa, o‘z vaqtida korrektirovkalar kiritib borilsagina kutilgan pedagogik maqsadlarga erishishimiz mumkin.
Baholash funksiyasi ham pedagogik diagnostikaning asosiy vazifalaridandir. Har tomonlama va kompleks asosda baholash o‘zining bir qancha aspektlariga ega:
Rag‘batlantiruvchi baho o‘quvchining rivojlanishi, xulqiga mos ravishda qo‘yilganda unga ijobiy ta’sir etib, uni yangiliklarga intilish sari ruhlantiradi.
O‘lchovli baholashda o‘quvchi boshqalar bilan o‘zini solishtirish asosida undagi muvaffaqiyatlar yanada shaxsiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holat o‘quvchining yanada intilishi, qiziqishlariga sabab bo‘ladi. U endi o‘zini-o‘zi rivojlantirish sari etaklaydi. Mustaqil izlanish, mustaqil mutolaa qilishga intiladi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘ziga, o‘z kuchiga ishonishi ortadi. Demak, o‘quvchi o‘z kuchiga ishondimi, u mantiqiy erkin fikrlashga, o‘zini anglashga kirishadi. Bu pedagogik diagnostikaning oliy maqsadidir.
Pedagogik diagnostikaning uchinchi funksiyasi boshqaruv funksiyasi bo‘lib, u o‘quvchilar jamoasini, o‘quvchi shaxsining rivojlanishini, tarbiya topganligini boshqarishdir. Bu boshqaruv uch etapda olib boriladi: boshlang‘ich, korreksiyalovchi (joriy), umumlashtirilgan (yakuniy).
Boshlang‘ich diagnostika sinf jamoasining ishini rejalashtirish va boshqarish. Tarbiyaviy vazifalarni rejalashtirishdan avval hafta, chorak, yarim yillik, butun o‘quv yili davomida o‘qituvchi o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib boradi. O‘quvchilardagi ijobiy, salbiy holatlarning o‘zgarish dinamikasini kundalik kuzatuv asosida qayd etib boradi. SHu o‘zgarishlarga asosan rejalariga korrektirovka etib boradi. Olingan axborotlar asosida tezda, o‘z vaqtida ish uslubiga tuzatishlar kiritadi. Ular asosida o‘quvchilarning intizomi, o‘quv jaraѐniga mas’uliyati, faolligi, mustaqil fikrlashini, mustaqilligi, sinf faoliyatiga ijodiy ѐndashishini nazorat eta oladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin