Образование и инновационные исследования (2022 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
117
http://interscience.uz
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR AQLIY
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK
O’YINLARNING AHAMIYATI
DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2022.11.14.013
Qodirova Nigora Farhodovna,
Navoiy viloyati MTT rahbari
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy
faoliyatini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning o‘ziga xos
jihatlari keltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan
mashg‘ulotlar jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish imkoniyatlari va
texxnologiyasi ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: maktabagacha ta’lim, didaktik o‘yin, maktabgacha yosh,
aqliy faoliyat, texnologiya.
Ta’lim — bolalarga ko’nikma va malakalar berishining, bu bilim, ko’nikma
va malakalarni
bolalar uqib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab
olishining rejali jarayonidir. Ta’lim jarayoni — bolalar хotirasining boyishi,
ular nutq va tafakkurining o’sish jarayonidir; turli xil metod va usullar
yordamida sodir bo’ladigan jarayondir.
O’yin — bolalarning ongi, qalbiga
singib ketgan faoliyatdir, ularning
bu faoliyati, o’yin turlariga qarab, ob’yektiv voqelikni,
hayotni muayyan
darajada o’zida aks ettiradi.
O’yin guruhda o’tilgan o’quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va
mustahkamlanishidir.
O’quv faoliyati ham, biluv faoliyati ham bitta ijtimoiy institutga —
ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga daxldor. Bu faoliyat turlarining har ikkalasi
ham tarkiban maqsad, motiv, vosita, natijaga ega. Ammo shularga qaramasdan
ularning o’zaro farqlari ham mavjud.
Agar o’quv faoliyati bilim, ko’nikma, malakaga yo’nalgan bo’lsa,
biluv faoliyati bilim, ko’nikma, malaka bilan birga ijodiy faoliyat tajribasi,
munosabatlarni ham shakllantirishga yo’nalgan. Binobarin, dastlabki farqni
o’rganiladigan hodisalar mazmunida, biluv faoliyatining mazmun jihatidan
boy va kengligida ko’ramiz.
1-farq. O’quv faoliyatida o’zlashtirish reproduktiv harakterda bo’ladi.
Bola pedagog aytgan topshiriqlarni ijro etadi, o’qituvchi va o’rtoqlarining
faoliyatiga ergashadi, o’zgalar faoliyatini takrorlaydi. Biluv faoliyatida
o’zlashtirish produktiv harakterda amalga oshadi.
Tarbiyalanuvchilar
pedagog bilan hamkorlikda o’z oldiga topshiriqlar qo’yadi, qo’yilgan
muammolarni mustaqil bajaradi. Demak, bu ikki faoliyat turining yana bir
farqi bolalar faoliyatining amal qilish xarakteri bilan izohlanadi.
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 1)
ISSN 2181-1709 (P)
118
Education and innovative research 2022 y. №1
3-farq. O’quv faoliyatida bola ta’limning obhekti, biluv faoliyatida esa
ta’limning subhekti rollarida ishtirok etadi. Ikkinchi holatda ta’limda ishtirok
etish o’quvchi shaxsini ta’lim jarayoni markaziga aylantiradi. Ta’limning
ob’yekti yoki subyekti funksiyalarida ishtirok etish bu ikki xil faoliyatning
navbatdagi farqidir.
4-farq. O’quv faoliyati va biluv faoliyati o’rtasidagi yana bir farqni
ularda bolalar mustaqilligining har xil darajada ekanligida ko’ramiz. Biluv
faoliyatida bolalar mustaqilligi eng yuo’ori darajada bo’ladi. Hozircha
yuo’oridagi farqlarni nazarda tutib o’quv faoliyati va biluv faoliyatiga
alo’ida-alo’ida tavsif berishga o’tamiz.
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin
kichik yoshdagi bolalarning
zarur hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o’yin — ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan
ta’limiy maqsadga erishuvga, ya’ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga,
mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir
didaktik o’yinni o’tkazishda
muayyan maqsad, masalan, biror harakatni,
biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash
vazifa qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o’yiniga qo’yiladigan didaktik
topshiriq bolalarning oldingi mashg’ulotlarda tanishgan 5
soni haqidagi
tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. «Doiraviy misollar» o’yinida
esa ikinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat
bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Keyingi yillarda mazkur muammoni o’rganish bo’yicha didaktika
sohasida qator umumlashtirish harakteridagi keng qamrovli izlanishlar
amalga oshirildi. Shunday izlanishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov,
B.Adizov, R.Asadova, R.Ibragimov, H.Nazarova, G.Najmiddinova kabi
olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand bu izlanishlarda o’quv-
biluv faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo’lsa-da, ularda didaktik o’yinlar
vositasida o’quv-biluv faoliyatini takomillashtirishga qisman to’xtalingan.
Didaktik topshiriq mashg’ulotga qo’yiladigan umumiy maqsadning bir
qismini tashkil qiladi.
Har bir didaktik o’yinning ham har qanday o’yindagi singari qoidalari
bo’ladi. o’sha qoidalarga amal qilinmasa, o’yinning o’yin
sifatidagi
ahamiyati, binobarin, o’yinning ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati
yo’qoladi. o’yinqoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. o’yin topshirig’i—
tarbiyachining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olib chiqqan
hisoblanishini va hokazolarni tushuntirish tarzida beradigan topshiriqidir.
Didaktik o’yinlar ta’lim jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalash va
kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin paytida bolaning ijobiy
ish faoliyatini kuchaytiradi, ihtiyoriy diqqatini, hotirasini takomillashtiradi.
O’yinda bolalar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni, mashqlarni