Ma’lum vaqt oralig‘ida buzilmay ishlash ehtimolligi (bie) -r(t)



Yüklə 6,82 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü6,82 Kb.
#188767
ham

Farg’ona Politehnika Instituti KLT fakulteti E va A 62-20-guruh talabasi Rahmatov Abdulhamidning Elektron qurilmalarni sinash usullari va vositalari fanidan mustaqil ishi

Mavzu:Elektron qurimalarni ishonchlilik ko’rsatkichlari. Reja 1. Elektron qurimalarni ishonchlilik ko’rsatkichlari haqida malumot. 2. Elektron qurimalarni ishonchlilik ko’rsatkichlari turlari.


Ishonchlilik ko‘rsatkichlari bitta yoki bir nechta xususiyatlar tavsiflari bilan aniqlanadi va ular tizimning ishonchliligini tashkil etadi. Tizim va elementlarning buzilishi yoki vaqtincha uzilishi tasodifiy hodisa hisoblanadi. Shu sababli ishonchlilikni tadqiqot qilishda ehtimollik nazariyasi va matematik statistikadan asosiy vosita sifatida foydalaniladi. Bundan kelib chiqadiki, ishonchlilik ko‘rsatkichlari, bu ehtimollik ko‘rsatkichlari demakdir. Ko‘proq qo‘llaniladigan tavsiflar qatoriga quyidagilar kiradi.
  • ma’lum vaqt oralig‘ida buzilmay ishlash ehtimolligi (BIE) -R(t);
  • birinchi buzilishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash vaqti-To‘r.;

  •  buzilishgacha ishlashi-to‘r.; 14
     buzilish chastotasi-a(t);
     buzilish intensivligi-(t);
     buzilish oqimining ko‘rsatkichlari-w(t);
  • tayyorlik funktsiyasi-Kt (t); 
  • tayyorlik koeffitsienti- Kt; 
  • operativ tayyorlik koeffitsienti- Kot;

  •  ishlamay turib qolish koeffitsienti- Kit.
    .

Ishonchlilikning sonli tavsiflarini tanlash ob’yektining turiga bog‘liqtiklanadigan yoki tiklanmaydigan. Tiklanuvchi ob’yektlar (EQ, ularning qism tizimlari, elementlar) deb o‘z vazifasini bajarish jarayonida ta’mirlashni imkoniga ega bo‘lgan ob’yektlarga aytiladi. . Agar ob’yektda buzilish sodir bo‘lsa, bunday ob’yektlar buzilish bartaraf etilguncha bo‘lgan davrgagina ishlashni to‘xtatib turadi. Bunday mahsulotlarga EHM, televizor, avtomobil va boshqalar kiradi. Tiklanmaydigan ob’yektlarda esa, o‘z vazifasini bajarish vaqtida ta’mirlash ishlarini olib borishi mumkin emas. Agar bunday ob’yektlarda buzilish sodir bo‘lsa, ularda bajarilayotgan amal to‘xtaydi. Lekin ob’yektdagi buzilishni bartaraf etish imkoni bo‘lsa, bajarilayotgan amalni qaytadan boshlashga to‘g‘ri keladi.
Bunday ob’yektlarga bir marotaba ishlatiladigan (raketalar, boshqariladigan snaryadlar, yerning sun’iy yo‘ldoshlari) kiradi, bundan tashqari ko‘p marta foydalaniladigan ob’yektlar (havo xavfsizligini ta’minlovchi tizimlar, havodagi harakatni boshqarish tizimlari va boshqalar) kiradi.Buzilmay ishlash ehtimolligi P(t)-tiklanmaydigan ob’yektning t vaqti mobaynida buzilishgacha bo‘lgan ishlashining ehtimolligini bildiradi (buzilishgacha ishlash vaqti kalendar vaqt sifatida ifodalanishi, ishlash siklining soni sifatida ifodalanishi mumkin). Ko‘rsatkichlar quyidagi xususiyatlarga ega
  • P(0)=1-(ob’yekt ishlashni boshlashdan oldin ishga layoqatli deb qaraladi); 15 lim P(t)=0-(ob’yekt cheksiz uzoq vaqt mobaynida o‘zining ishlash t qobiliyatini saqlay olmaydi deb qaraladi).
  • 2. d P(t)/dt0-(ob’yekt buzilishdan so‘ng o‘zidan-o‘zi tiklanmaydi deb qaraladi. Tiklanadigan ob’yektlar uchun xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan bu ko‘rsatkichdan foydalanilmaydi). t -ushbu vaqt mobaynida buzilmay ishlash ehtimolligi aniqlanadi.

Buzilmay ishlash ehtimoligi (BIE) buzilishlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi ifodalar orqali baholanadi: 0 n(t))/N0 P(T  (N - bunda N0-sinash boshlanishidan oldingi ob’yektlar soni; n (t)-t vaqt mobaynida buzilgan ob’yektlar soni; P (t)-BIE ligini statistik bahosi. Amalda qulay tavsif buzilish ehtimolligi hisoblanadi. Buzilish ehtimolligi Q (t)-tasodifiy buzilishgacha bo‘lgan vaqt, berilgan t vaqtdan kichiklik ehtimoli. Buzilish va buzilmay ishlash o‘zaro mos kelmaydigan va o‘zaro teskari hodisa, shu sababli Q (t)=1-P (t) (BIE ligi birgacha Q (t)=1-P (t) buzilish ehtimolligi deyiladi), statistik buzilish ehtimoligi 0 Q(T)  n(1)/ N ga teng. Q (t)-funktsiyasi vaqtni taqsimlash funktsiyasi bo‘lib, F (t) ga mos keladi. Q (t) = F (t) ft (x) dx 0  Т . f t (x)-buzilishgacha bo‘lgan taqsimlanish vaqtining zichlik funktsiyasi. Unda ishonchlilik ko‘rsatkichi:
Q (t) = 1- Q (t) = 1- ft (x) dx = 1- ft (x) dx 0 0   Т  bo‘ladi.
Ishonchlilik ko‘rsatkichi sifatida funktsional bog‘liqlik P(t) dan foydalanish noqulay. Shu sababli odatda texnik shartlarda (TSH) alohida P (t) funktsiyasining t qiymatlardagi koordinatalari (bitta yoki ikkita) beriladi. Ular me’yoriy qatordan tanlanadi t =100, 500, 1000, 2000, 5000, 10000. 16 Buzilish chastotasi-taqsimlanish vaqtining zichligini buzilmay ishlashini yoki buzilmay ishlash ehtimoligining darajasini ko‘rsatadi
Ikkinchi (II) qism t1-t2. Bu qismda buzilish intensivligi me’yoriy ishlashda doimiy qiymatga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Bu qismning davomiyligi mingga mos keladi va ming soatga bo‘linadi. Uchinchi (III) qismda t2-∞ elementlarning uzoq muddat ishlashi (qarishi) hisobiga buzilish intensivligi oshib boradi. Apparatlar t2 vaqtga yetib borsa ularni ishlatishdan olib tashlab yuborish mumkin. Buzilishgacha ishlashning o‘rtacha vaqti (buzilmay ishlashning o‘rtacha (vaqti)-ob’yektni birinchi buzilishgacha bo‘lgan ishlashning matematik ifodasi hisoblanadi.
Yüklə 6,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin