Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining ahamiyati reja



Yüklə 23,35 Kb.
səhifə1/4
tarix22.09.2023
ölçüsü23,35 Kb.
#146907
  1   2   3   4
Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining ah-fayllar.org


Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining ahamiyati reja

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA SAXNALASHTIRISH FAOLIYATINING AHAMIYATI
Reja :
  1. Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi


  2. Teatr - saxnalashtirish faoliyatining shakllari.


  3. Teatr - saxnalashtirish faoliyati prinsiplari





Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.


Tayanch so‘z va iboralar: sahnalashtirish, tasviriy faoliyat, teatr, maktabgacha ta’lim, prinsip.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarida ertaklarni sahnalashtirish. Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚ ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bo‘layotgan voqea hodisalarni, o‘zini odobidagi ahloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg‘otishda qo‘g‘irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. Chunki sahnalashtirishda tomoshabinlar tomoshalarni faqat ko‘rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini ko‘rganlaridan so‘ng, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka‚ xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish to‘yg‘usini tarbiyalaydi. Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining (“Oltin tarvuz”, “Zumrad va Qimmat”) o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,aniq talaffuz), sahnada harakat erkinligi, so‘z va harakat uyg‘unligi tarbiyalanadi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning bolalarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Xalq og‘zaki ijodidan ertak janri bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bo‘linadi. Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, bolalar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar. Maktabgacha ta’lim muassassalarida hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq tanishtiriladi. «Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Ko‘zacha bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musicha» kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda savollarga javob berish, bolalarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar harakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktabgacha ta’lim tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xattiharakati, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Tarbiyachi, bolalar rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar. «Davlat» ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulqatvorlari, harakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. «Davlat» ertagi matni ustida ishlash jarayonida bolalar «Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?», «Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?» kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar. Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qib berishga, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi. Bolalarni ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni tarbiyachi aytib berishi mumkin. Bola ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda bolalarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanishli nutqni o‘stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo‘y bola» ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma’qul bo‘lganligi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. Bolalar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
------------------------------------------------------------------------------------------------

Soya teatrlarini sahnalashtirish - qo‘g‘irchoq sahnalashtirishning o‘ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qo‘g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat o‘yinchoqlar o‘ynaydi. Tomosha qiluvchilar sahna ro‘parasida o‘tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko‘rishi mumkin. Soya teatrlarini sahnalashtirish uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o‘zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o‘rgatish kerak, buning uchun detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo‘yiladi.


Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o‘yinchoqlarni shablon yordamida yoki o‘zlari o‘ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so‘ng figuraga ko‘zini yasash kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko‘z o‘rnini o‘tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo‘yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog‘oz bilan ko‘zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo‘yoq aralashtirib ko‘zini chizib qo‘yishlari mumkin. Teatrni ko‘rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog‘ozidan 2x1,5 metrli ramkagaqoplama tayyorlaydi. Ishni boshlash uchun 100 voltli lampa kerak bo‘ladi. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo‘yaladi. Tarang qilib qoplangan matoga qog‘ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qo‘yish mumkin. Bolalar o‘zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko‘rib, shodliklari beqiyos bo‘ladiki, ularning kichik shakllari mo‘jiza bo‘lib ko‘rinadi.
Soya teatrlarini sahnalashtirishni bolalarga kattalar qo‘yib beradilar. Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib‚ ekranni yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So‘ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash bilan bo‘yaladi va qirqiladi. So‘ngra chiroq, ya’ni yorug‘lik tushirib‚ sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi.

Stol teatrini sahnalashtirish.


