Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish
2
Mavzu: Darsni rejalashtirish va tashkil etish (3-sinf)
Maqsad va vazifalar:
▪
O‘quvchilarga olamning ilmiy manzarasi haqidagi yaxlit tasavvurni
hosil qilish, ilmiy bilish usullarini o‘zlashtirish
va ularni zamonaviy inson
qadriyatlari tizimiga kiritishni tushuntirish;
▪
O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
▪
O‘quvchilarga materiya tuzilishining birligini, universalligini,
tabiat
qonunlarining tub mohiyatini anglatish;
▪
O‘quvchilarda o‘zi yashab turgan olamda yo‘nalish olish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
▪
O‘quvchilarda tabiat va uni asrashga bo‘lgan
ijobiy fazilat
(munosabat va qadriyat)larni hamda ekologik bilim va ekologik madaniyatni
shakllantirish.
Reja:
1. Darsni tashkil etish.
2. Darsni rejalashtirish.
3.
O‘quv faoliyati
.
Dars nafaqat bilimlarni uzatish vositasi,
balki bola shaxsini
shakllantirish va rivojlantirish vositasi hamdir
Dars
– rasmiy didaktika qonunlariga emas,
balki bolalarga
bag
‘ishlanishi kerak. Darsning markaziga o‘quvchini qo‘ying, chunki dars
o‘quvchi borligi uchun mavjuddir.
Zamonaviy o‘qituvchi bilim va ma‘lumot
uzatuvchisi emas, balki
o‘quvchi bilan hamkorlik qiluvchi o‘quv jarayonining tashkilotchisi. U bolalar
bilan hamkorlikda ishlashni shu bilan birga
bolaga dunyo manzarasining
yaxlit ekanligini anglashni
o‘rgatadi.