1
Mavzu : Yomon tashkil qilingan tizimlar
1. Sodda va murakkab tizimlar
2. Ochiq va yopiq tizimlar
3. Yomon tashkillashtirilgan tizimlar
4. Yaxshi tashkillashgan tizimlar
5. Foydalanilgan adabiyotlar
2
Sodda va murakkab tizimlar
Lyudvig fon Bertalanfi (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi
bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga
muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib
chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha,
murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi.
Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib
ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.
Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam
maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan
belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar
to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi.
Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”.
Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga
intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.
Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni
tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma
orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar,
talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad
dasturlangan”.
Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi:
sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Sub’ekt deb ob’ektning
iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt
desa bo‘ladi.
Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan
jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan
bo‘lishi mumkin. Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va
uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi.
3
Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq
tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.
Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf
keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami.
Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat
qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari
majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar
orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha
organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakati organlari.
Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida
bildirilgan tanqidiy munosabati. Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan
naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi,
ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi.
Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus
belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida
qo‘llanadigan til. Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi
mumkin.Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal
hususiyatlardan iborat bo‘ladi:
1. ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi)
2. elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi
3. ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati
mavjud).
Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim
tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi
ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi.
Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta
elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil
emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan
4
ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim
hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga
sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir.
Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir
biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib
qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi
ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan
bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb
nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida
uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi
elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi.
Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari –
quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi.
Masalan, universitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng yuqori
pog‘onada tursa, prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada
turishadi va xok.
Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intilgan
bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim
avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga
intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim.
Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki
gomeostazis hususiyati mavjud bo‘ladi.
Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda
yoki muvozanatga tortuvchi kuch yordamida boshqarilishi mumkin. Avtomatik
tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika1
tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.
5
Sodda tizim
Murakkab tizim
Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi
quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati
yo‘q yoki munosabatlarni tartibga
soluvchi hususiyati yo‘q
Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi
tizimi yoki gomeostazis hususiyati yoki
munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati
mavjud
Maqsadga intilmaydi
Maqsadga intiladi
Sub’ekt
tizimni
bevosita
harakatga keltiradi
Tizim o‘zi harakatga keladi va sub’ekt uning
ishlashiga dastlabki impuls beradi, hamda
uning harakatiga bilvosita ta’sir qiladi
Misollar: agar sub’ekt ajralgan bo‘lsa va
xarakatlanayotgan dinamik tizim ob’ekt
sifatida o‘rganilsa, u holda velosiped,
avtomobil, samolyot – sodda tizimlar,
chunki ular xaydovchisiz xarakatga
kelishmaydi.
Ya’ni o‘rganish ob’ekti va predmetiga
ko‘ra, tizim sodda yoki murakkab
bo‘lishi ham mumkin.
Misollar: agar sub’ekt ajralmagan bo‘lsa va
xarakatlanayotgan tizim o‘rganilsa, u holda
velosiped, avtomobil, samolyot – murakkab
tizimlar.
Boshqa misollar: velosiped, avtomobil yoki
samolyotda o‘rnatilgan GPS navigatori;
robot; mexanik yoki kvarsli soat; Quyosh
tizimi; korxona; o‘simlik; universitet;
jamiyat; jinoyat bilan kurashish tizimi;
Konstitutsiya; Mehnat Kodeksi; jinoyat
qonunchiligi.
Muvozanatga intiluvchi tizimlar fizika, astronomiya, iqtisodiyotda va xok.
sohalarda uchraydi. Keyinchalik biz qaror qabul qiluvchi quyi tizimga ega bo‘lgan,
hamda muvozanatga intiluvchi murakkab tizimlarni ko‘rib chiqamiz.
Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi
muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi.
Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda
ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.Lyudvig fon Bertalanfi2 (1901–1972)
6
murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning
umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar
hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan
yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq
ekanligini ko‘rsatib bera oldi.
Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi.
Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy
va moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi.
Universitetdan tashqi muhitga axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar
chiqib ketadi. Yopiq tizim tashqi muhit bilan nisbatan kamroq axborot, energiya,
resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, xalqaro savdo va xalqaro
moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega bo‘ladi.
Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz bo‘ladi.
Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik tizimda kuzatilishi
mumkin.
Masalan, vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari
eksponensial o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga
doimo tengligi saqlanib borsa, u holda bozordagi talab va taklif xajmlarining
dinamik muvozanati haqida gapirsa bo‘ladi. Agar vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida
talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning
xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, bunday dinamik muvozanat –
statsionar muvozanat deb, bunday dinamik tizim esa – statsionar tizim deb ataladi.
Statsionar tizimda muvozanat bo‘lishi shart emas, ammo uning xarakati shakli bir-
hil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |