Mavzuni asoslash: Qonda glyukozani miqdoriy jihatdan tahlil qilish biokimyoviy izlanishlar samarasini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Talabalarni miqdoriy tahlil vazifalari, qoidalari va usullari bilan tanishtirish, bu usullar kelgusida biologik suyuqliklarni tahlil qilishni o`rganishga asos yaratadi.
Mashg’ulotni jihozlash: spirt, paxta, mahsus test tayoqchalar, skarifikator, glyukometr asbobi.
Bajariladigan ish tartibi: Qonda glyukoza miqdorini aniqlash uchun dastlab qo`l yaxshilab yuviladi va artiladi. So`ng skarifikator idishi qopqog’i ochiladi undan skarifikator olinib lantsetga mustahkam o`rnatiladi va skarifikator ignasini teshish chuqurligi belgilanadi. SHundan keyin qon olish joyi (qo`ldan yoki tananing boshqa joyidan) belgilanadi. Skarifikator sanchilganda chiqayotgan qon pipetka bilan olinib glyukometr test qog’ozi bo`lakchalariga tomiziladi. Test bo`lakchalari to`liq to`yingandan so`ng glyukometr avtomatik ravishda ishga tushadi va hisoblashni boshlaydi. 7 sekunddan keyin aniq natija ko`riladi.Hisoblash qachon 0 ga yaqinlashganda glyukometr displeyida qon analizi natijasi paydo bo`ladi. Natija qurilish xotirasida avtomatik saqlanadi.
Analiz natijasidan keyin avtomatik chiqarib olish tugmasini bosib test qog’ozi bo`lakchalari chiqariladi.