Maqsad: Ta’limiy: O’quvchilarni og’zaki hisoblash qobilyatlarini rivojlantirish. Tarbiyaviy



Yüklə 37,67 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü37,67 Kb.
#192513
2 - sinf matematika dars ishlanma


Mavzu: 1 va 0 ishtirokida ko’paytirish va bo’lish


Maqsad:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarni og’zaki hisoblash qobilyatlarini rivojlantirish.

  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarga jamoat joylarida o’zini tutish odobini masalalar yechish orqali tushntirish.

  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning bilim va tafakkuralarini o’stirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Fanga oid kompetensiyalar : o’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish , mavzuga doir tegishli misollar keltira olish ; o’rganilgan matematik tushunchalarni kundalik vaziyatlarda qo’llay olish .
Tayanch kompetensiyalar :
Kommunikativ kompetensiya --- so’z va gaplarni bog’lagan o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish .
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi : misol va masalalar yechimiga yaqinlashishdarajasini baholay olish , zarur holatlarda o’z faoliyatini baholay olish .
Dars turi : Yangi bilim beruvchi dars
Dars uslubi: Amaliy bajarish , izlanuvchanlik , musobaqa suhbat, topqirlik, o’rgat-o’rgan,savol –javob ,tushuntirish ,mustaqil ish .
Dars jihozlari: Darslik , qoidalar bo’yicha ko’rgazmalar , buyuk allomalar rasmlari rasmlari , boshqotirma,multimedia ilova.



Intizom







Ishning nomi

Bajarilgan ish mazmuni

Metod

Vaqti

1 – bosqich
Tashkiliy qism

O’quvchilar davomatini aniqlash . Sinfning va o’quvchilarning dasrga tayoorgarligini tekshirish

,,Tez javob didaktik o’yini

2 daqiqa

2 – bosqich
Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)

Dars maqsadlari bilan tanishtirish.Dars shiori bilan tanishtirish Dars davomida rioya qilinishilozim bo’lgan qoidalar bilan tanishtirish .

suhbat

3 daqiqa

3- bosqish
Darsning borishi

1.O’tilgan darsga oid bilimlarni so’rash va uy vazifasini tekshirish .
2.Kichik guruhlarda ishlash .
3.Yangi mavzuni tushuntirish
4.Misol va masalar yechish
5.Dam olish daqiqasi

6.Misol va masalalar yechish



Savol – javob .Izlanish
Topqirlik
Tushuntirish
Izlanish
Tinglab aytadilar
Izlanish

5 daqiqa

4 daqiqa
10 daqiqa


6 daqiqa
2 daqiqa

4 daqiqa




4- bosqich
Mustahkamlash

Tarqatma materiallar yozilgan misollarni yechish

Izlanish

4 daqiqa

5- bosqich
Dars yakuni va baholash

O’quvchilarning darsdagi ishtirokiga qarab rag’batlantirish va baholash

Baholash

3 daqiqa

6- bosqich
Uyga vazifani tushuntirish

6- masala va 7 – misolni bajarishini tushuntirish



Tushuntirish



2 daqiqa


1.Tashkiliy qism
O’qituvchi sinfga kirib o’quvchilar bilan salomlashishi bilan sinfda dars shiori yangraydi .
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
Orlanuib so’ramag o’ziga zolim
Navbatchi hisobotii tinglash
Sinfda men navbatchi
Tayyor barcha o’quvchi
Xonamiz ham ozoda
Topshirdim men Xonzoda
Darsni boshlashdan avval siyosiy bilimlarni mustahkamlash .
Davlatimiz tomonidan biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart –sharoitlar o’quvchilar aytadilar doskada elektron variantda slaydda gul barglari to’ldiriladi
DTS talablari esga olindi , o’tilgan mavzuni mustahkamlashdan oldin o’quvchilarni uch guruhga bo’lish
1 guruh - Bilimdon
2-guruh - Zukko
3-guruh - Topqirlik
har bir o’quvchilarga yoproq tarqatildi . Ular har bir javobga bittadan yaproqlarni ilib boradilar .
Dars so’ngida ilingan yaproqlar soniga qarab g’olib guruh aniqlab baholanadi
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash
O’tilgan mavzu : O’tilganlari mustahkamlash
Har bir qatorda tarqatma materiallar beriladi . Undagi tenglamlarni har bir guruh tez va to’g’ri bajarib o’z archasini ekadi . Qaysi guruh g’olib bo’ladi.
3.Yangi mavzu bayoni
1 va 0 ishtirokida ko’paytirish va bo’lish sinfda ikki o’quvchi biri 0 biri 1
O’quvchi-1 Men juda kerakli sonman chunki men bilan
boshlanadi har bir sanoq.
O’quvchi-0 Yo’q –yo’q men kerakli son mendan
boshlanadi har bir ish.
O’qituvchi : Har bir sonni o’rni o’zgacha . Keling tortishmaylikda misollar bajaraylik shunda aniqlaymiz.
1 –misol ekranda namoyish etiladi .
1*a=1 1*7=7 1*4=4
1 har qanday songa ko’paytirilsa yo bo’linsa shu sonni o’zi chiqadi
0*a=a 0*4=0 0*7=0
0 ni har qanday songa ko’paytirilsa,0 hosil bo’ladi.











2-misollarni guruhlar bajarishib yaproqlarini iladilar
5*1 64*0 24*(32-31)
13*1 57*0 45*(18-18)
26*1 29*0 53*(19-19)
3-masala. O’quvchilar mustaqil masala tuzadilar raqib kamanda masalani javobini topadi va o’z yaproqlarini iladilar .
4.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “o’rgat – o’rgan” qo’llaymiz .
Har bir faol o’quvchilar o’zlariga biriktirilgan o’quvchilarni dars davomida yozgan misollarini tekshirib ular uchun tayyorlab kelgan testlarini bajartirib tekshiradilar . Yig’ilgan yaproqlarga qo’shadilar.
5. Darsni yakunlashda har bir o’quvchi 0 va 1 ga o’z fikrini aytib har bir raqam ya’ni sonni o’z o’rni borligini aytadilar . 0 va 1 o’qituvchi har bir guruhni archalarini sanab g’olib guruh va o’quchilarni aniqlab baholarini qo’yib beradilar.
6. Uyga vazifa 6-masala va 7-misollarni bajarish tartibini tushuntiradi
Yüklə 37,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin