Maqsadga yetishish uchun nima qilinadi



Yüklə 26 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü26 Kb.
#114406
Maqsadga yetishish uchun nima qilinadi


Maqsadga yetishish uchun nima qilinadi? Niyat va harakat - bu parvoz qilishdir Bir qayiqchining kichik qayig’i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo’lib, ulardan birida “niyat” deb yozilgan ekan. Ikkinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan ekan. Qayiqqa mingan odamlar bu yozuvlarni sababini so’rasa, qayiqchi shunday javob berar ekan: Agar men faqat “niyat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi. Agarda faqat “harakat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham qayq bir joyda aylanaveradi. Agar ikkalasini baravar aylantirsam shundagina qayiq manzilga yetadi. Inson ham faqat niyat qilsayu harakat qilmasa u ham bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetmaydi. Maqsadga yetish uchun avval “niyat” va “harakat” bo’lishi kerak. Agar harakat qilsak ammo niyatimiz noaniq bo’lsa, u holda ishimiz maqsadisiz behuda bo’ladi. Boshqacha aytganda “niyat” – bu orzu qilish, umid qilish, ishonish, kuchli istak-xohish. “harakat” – bu ishga kirishish. Ishni boshlash, bajarish. Dinimizda ham bu ikki tushuncha eng muhim hisoblanadi. Shuning uchun avval iymon keltirish so’ng amal qilish haqida gapiriladi. Iymon – bu ishonish, ya’ni qalb bilan niyat qilish Dinimizda aytiladiki Iymonsiz odamning qilgan amali qabul emas. Ya’ni u ham xuddi suv ustida bitta eshkak bilan aylanib qolgan qayiq kabi. Ammo iymon bo’lsayu, amali bo’lmasa u ham xudi bir yerda aylanib qolgan qayiq kabi. Oxirat manziliga etishish uchun ikkalasi bo’lishi lozim. Xullas har kimda ikki qanot bo’lsa maqsadiga yetishi mumkin. Bu ikki qanot: niyat va harakat, boshqacha aytganda, ishonch va amal,
Maqola www.aql.uz saytidan olindi
Manba: http://aql.uz/article_view.php?id=76
Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin