“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”



Yüklə 312,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix11.10.2023
ölçüsü312,86 Kb.
#153628
  1   2   3   4   5   6


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI 
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI 
“MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI 
“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va 
rahbarning tashkilotchilik madaniyati”
fanidan 
Himoyaga tavsiya etaman 
Fakultet dekani 
___________ Ikromov N.M. 
“____” ________ 
KURS ISHI 
MAVZU: 

 Ilk qadam” o’quv dasturida ta'lim-tarbiya 
jarayoni rejalashtirilishi

 
Talaba: 4-kurs 
“401”
guruh talabasi 
Boysariyeva Zebiniso 
Ilmiy rahbar: 
Shayzakova Nigora
Himoyaga tavsiya etildi 
“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi 
mudiri Norbosheva M.O. __________ 
“______” ___________ 
ТЕРМИЗ-2020 


MUNDARIJA 
I.Kirish 
II.Asosiy qism 
1. 
Bilimlar, ko’nikma, malakalar dasturining 
yaratilish tarixi. 
 2. “Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning 
ahamiyati. 
3. “Ilk qadam” dasturi asosida Pedagogik jarayonni 
rejalashtirish vazifalari
4. “Ilk qadam” dasturi orqali Ta`lim- tarbiya 
ishlarini rejalashtirish mazmuni. 
III.Xulosa va tavsiyalar 
IV.Adabiyotlar ro’yxati 
V. Ilovalar
 
 


KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv
dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni 
rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-
huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va 
vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab 
berilgan3, O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha 
maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar)
ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi 
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida: 
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;maktabgacha ta'lim sohasida xizmat 
ko'rsatuvchi 
nodavlat 
muassasalari;maktabgacha 
guruhlarga 
ega 
bo'lgan 
«Mehribonlik» bolalar uylari;maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat
qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur. 
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM davlat o'quv
dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. 
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat 
hisoblanadi. 
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. 
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv 
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim muassasasining ishchi o'quv dasturi 
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi 
qonunchilik tartibida tasdiqlanadi. 
Haqiqatan ham, ta’lim islohotlari insonning muayyan darajada intellektual 
salohiyatining yuzaga chiqishiga, uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga katta 


yordam berdi. 
Buni biz birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh 
muharririning savollariga bergan javobidan ham anglashimiz mumkin: 
«Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsning 
shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat,
iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash 
imkoniga ega bo‘lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat 
hayotining bosh mezoniga aylanadi. SHunda odam... - o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z 
mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli tarzda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib 
yashaydi»
1


Yüklə 312,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin