MAQBUL QISHLOQ XO‘JALIK AMALIYOTI
Axmatov B.R., TerDU katta o`qituvchisi, Ashurova T.T., TerDU
talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada O‘zbekistonda GLOBALG.A.P. xalqaro standarti talablari
asosida ilk bor maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti bo‘yicha (G.A.P. – Good
Agricultural Practice) davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlanganligi hamda
natijas mahalliy kompaniyalar jahon bozoriga chiqish uchun GLOBALG.A.P.
xalqaro sertifikatini qo`llash imkoniyatlari yaratilganligi haqida ma`lumot
keltirilgan.
O‘zbekistonda GLOBALG.A.P. xalqaro standarti talablari asosida ilk bor
maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti bo‘yicha (G.A.P. – Good Agricultural
Practice) davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Buning natijasida,
mahalliy kompaniyalar jahon bozoriga chiqish uchun GLOBALG.A.P. xalqaro
sertifikatini qisqaroq muddatda va arzonroq qiymatda olishlari mumkin.
GLOBALG.A.P. – bu yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
havfsizligini hamda ishlab chiqarish texnologik zanjirining zamonaviy sifat va
texnika talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan e’tirof etilgan xalqaro
standartlar tizimidir. Hozirgi vaqtda GLOBALG.A.P. tizimida dunyoning 124
mamlakatidan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari
sertifikatlanganlar, sertifikatga ega xo‘jaliklar soni 180 mingdan ortiq bo‘lib,
ularning 75% o‘simlikshunoslik mahsulotlari (sabzavot va mevalar)ga to‘g‘ri
keladi.
Jahon bozoriga chiqish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchilari mahsulotlari havfsiz sharoitda va ekologik talablar hisobga
olingan holda yetishtirilganligiga kafolat berishlari kerak. Ular kimyoviy
moddalarni qo‘llash me’yorlariga amal qilishlari hamda tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishlari, shuningdek, ishchilari va atrof-muhitga g‘amxo‘r
munosabatda bo‘lishlari zarur.
Ko‘plab xorijiy kompaniyalar uchun GLOBALG.A.P. sertifikatining
mavjudligi - agromahsulot bilan savdo qilishning muhim shartlaridan biridir.
Xalqaro chakana savdo tarmoqlari va supermarketlar, sifati xalqaro standartlar
tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni xarid qilishga qiziqish bildirishadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bozorlarida kuzatilayotgan keskin
raqobat sharoitida GLOBALG.A.P. sertifikatining mavjudiligi, yetishtirilgan
mahsulot barcha sifat talablariga mos kelishini tasdiqlaydi, bu o‘z navbatida
iste’molchilarning sodiqligini ortishi hamda savdolar o‘sishiga xizmat qiladi.
GLOBALG.A.P. tizimini joriy etgan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti
uchun oshkoralik va mas’uliyatni namoyish etadi va bu sho‘hrat ortishiga
yordam berib, mahsulotning sotilish hajmini oshiradi.
Avvallari mahalliy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari
o‘z tovarlarini GLOBALG.A.P. standarti bo‘yicha sertifikatlash uchun xorijiy
kompaniyalarga murojaat qilishga majbur bo‘lar edilar. Bugungi kunda esa
GLOBALG.A.P. talablari asosida maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti davlat
standarti tasdiqlanishi tufayli mahalliy sertifikatlash organlari ham bu amaliyotni
bajarishlari mumkin. Mazkur yangilik sertifikat olishga ketadigan moliyaviy
harajatlar va vaqtni qisqartirib, ishlab chiqaruvchilar uchun to‘lovni milliy
valyutada amalga oshirishlariga imkon beradi.
GLOBALG.A.P. standartiga muvofiq bo‘lish fermerlar uchun chet el
bozorlariga chiqishni osonlashtirib, daromadni oshirish imkoniyatini beradi.
Iste’molchilar sifatli va havfsiz agromahsulotni xarid qilishlari mumkin bo‘lsa,
agrokompaniyalarning xodimlari esa munosib mehnat sharoitlari bilan
ta’minlanadilar. Bundan tashqari, GLOBALG.A.P. standarti qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilaridan o‘z faoliyatlarida ekologik yondashuvni
hamda atrof-muhitga nisbatan g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
GLOBALG.A.P. xalqaro standartining meva-sabzavot mahsulotlarini
sertifikatlashdagi asosiy talablari agrofirma va fermer xo`jaliklari yetishtirgan
mahsulotlarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi
hamda eksport qiluvchilarning meva-sabzavot mahsulotlarini istiqbolli xalqaro
bozorlarga olib chiqish shart-sharoitlarini yengillashtirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.Botirova D., Nuritdinov K., GLOBALG.A.P. xalqaro standarti: meva va
sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni sertifikatlash uchun asosiy talablar.
Amaliy qo`llanma. – Toshkent: Baktria press, 2017. - 32 b.
2.www.globalgap.org,
www.uz.undp.org
Dostları ilə paylaş: |