Mantiqiy savollar.
1dan 50 gacha bo’lgan sonlar orasida nechta 4 raqami ishtrok etgan.(15 marta 4,14,24,34,40,41,42,43,44,45,46,47,48,49,)
2.Bu narsa insonga 2 marta beriladi 3- martasida sotib olishadi
(TISH)
3.Dengiz ham emas yer ham emas unda kema ham suzmaydi odam ham yurmaydi. (BOTQOQLIK)
4.U dunyoda 3096 ta har yili ularni 14 tasi yuqolib bormoqda (Til)
5. Amir Temur jang payti ularning o'rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o'rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta'rif berganlar ( Tabiblar)
6. Eng xotirasi past bo'lgan kulrang olmaxonlar o'rmondagi daraxtlar ko'payishiga xis qo'shar ekan. Savol: Ular qanday qilib daraxtlar ko'payishiga yordam beradi?
Savolning javobi(Ular daraxt mevalarini yer tagiga ko'mib qo'yishadi va qayerga ko'mganliklarini eslay olishmaydi. Mevalar urug'lab ulardan nihollar o'sib chiqa boshlaydi.)
7. Shunday bir tuyg'u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin. Savol: bu qaysi tuyg'u? Javob ( Qo’rquv)
8. savol: U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to'g'ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima? Savolning javobi(Vaqt)
9. Qaysi qushning ko'zlari miyasidan kattaroq bo'ladi?
Savolning javobi( Tuyaqush)
10. Ularda reja bor, ish bor, g'ayrat bor,
Ular hordiq kun qilmaslar talab.
Dushanba boshlari og'rimas nahot?
Kechikib kelmaslar ishga ertalab! Bu sherning mualifi kim
Javob(Erkin Vohidov)
11. Tayland qonunlariga ko'ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o'ziga xos ma'noga ega. Savol: nima uchun bunday qonun chiqarilgan?
Savolning javobi(Chunki, bu davlat pul birliklarida Tayland qiroli aks ettirilgan va uni bosish hurmatsizlik belgisi sifatida qaralgan)
12. Yer yuzida shunday tarjimon borki, u xohlagan tilda gapiring, u gapingizni tarjima qilib tilingizda javob qaytara oladi. Mantiqiy o'ylab ko'ring, qanday tarjimon so'ralmoqda?
Savolning javobi(Aks sado)
13. Bir vaqtning o'zida 2 uy yonmoqda, biri badavlat kishiniki, ikkinchisi kambag'al kishiniki. Qaysi uyni politsiya birinchi bo'lib o'chirishga shoshiladi?
Savolning javobi.(Politsiya o’t o’chirmaydi)
14.Savol 8 ta sakiz sonini yozib orasida (+) ishorasini qo’yib 1000 sonini hosil qiling.
(888+88+8+8+8)
15.Inson o’zi yashayotgan joydan joydan 90 km uzuqlashsa u nima hisoblanadi.
(Musofir)
16.Bo’ri o’lgan qo’yni qanday yeydi.
(Bo’ri o’lgan)
17.Bu harf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida bir xil yozilishi bilan record o’rnatgan savol bu qaysi harf. Javob (O) harfi.
18.Tijoratda raqobatga qarshi 3 ta qudratli qurol bor 1-sifat 2-narx savol uchinchisi nima.javob(Reklama)
19.Ikkita harifli 3 ta hayvon bor savol bu hayvonlar qaysilar.
Javob:( It,Ot, Ke,)mushuksimonlar oilasida savanna o’rmonlarida yashaydi.
20.Alisher Navoiy Amur Temurga qaysi tilga xat yozgan.
Javob(Ular boshqa asrlarda yashaganlar)
21.Dunyoda zil zila bo’lish xafini hamma narsadan oldin biluvchi jonzod savol bu qaysi jonzod. (Ilon)
22. Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?
Javob( shaxmatchi)
23. Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Javob ( Begoning bog’i)
24. Bu ishni sherlar ovdan oldin qilishar ekan. Inson esa miya haroratini normallashtirish uchun qiladi.
Savol Qaysi ishni?
Javob: Esnash
25. 50 million insonni qamrab olish uchun radioga 38 yil, televideniyaga esa 13 yil vaqt kerak bo‘lgan.
Savol: Nima bu ishni 4 yilda uddalagan?
Javob: Internet
Dostları ilə paylaş: |