Stol teatrini sahnalashtirishning bir necha turi mavjud: birida pyesa oddiy sahnada-pardasiz shirmada, boshqa qutichaga o‘xshash sahnada (karton sahnalashtirish), uchinchisi yassi sahnalashtirishda‚ sahna ikki bo‘lak kartondan qilinadi. Bu sahnalashtirishlardagi personajlarni qo‘l bilan‚ tagliklar, sim va magnit orqali turlicha harakat bajartiriladi. Shakllarning tuzilishi ham turlichadir. Ish ertak yoki masal tanlashdan boshlanadi‚ so‘ngra unga mos personajlar tayyorlanadi. Jonivorlar shakllarini bolalar badiiy kitoblardan kalkaga ko‘chirishlari mumkin. Kalkadagi rasmni nusxa qog‘oz yordamida ikkita oq qog‘ozga tushiriladi. Bu rasmlarni rangli qalam bilan bo‘yab, bittasini kartonga yopishtiriladi va kartonni shu rasm konturi bo‘ylab qirqiladi. Kartonning ikkinchi tomoniga ikkinchi rasm yopishtiriladi, shu bilan figura tayyor hisoblanadi.
Shundan so‘ng yarimta g‘altak va cho‘p orqali balandligi 9-10 sm bo‘lgan taglik tayyorlanadi. Cho‘pning uchiga figura o‘rnatiladi, g‘altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan karton yopishtiriladi. Sahna-shirma, figuraning tagligi ko‘rinmasligi uchun butunlikda qilinadi. Shirmani bo‘yash yoki unga rangli qog‘oz yopishtirish kerak. Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya o‘rnatiladi. Agarda o‘rmon, dala, daryo, tog‘larni tasvirlash lozim bo‘lsa, muvofiq keluvchi suratni topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani yarim doira shaklida egish ham mumkin.
Sahna-shirma stol ustiga qo‘yiladi, uning orqasida esa figuralarni harakatlantirila-digan va ular uchun gapiradigan bolalar turadi. Agarda pyesa davomida dekoratsiya o‘zgarib turishi kerak bo‘lsa, kitob sifatli qilib birlashtirilgan kartonga yopishtirilishi lozim. Uning har bir sahifasida bitta dekoratsiya bo‘ladi. Agar quyonni yasash kerak bo‘lsa, avval butun figurani, so‘ngra uning oldingi oyog‘ini bir oz uzunroq yasab qirqib olinadi. Bu old oyoqqa sim o‘tkaziladi. U mana shu sim vositasida boshqariladi. Tayyorlab qo‘yilgan old oyoqqa teshik qilinib ip o‘tkaziladi, ipning bir uchi oyoqqa bir parcha qog‘oz bilan tutashtiriladi va ipning ikkinchi uchi figuradan o‘tkazilib tarangroq qilib tortiladi va figuraning ich tomoniga yopishtirib qo‘yiladi.
Quyida ertak asosida stol sahnalashtirishi qahramonlari namunalari berilgan:
Ertak qahramonlarini, karton teatrini sahnalashtirish jihozlari.
Karton teatrlarini sahnalashtirishda kartondan yasalgan yassi va hajmli qo‘g‘irchoq shakllar ishtirok etadi. Bir tomonlama shakllar ip, sim va shu kabilar yordamida faqat bir tomonga harakat qiladi. Karton teatrlarini sahnalashtirishda yuqoridan turib ip, sim bilan boshqariladigan shakllar ham qatnashadi, ular yengil harakat qiladilar, burila oladilar. Sahna uch bo‘lak karton yoki fanerdan yasaladi.
Sahnaning asosiy qismlari: orqa devor, pol va oldi peshtoqli devordir. Devorlarga ikki tomondan karton polosalar yopishtiriladi, bu polosalarga dekoratsiyalar osiladi. Dekoratsiyalarni ularning o‘zlaridan kattaroq kartonga yopishtirish kerak, chunki ularda osgichlar qirqiladi. Pardaning rasmi ham o‘zidan kattaroq kartonga yopishtiriladi, bu uni ko‘tarish va tushirishga qulaydir. Ko‘pgina spektakllar uchun harakatlanuvchi dekoratsiyalar kerak bo‘ladi. Bunday dekoratsiya shakllarning tez harakat qilayotganligini bildirish uchun qo‘llaniladi.
Harakatlanuvchi dekoratsiya 3-4 metrli qog‘oz lentadan ishlanib, orqa devorga qilingan teshikdan o‘tkaziladi va kerak vaqtda tortib‚ harakatga keltiriladi. Aytaylik, figura chap tomonga harakat qildirilmoqchi bo‘lsa, dekoratsiya o‘ng tomonga tortilib tez harakat qilayotgandek tasavvur hosil qilinadi. Sahna boshqacha qurilishi ham mumkin, bunday holda uning old qismi trilyajga o‘xshaydi. Unda peshtoq-sahna oynasi qirqiladi. Bunday holda oyna orqasida undan 2-3 sm oraliqda ingichka dumaloq cho‘p o‘rnatiladi. Cho‘pni o‘rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda o‘rnatiladi. Parda burma bo‘lishi uchun kengroq bo‘lishi kerak. Punktir bilan agarda ijrochilarning qo‘lini yashirishning hojati bo‘lmasa, olib tashlanishi oson 9-10 smli bo‘lgan taxtacha ko‘rsatilgan. Sahna bunday qurilganda dekoratsiyalar ko‘p qavatli parda ko‘rinishiga ega bo‘ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib, dekoratsiyani tezda almashtirish, ba’zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani ko‘rsatish imkonini beradi. Dekoratsiyalarning tez almashishi uchun ularni kanselyariya nakolkasiga o‘xshash vertushkaga o‘rnatiladi. Bu doira taxtaga o‘rnatilgan bir bo‘lak yo‘g‘on simdir. Doira yoki vetushka orqasiga doka yoki tyul tortilgan uch ost ramkadan iborat parda joylanadi. Doka ko‘k yoki och ko‘k rangga bo‘yaladi. Bunday to‘siqdan ijrochilar sahnani bemalol ko‘rib tura oladilar va shakllarni ishonch bilan boshqara oladilar. Sahnani yoritish katta ahamiyatga egadir. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ular sahnani yoritsin-u nuri tomoshabinlarga tushmasin.
Musiqa barcha sahnalashtirish ko‘rinishlarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi.
Tovush va yorug‘lik effekti bilan birikkan musiqa «Fonus hayol» sahnalashtirishida ham, stol teatrlarining sahnalashtirishida ham mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu ko‘rinishlarda ovozga taqlid qilish‚ xo‘rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning o‘kirishi hamda shovqin effektlari-yog‘ayotgan yomg‘ir ovozi, parovozning pishillashi va shu kabilardan foydalaniladi.
«Fonus xayol» teatri qadimdan mavjud bo‘lib, ayniqsa u XI asrda Yava va Xitoy davlatlarida keng tarqalgan. Xitoy «Fonus xayol» teatrida qo‘g‘irchoqlar qo‘tos, eshak, qo‘ylarning terisidan qilingan. Ular har xil rangga bo‘yalgan. Bunday teatr Turkiyada ham keng tarqalgan bo‘lib, ularda «Qaraiz» deb ataladi. Tomoshalar odatda qahvaxonalarda ko‘rsatiladi. Qo‘g‘irchoqlar yaxshi oshlangan teridan yasalib, asosan qizil va ko‘k rangga bo‘yaladi.
«Fonus xayol» teatri Turkiyadan avval Italiyaga, so‘ngra Angliya, Fransiya, Germaniyaga tarqalgan. XVIII asrning ikkinchi yarmi «Fonus xayol» teatrining Yevropada eng gullagan davri bo‘ldi. 1775 yilda Londonda tashkil etilgan Ambruz teatri butun Yevropada gastrolda bo‘lgan. Rassom Anri-River raxbarlik qilgan «Shapuor» («Qora mushuk») teatri Parij va chet el mamlakatlari o‘rtasida katta muvaffaqiyat qozongan.

Yüklə 23,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin