Birinchidan, individual ta’lim jaraѐnini jadallashtiradi.
Ikkinchidan, pedagogik jaraѐnda ishtirok etuvchilarning bilimi natijalarini va ta’lim sifati darajasini aniqlab beradi.
Uchinchidan, o‘qitish ishlari jaraѐnida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni minimum darajaga keltirishga ѐrdam beradi.
To‘rtinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalari orqali o‘quvchining sinfdan sinfga o‘tishda, mutaxassislikka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi.
Keyingi yillarda pedagogik diagnostika quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga olmoqda:
1. Analitik – ta’lim-tarbiya jaraѐnlarini olib borishda ta’limda yaratilgan sharoit va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning sabablarini o‘rganish.
2. O‘z-o‘zini diagnostikalash – o‘zlashtirish darajasini, tarbiya topganligi, o‘quvchining rivojlanish komponentini aniqlash.
3. Baholash – pedagogik jaraѐn qatnashchilari faoliyatidagi miqdor-sifat baho ko‘rsatgichlarni bashorat qilish.
4. Korreksiyalash – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni minimum holga keltirish.
5. Yo‘naltirilganlik – yangi maqsadlarni belgilashda o‘quv jaraѐnida yuz berishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish.
6. Axborotlashtirish – pedagogik jaraѐn qatnashchilarini doimiy ravishda qo‘lga kiritilaѐtgan muvaffaqiyatlardan xabardor qilib borish.
Pedagogik diagnostika ѐrdamida ta’lim-tarbiya jaraѐni to‘g‘ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to‘g‘ri baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim ob’ekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada o‘zlashtirilganligi tahlil etiladi, o‘quv kursi va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi baholanadi.
Pedagogik diagnostika ta’limni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. U o‘quv-tarbiya jaraѐnini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo‘l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Egallangan malakani aniqlashga qaratilgan pedagogik diagnostika ѐki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari:
1) taqqoslash;
2) pedagogik tahlil;
3) avvaldan ayta bilish (prognoz);
4) interpritatsiya;
5) pedagogik diagnostika natijalarini o‘quvchilarga etkazib berish;
6) amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o‘quvchilarga etkazish;
7) pedagogik diagnostika metodlarini to‘g‘ri tanlay olish.
Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa:
a) haqqoniylik (ob’ektivnost, ya’ni ob’ektivligi);
b) ishonchlilik (nadejnost);
v) puxtalik (validnost) ga asoslanadi.
Diagnostik tahlillar qachon ob’ektiv bo‘ladi?
1. Agar: sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko‘rsatsa, ѐki kursatkichlar o‘zaro bir-biriga yaqin bo‘lsa;
2. Agar: sinov mezonlari, o‘lchovlari birligi hamda uning natijalari sinovni amalga oshiruvchi, aniqlovchining shaxsi, xislati va munosabatlariga bog‘liq bo‘lmasa;
3. Agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat va psixologik kayfiyatda amalga oshirilsa, haqiqiy ahvolni aniqlashda ob’ektiv natijalar olinishi mumkin.
Pedagogik diagnostika natijalari qachon uzil-kesil tasdiqlanadi?
Tajribalar tahlillari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik diagnostika test usullari vositasida amalga oshirilsa, natijalar haqqoniy bo‘ladi. CHunki bunda to‘rt xil xulosa bir xil natija bilan baholanadi. Bular,
– mazmunning tasdig‘i;
– har xil usul bilan olingan natijalarning bir xilligi;
– natijalarga ko‘ra amalga oshirilgan tahlillarning isbotlanishi;
– loyihalashning tasdiqlanishi, ya’ni loyihalashtirishdagi natijalarning olingan xulosalarga uyg‘unligi.
Xohlagan kasbiy faoliyat sohasida diagnostika uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jaraѐnida mahsulot sifatini belgilab beradi. Bu holatdan o‘qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyati, maktabning pedagogik faoliyati ham istisno emas. Har bir o‘qituvchi o‘zining o‘qitish va tarbiyalash jaraѐnining natijalarini o‘rganib, tekshirib boradi, ularning bo‘sh o‘zlashtirish sabablarini tahlil etib boradi. Ammo bu hali diagnostika bilan bog‘langani yo‘q.
“Pedagogik diagnostika” bu kengroq tushuncha bo‘lib uning o‘ziga xosligi quyidagi hollarda namoѐn bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |