Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning me’yoriy huquqiy xujjatlarini implementatsiya qilish mexanizmlari
(FIO)
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning me’yoriy huquqiy xujjatlarini implementatsiya qilinishi hamda xorijiy mamlakatalarda maktabgachga ta’limni tizimli tashkil etish bosqichlari bo’yicha ma’lumotlar taqdim etilgan.
Kalit so’z: implementatsiya, maktabgacha ta’lim, maktabgacha ta’lim tashkiloti, innovatsiya, inkorporatsiya, transformatsiya
Аннотация: В данной статье представлена информация о реализации нормативных правовых актов зарубежных стран в развитии дошкольного образования и этапах системной организации дошкольного образования в зарубежных странах.
Ключевые слова: внедрение, дошкольное образование, дошкольная организация, инновация, инкорпорация, трансформация.
Keywords: implementation, preschool education, preschool organization, innovation, incorporation, transformation
Annotation: This article provides information on the implementation of normative legal acts of foreign countries in the development of preschool education and the stages of systematic organization of preschool education in foreign countries.
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017-yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 18-iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish, shu asosda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi. “Maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuvlar” modulining ishchi o‘quv dasturi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari malakasini oshirish kursining o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, u maktabgacha ta’lim 7 muassasalari tarbiyachilariga ta’limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiya, integratsiyalarning mazmun va mohiyatini ochib beradi.
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv metodik majmualarniishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha sohaga oid bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ – 2707 -sonli, «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ – 3261-son qarorlari, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida» gi 2017 - yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoyishi shular jumlasidandir. Xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini bir qator davlatlar misolida ko‘rib chiqamiz.
Implemizatsiya – (inglizchada “amalga oshirish, amalga oshirish, amaliy tatbiq etish”) - bu xalqaro majburiyatlarni ichki miqyosda haqiqatda amalga oshirish, shuningdek, xalqaro huquq normalarini milliy huquq tizimiga kiritishning o'ziga xos usuli. Amalga oshirishning asosiy talabi - xalqaro tuzilmaning maqsad va mazmuniga qat'iy rioya qilishdir.
Amalga oshirish usullari quyidagilardan iborat:
-inkorporatsiya;
-transformatsiya;
-umumiy, alohida yoki maxsus havola.
Inkorporatsiya qilingandan so'ng xalqaro huquq normalari hech qanday o'zgartirishlarsiz amalga oshiruvchi davlat qonunlarida so'zma-so'z takrorlanadi.
O'zgartirish jarayonida tegishli xalqaro shartnoma normalarining ma'lum bir qayta ishlanishi ular milliy qonunchilikka o'tkazilganda sodir bo'ladi (odatda bu milliy huquqiy an'analar va huquqiy texnika standartlarini hisobga olish zarurati tufayli yuzaga keladi).
Umumiy, xususiy yoki maxsus havolada xalqaro huquq normalari qonun matniga bevosita kiritilmaydi, ular faqat eslatib o'tiladi. Shunday qilib, havola orqali amalga oshirilganda, milliy huquqiy normani qo'llash dastlabki manba - tegishli xalqaro shartnoma matniga bevosita murojaat qilmasdan imkonsiz bo'lib qoladi.
Bir qator davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar avtomatik ravishda milliy qonunchilikning bir qismiga aylanadi. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga muvofiq (15-moddaning 4-qismi) Rossiya Federatsiyasida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari va normalari va Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalari uning huquqiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Agar Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomasida qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
Yaponiya - juda tez rivojlanayotgan davlat bo‘lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog‘liqdir. Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan. Yaponiyada juda qadimdan xalqning aqliy imkoniyatlaridan foydalanuvchi fan va texnikani qo‘llash siyosati eng muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70% ni, qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi. Masalan, 1 yoshda – o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda – amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 yoshda – burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda – yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 yoshda – liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish.
Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayyorlaydilar. Yaponiya bog‘chalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar – “xan”larga bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada “o‘z ish o‘rni” ajratiladi, ular o‘z xanlariga nom tanlaydilar. Shu tariqa eng kichik yoshdan jamoada ishlashni o‘rgatadilar. Bu guruhdagi har bir bola guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Bunday xanlar 22 keyingi ta’lim bosqichida ham qo‘llaniladi. O‘rta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib turiladi. Yaponiya bog‘chalariga 3-5 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. Boshlang‘ich ta’limga erta qabul qilishga o‘tish maqsadida 4-5 yoshdagi bolalarning barchasini bolalar bog‘chasiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Bolalar bog‘chasi Yaponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tayyorlashdir. Bu yerda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi. Individuallik, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, bolalarni o‘ziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi. Boshlang‘ich ta’lim “syogakko” deb nomlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimi, maktablar quyidagicha bo‘lingan:
1. Boshlang‘ich maktab - 6 yil.
2. O‘rta maktab - 3 yil.
3. Yuqori maktab - 3 yil.
Germaniya Federativ Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlardan (viloyatlar) iborat bo‘lib, har biri shakliga ko‘ra turlicha bo‘lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo‘lib, ular uchun ta’lim dasturiga tegishli bo‘lgan davlat ko‘rsatmalari mavjud. Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin: - birorta Federal Yerlar davlat umumta’lim, kasbiy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun pul barcha Federal yerlarda o‘quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o‘z hisobidan beradi; - deyarli barcha o‘quvchilarga darslik va o‘quv qo‘llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beriladi; - ma’lum toifadagi o‘quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko‘ra davlat moddiy yordam ko‘rsatadi.
Janubiy Koreya Respublikasi ko‘plab tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo – Tinch okeani regionining noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart bo‘lgan asosiy vazifa - o‘z an’anaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘z madaniy-siyosiy identivlik, Sharqning an’anaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bog‘lashga intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning 25 ta’lim tizimi YuNISEF ekspertlari xulosasiga ko‘ra sanoati rivojlangan davlatlar ichida “eng samaralisi” deb tan olingan.1
Kanadaliklarning eng muhim yutuqlaridan biri - bu ularning ta’lim tizimidir. Ilg‘or universitet va kollejlardagi ta’lim sifati juda yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda Kanada ta’limi AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Kanadaning turli provinsiyalari o‘quv rejalarida o‘ziga xosliklar ko‘rinadi. Masalan, Kvebek, Ontario, Manitobda maktabgacha muassasada maktabga tayyorlash 2 yil, 4 yoshdan 6 yoshgacha, Albert va Britan Kolumbiyasida 1 yil. O‘quv yili sentabrning birinchi haftasidan boshlanadi va iyunning oxirgi haftasida tugaydi. Kanada maktablarida ta’limning o‘rtacha davomiyligi 12 yilni tashkil qiladi. 6-7 yoshdan bolalar boshlang‘ich maktabga qatnay boshlaydi va unda 6 yil tahsil olishadi. Manitob va Ontario boshlang‘ich maktablarida o‘qish boshqa provinsiyalardan ko‘ra 2 yil ko‘p davom etadi. 12 yoshdan bolalar o‘rta maktabga o‘tishadi va 16-18 yoshgacha o‘qishadi.
Belgiyada maktabgacha ta’lim (MT) 2,5 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi. 2,5 yoshga yetganda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga berishadi, shu sababli guruhdagi bolalar soni yil davomida o‘zgarib boradi. Maktabgacha ta’lim guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim majburiy ta’lim dasturiga kiritilmagan bo‘lsada, Belgiyada taxminan 90% gacha bo‘lgan bolalar unga qatnashadi. Ko‘p hollarda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich maktablarga uyg‘unlashgan bo‘ladi. Bolalar 6 yoshga yetganda boshlang‘ich maktabning birinchi sinfiga o‘qishga kiradi.
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish va hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish 5 yil bo‘lib, uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
- Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha: bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; 28 - 8 - sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar); - 9 - 12 - sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir. AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin. Amerikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil).
Xulosa o’rnida aytish mumkinki implentatsiya jarayonida xalqaro huquq normalarini milliy qonunlar va qonun osti hujjatlariga aylantirish orqali ichki darajada xalqaro majburiyatlarni amalda bajarish tizimli ravishda qator davlatlarga amalga oshiriladi.Bunda bir qator davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar avtomatik ravishda milliy qonunchilikning bir qismiga aylanmoqda. Bularni bari ta’lim jarayonini isloh qilishda xalqaro tajribalarni almashishda va o’zaro davlat kesimida moslashtirgan holda amaliyotda qo’llashga keng sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |