Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2022
ölçüsü38,06 Kb.
#75320
  1   2   3   4   5   6
Shartnoma-MTT-va-ota-ona-ortasida


Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o‘rtasida tuzilgan
SHARTNOMA

___”___________20____ yil _______son _________________t.


____________________tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli ______sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi raxbari ___________________________ bir tarafdan va _____________________________________________________ ___________________________________________________ ning (bundan buyon matnda ota-ona deb yuritiladi)
_______________________________________________________________________________________________
(bolaning otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O)
(bundan buyon matnda ota-ona deb yuritiladi) ikkinchi tarafdan birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani kuyidagilar xaqida tuzdilar.

  1. SHARTNOMA PREDMETI

  1. Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha xuquqlarini ta’minlagan xolda unga sifatli ta’lim – tarbiya berish, sog‘liqni muxofaza qilish va mustaxkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart – sharoit yaratib berish majburiyatini, ota – onalar esa tarbiyalanuvchini tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib - qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.

  1. TARAFLARNING XUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI:

  1. Tashkilot quyidagi xuquqlarga ega:

  1. Tashkilot xodimlarining qonuniy xuquq va manfaatlarini, qadr – qimmati va qiziqishlarini ximoya qilish;

  2. Tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota – onalarning istaklari, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatiga ko‘ra bolani guruxiga taqsimlash;

  3. Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lishini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo‘lmagan taqdirda, uni tashkilotga (vaqtincha) qabul qilmaslik;

  4. Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lgan davri uchun to‘lanadigan badal to‘lovi xir oyning 15-sanasidan keyin ikki xafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, ota – onalar bilan tuzilgan shartnomani tashkilot tomonidan bir tarafdan bekor qilish mumkin;

  5. Shartnoma bekor qilingan xollarda tashkilot bola qatnovini tiklashni yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;

  6. Tarbiyalanuvchini oilada tarbiyalash bo‘yicha tavsiya berish;

  7. Tashkilotda zarur moddiy – texnik baza xamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, asosiy ta’lim – tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan xolda pullik ta’lim – tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish;

  8. Tibbiyot xamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchilarni ertalabki filtratsiyadan o‘tkazish jarayonida bolaning kasalligi aniqlangan xollarda tashkilotga qabul qilmaslik;

  9. Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida ota – onaning yozma arizasi bo‘lmagan xollarda, to‘lovni to‘liq oy uchun xisoblash va umumiy asoslarda undirish;

  10. Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘lov to‘langan davridan ortiq muddatda bo‘lishiga, ushbu oy uchun to‘lovning qolgan qismi to‘langandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.


  1. Yüklə 38,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin