Markaziy Osiyoda Amir Temur va temuriylar davrida fan va uning ravnaqi docx



Yüklə 70,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü70,37 Kb.
#207096
  1   2
Markaziy Osiyoda Amir Temur va temuriylar davrida fan va uning ravnaqi



Markaziy Osiyoda Amir Temur va temuriylar davrida fan va uning
ravnaqi
Reja:
1) Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatining
yuksalishi
2) Temuriylar davrida tarix, matematika, geografiya va tibbiyot taraqqiyoti
3) Mirzo Ulug’bek Akademiyasining ilmiy faoliyati


O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk
ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari, va ulug’ allomalarining mamlakat, qolaversa
jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e’zozlashni o’rniga qo’yadi. Ana shunday
kishilardan biri bu buyuk sohibqiron Amir Temur bo’lib, uning zakovati, mardligi,
jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, ilm-fan homiysi ekanligi, temir irodaviy
xususiyatlari biz yosh avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, Vatanga xizmat qilish
namunasi bo’lib qolishi lozim.
Ulug’ bobomiz Amir Temur ko’hna Shahrisabzga qarashli Xo’jailg’or
qishlog’ida 1336 yil 9-aprel kuni tug’ilgan. Otasi Tarag’ay Bahodir Markaziy
Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo’lgan barlos qavmidan
chiqqan o’rtahol beklardan bo’lib, Chig’atoy xonlaridan bo’lgan Qozonxon (1338-
1346) lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim esa Buxorolik mashhur faqih
Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo’lgan Ubaydulla ibn
Ma’sudning qizi edi.
Tarixchi olim Bo’riboy Ahmedovning ta’kidlashicha o’sha zamonlarda
xonzoda, shahzoda va bekzodalar yoshligidan maxsus ustozlar tomonidan ot
chopish, harbiy ilmlarni o’rganish, ov, saltanat tebratish, ya’ni amaldorlarni tanlash
va o’z o’rniga qo’yish, hukumat ishlarini yuritish, fuqorolarning arz-shikoyatlarini
eshitish va hukm chiqarish kabi bilimlarni o’rganganlar. Bunga «Suluk ul-
mulk»(«Podsholarga qo’llanma»), «Tuzuklar» va boshqa bizgacha yetib kelgan
asarlar guvohlik beradi.
Demak, albatta, Temur ham yoshligidan shu ilmlarni kasb etgan. Tarixiy
kitoblarda Temur 7 yoshidan Qur’onni yod bilgan, 12 yoshida bolalarcha
o’yinlardan orlanadigan, 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va ov qilish
san’atini mohir egallaganligi va 20 yoshida abjir chavondoz bo’lib yetishganligi
ta’kidlanadi.* Amir Temur o’zining keyinchalik qo’lga kiritgan barcha zafarlarini
piru ustozlari Mulla Alibek, Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr
Tayobodiy va Mir Sayyid Baraka nomlari bilan bog’lagan edi.
Sohibqiron Amir Temur tarixan o’sha murakkab vaziyatda XIV asrning 60-
yillarida siyosat maydoniga chiqadi, ya’ni o’zaro feodal tarqoqliq urushlariga


barham berish, mamlakatni mug’ul istibdodidan ozod etish uchun markazlashgan
kuchli davlat tuzish zaruratini birinchilardan bo’lib anglab yetadi. Temurning haq
va adolat yo’lida boshlagan bunday qutlug’ ishining shiori «Rosti-rusti» bo’lib,
uning ma’nosi «Haqguy bo’lsang najot topasan» demakdir. Shu tariqa
Movarounnahrni mug’ul zulmidan ozod qilishni va markazlashgan kuchli davlat
tuzishni o’z oldiga bosh maqsad qilib qo’ygan Temur o’zining barcha faoliyatida
shunga amal qilib yashadi.
Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun qanchalik zarurligi his qilgan Amir
Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan, ularning izzat-hurmatini o’rniga
qo’ygan, davlatni idora qilishda ularning kengash va maslahatlaridan foydalangan.
Qariyb 150 yillik mo’g’ul istibdodi davrida ilm-fan tushkunlikka uchrab, faqat Amir
Temur davriga kelib mamlakatda osoyishtalik o’rnatildi, tarixiy-ma’rifiy urf-odatlar
qayta tiklanib, Temur fan va madaniyatning ham jonkuyar homiysi bo’lib maydonga
chiqdi. Temur o’z saroyiga ilmu-fanning turli sohalari bo’yicha iqtidorli olimlarni
jalb etadi. Temurning o’zida ham ilmga zo’r ishtiyoq bo’lganligi haqida hatto
fransuz muarrixi Alfons de Lamarti shunday deb yozgan: «Amir Temur din, tibbiyot,
tarix, huquq va astronomiya ilmining bilimdoni, ko’p qo’llanuvchi uch til – turkcha,
forscha va arabchani g’oyat mukammal bilgan, zarofat va qudrat ila yozish
mahoratini puxta egallagan bir hukmdor edi.»* Shuningdek Temurning ilmga
qiziqishi haqida Sultoniya yepiskopining xotiralarida shunday deyiladi: «Temur,
ayniqsa, tarixni, fiqh va harbiy ilmni yaxshi bilar, me’morchilik, falsafa, tabobat va
yulduzshunoslikka qiziqar, she’riyat va musiqani yoqtirar, o’zi ham she’rlar o’qir
edi. Temur o’z ona tili- turk-o’zbek tilidan tashqari fors va arab tillarida bemalol
so’zlashgan.»* Amir Temurning ilm-fan va olimlarga qay darajada munosabatda
bo’lganligini uning «Tuzuklari»da keltirilgan ma’lumotlardan ham bilsa bo’ladi.
Masalan: «Saroy kengashlarida taxtning o’ng tomonida ilm ahli ham sayyidlar,
qozilar, ulug’lar va ashroflar qatorida joy olganlar».
Amir Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan va buni o’z avlodiga
ham vasiyat qilib ketgan. Masalan: «Tuzuklarda» shunday deb yozilgan: «baxtli
farzandlarim va qudratli nabiralarimga ma’lum bo’lsinkim, men sayyidlar, ulamo,


mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, tarixshunoslarni sara va e’tiborli odamlar
hisoblab, izzatu-hurmatlarini o’rniga qo’ydim».
Tarixdan ma’lumki Sharq mamlakatlarida davlat boshliqlari o’z saroylarida
iqtidorli olimu shoirlarni to’plaganlar, davlat ahamiyatiga molik masalalar xususida
ular bilan kengashib turganlar. Sohibqiron Temurning ham mazkur an’anaga rioya
qilganligini farang muarrixi L. Lyangle ham ta’kidlab shunday yozadi: «Temur
olimlarga seriltifotli edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko’rgan
kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora
va boshqa ishlarda bilimdon bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun
ko’pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu sohalarga
g’amxo’rlik qilishga asosiy e’tiborni berar edi.»* Shu bilan birga Amir Temurning
qaysi mamlakatni zabt etmasin, u yerdan olimu fozillar, elga tanilgan san’at ahlini
va turli tuman kasb-hunar egalarini Samarqandga olib kelganligi tarixdan ma’lum.
Masalan, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida
taqdir ajoyibotlari») nomli asarida ana shunday olimlardan ba’zilari haqida qisqa,
lekin o’ta qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, «O’z saltanati kunlarida
Temur Samarqandga faqih olimlardan mavlono Abdulmalikni hosil etgan edi – u
«Hidoya» sohibi (Burhoniddin al-Marg’inoniy)ning avlodidan bo’lib, mudarrislik
qilar, shatranj va narddan ta’lim berar hamda yagona bir holatda she’r va nazm
etardi.» Shuningdek «Temurning muhaqqiq (olim)lardan mavlono Sa’uddin at-
Taftazoniyni—u 791 yilning muharram (1389 yil yanvar) oyida Samarqandda vafot
etdi va Sayyid Sharif Muhammad Jurjoniyni—u Sherozda vafot etdi, hamda
muhaddis olimlardan Shayx Shamsuddin Muxammad ibn al-Jazoriy (Temur uni
Rumdan olib kelgan) va boshqalarni Samarqandga olib keldi.» «Mana shular – deb
yozadi Ibn Arabshoh – men tanib, zikriyu ismi xotirimga kelgan kishilardurlar.
Ammo men bilmagan yoinki bilganu biroq zikriyu ismi xotirimga qolmagan kishilar
son – sanoqsiz bo’lib, hisob-kitobdan xorijdur. Xullasi kalom, Temur har bir foydali
jonni yig’ib, nimaiki bo’lsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada, Samarqandda
har bir ajoyib fan ahli namoyandasidan va san’atlar g’aroyib uslubidan, fazilati


peshonasida nishona bo’lib, o’z tengqurlaridan ustun turgan o’z sohasida alloma
kishilar yig’ilgan edi».
Shunday qilib Amir Temur davrida Samarqandda ilm-fanning rivojlanishiga,
ayniqsa, mashhur faylasuflardan Sa’duddin bin Umar at-Taftazoniy va Mir Sayyid
Sharif al-Jurjoniy katta hissa qo’shdilar. O’z davrining ko’zga ko’ringan faylasufi,
fiqhshunosi va qomusiy olimi bu -- Sa’duddin bin Umar at-Taftazoniy (vafotini
Fasixiy (Mujmal, 174 bet) 787 (1386) yil, Xondamir (Habib us-siyar, 88 bet) 797
(1394-1395) yil deb ko’rsatsalarda, hozirgi adabiyotlarda Ibn Arabshoh yozganidek
1389 yil deb keltiriladi. Mas: A.O’rolov, M.Hojixonov. «Temuriylar ma’naviyati va
madaniyat». 54 bet.) bo’lib, u asli Xurosonning Niso shahri yaqinidagi Taftazon
degan joyda tavallud topadi. Taftazoniy 16 yoshidan arab tilini, tafsir, fiqh, mantiq,
islom aqidalarini mukammal o’rganadi. Shuningdek boshqa ilmlarda ham
zamonasining yagona kishisi bo’lgan Taftazoniy Temur saroyida o’tkazilib
turiladigan ilmiy diskussiyalarning faol ishtirokchisi bo’lgan qomusiy olim edi.* U
G’ijduvon, Turkiston, Seraxs, Hirot va boshqa shaharlardagi madrasalarda
mudarrislik qiladi. Umrining oxirgi yillarini Samarqandda Temur saroyida
o’tkazadi. Taftazoniy ilmning ko’p sohalarida, mantiq, sarfu nahv, fiqh, kalom,
insho, geometriya va boshqa ilmlarda ijod etganligini J.Yaxshilikov va
Sh.Ahadovlar ham o’zlarining «Temuriylar ma’naviyati» nomli asarida qayd
etadilar. Mas: uning «As-sa’diya», «Tahzib ul-mantiq va al-kalom», «Al-irshod al-
xodi» kabi asarlaridan biri (avtorlar bu yerda aynan qaysi asar ekanligiga aniqlik
kiritmaganlar) chiziqlain gparalleliga bag’ishlangan bo’lib, Taftazoniy unda
Yevklidning mashhur beshinchrni aksiomasini sharhlashga harakat qiladi va ikki
to’g’ri chiziqni uchinchi to’g’ri chiziq kesganda hosil bo’ladigan burchagi unga
qo’shni bo’lmagan ikki burchagining yig’indisiga teng kelishi zarurligini isbotlab
ko’rsatadi. Shu jarayonda u o’tkir va o’tmas, qo’shni va yoyiq burchaklarning
boshqa bir qator xossalarini ham ta’riflaydi hamda dalillaydi.
Sa’duddin Taftazoniy haqida akademik Botirxon Valixo’jayev ham o’z ilmiy
tadqiqotlarida qo’yidagilarni yozib qoldirgan. Mas: «Sa’diddin Ma’sud ibn Umar
al-Taftazoniy (1322-1390) o’z davrining qomusiy bilimli alloma mudarrislaridan


bo’lib, u sohibqiron Amir Temur takliflari bilan 1374-1375 melodiy yilda
Samarqandga kelib, Idigu Temur madrasasining mudarrisi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
Bu davr orasida ko’pgina iqtidorli shogirdlari jumladan Muhammad ibn Ahmad al-
Hizriy, Shoh Fathulloh Shervoniylarni yetishtirdi. Sa’duddin Taftazoniy mudarrislik
faoliyati bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlarni ham samarali tarzda davom ettirib
ko’pgina mashhur asarlarni ham yozdiki, ular madrasalarda o’qitilish bilan birga
qator sharhlarning yozilishiga ham asos bo’lganlar. Ana shunday mashhur
asarlaridan «Miftoh ul-ulum» (Ilmlar kaliti), «Al—muxtasar al-maoniy» (Maoniy
ilmining muxtasar bayoni), «Al-mutavval», «Sharh risola al- shamsiya», «Sharh
aqoid al-Nasafiya» eslatish mumkin»* Olimning ta’kidlashicha Sa’diddin
Taftazoniyning asarlari faqat Samarqand madrasalarida o’qitilibgina qolmay, uzoq
yillar davomida asosiy o’quv qo’llanma sifatida O’rta Osiyoning va boshqa
davlatlarning madrasalarida ham foydalanilgan.
Ali ibn Muxammad Sayyid Sharif Jurjoniy (1339-1413) mashhur faylasuf,
mantiqshunos, astronom, she’rshunoslik va tilshunos olim bo’lib, uning tug’ilgan
joyini J.Yaxshilikov va Sh.Ahadovlar* keltirgan ma’lumotga ko’ra Jurjon
viloyatining Tog’u qishlog’i ko’rsatilsa, Ibn Arabshoh asariga yozilgan izohda* esa
uning Sherozda tug’ilganligi va 1388 yilda Temur Sherozni zabt etganida Jurjoniyni
Samarqandga olib kelganligi keltiriladi.
Yoshligidan ilm-fan sirlarini o’rganishga qiziqqan Jurjoniy dastlab Hirotga,
so’ngra bu yerda biroz bilim olgach Turkiyaga boradi va taniqli faylasuf Muxammad
Fanoriydan mantiq ilmidan saboq oladi. So’ngra u Misrga safar qiladi. U yerda
falsafa va mantiq sohasidagi bilimini rivojlantiradi. Keyinchalik Jurjoniy Sherozga
kelib, «Dorushshifo» madrasasida dars beradi. 1387 yilda yuqorida aytganimizdek
Temur Sherozni zabt etgach, Jurjoniyni boshqa olimu hunarmandlar qatori
Samarqandga olib keladi. Samarqandga kelgach, olim ilm-fan bilan shug’ullanish
bilan birga, Idigu Temur madrasasida mudarrislik qiladi. Uning «Sharh ul-
mulaxxas», «Usul ul-mantiqiya», «Tarjimon al-Qur’on», «Fan ul-muammo»,
«Odob ul- munozara», «Risolai vujudiya», «Oynai gitinoma» va boshqa asarlari
o’sha davrda va keyinroq yashagan boshqa tarixchilarning xabar berishicha


musulmon mamlakatlaridagi barcha madrasalarda talabalar tomonidan mutolaa qilib
kelingan va ular uchun dastur vazifasini o’tagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
u Movaraunnahr va Xurosonda yashagan olimlar, xususan Arastu, Ibn Sino,
Asiriddin Abxariy, Nasriddin Tusiy va boshqalarning mantiqqa bag’ishlangan
risolalariga sharhlar yozgan, ularning g’oyalarini rivojlantirgan. U o’zining falsafiy
qarashlarida borliq, osmon sayyoralari, to’rt unsur haqida so’z yuritib, barcha narsa
va hodisalar sababiy bog’langanligi, ularni aql yordamida bilish mumkinligiga
ishonadi.* Uning «Astranomiyaga oid sharh» nomli asarida yulduzlar haqida
qisqacha ma’lumot berilib, unda osmon jismlarining bo’linishi haqida,
harakatlanuvchi va harakatsiz yulduzlar haqida, murakkab va sodda yulduzlar
haqidagi o’z g’oyalarini yozib qoldirgan.*
Jurjoniy insonni tirik mavjudodlar orasida eng a’losi hisoblab, uning fikrlash
qobiliyatiga katta baho beradi. Xondamir ma’lumotiga (Habib us-siyar) ko’ra
ilmning turli sohalari bo’yicha ilmiy munozaralarda faol qatnashgan Jurjoniy
o’zining o’ta qiziqqonligi va o’tkir aql-zakovati bilan ko’pincha yengib chiqqan. Bir
necha yillar Ulug’bekka ustozlik qilgan Jurjoniy, hatto uning Akademiyasining
tuzilishiga ham katta hissa qo’shgan.
Shunday qilib, Idigu Temur madrasasida 18 yil samarali faoliyat ko’rsatgan
Sayyid Sharif Jurjoniy Temur vafotidan keyin Sherozga borib, u yerda Temuriyzoda
Iskandar mirzo (1409-1415) huzurida mavlono Natanziy, mavlono Haydar
Xorazmiy kabi olimlar bilan birga ilm-fan bilan mashg’ul bo’ldi. 1413 yilda
Sherozda vafot etdi.*
Temur saroyida hadischi olimlardan shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-
Jazoiriy ham bo’lib, u 1350 yilda Damashqda tug’ilgan. Keyin Rumga kelgan.
Temur Boyazidni yenggach uni Rumdan Samarqandga olib keladi. Ibn Arabshoh
bergan ma’lumotga ko’ra u Sherozda vafot etgan.* Ikki ta’limot bilimdoni Shayx
Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazariy (1350-1449) Samarqandda samarali ijod
qilib, Movaraunnahrda ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.*


Ulug’ tafsirchi, hadischi va hofiz Xoja Muhammad az-Zohid Buxoriy (1419
yilda Makkada vafot etgan) bo’lib, u Qur’onning yuz jildlik tafsiri (sharh) ni
tuzgan.*
Amir Temur davrida o’tgan yirik olimlardan yana biri xoja Muxammad
Porso edi. U Naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan namoyondalarining hayot
va karomatlari haqida, umuman tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga
bag’ishlangan ko’plab asarlar muallifidir. Uning «Risolayi qudsiya», «Maqomati
xoja Alouddin Attor», «Fasl ul-xitob», «Mahaq al-orifin», «Tahqiqot» va boshqa
asarlarida tasavvufning qat’iyat, ma’rifat, haqiqat va sohalari keng va batafsil
izohlanadi.*
Amir Temurda katta taassurot qoldirgan olimlardan biri arab tarixchisi va
mutaffakkiri Valiuddin Abdurahmon Ibn Xaldundir (1332-1406). Ibn Xaldun
Tunisda tug’iladi. Shimoliy Afrikada bir qancha davlatlarda yuqori lavozimlarda
xizmat qilgan Ibn Xaldun 1382 yilda Qohiraga kelib mudarrislik qiladi, qozilik
lavozimida ishlaydi.
Keyinchalik Shomda (Suriya) yashaydi.* Amir Temur Damashqni zabt
etganida olim yashirincha qochib ketmasdan Temur huzuriga boradi va u bilan
uchrashadi. Ibn Arabshohning yozishicha – Amir Temur Ibn Xaldundan Mag’rib
podsholari tarixi, shaharlari va yerlari vasfini bayonlab berishni so’raydi. Shunda
Ibn Xaldun – qalblarni titratuvchi fasohatli, chiroyli, balog’atli, kishini maftun etib,
aqlini oluvchi ajoyib bayoni bilan Temurni maftun qilib, lol qoldiradi. Ibn
Xaldunning asosiy asarlari «Kitob ul-ibor» (Ibratli misollar kitobi) va «Devon ul-
mubtado va-l-xabar fi ayyomi-l-arab va va-l-ajam va-l-berber va man o’sarahum
min zaviy sulton ul-akbar» (Muqaddima) nomli risolalari o’sha davrning ijtimoiy-
siyosiy va tarixiy masalalariga bag’ishlangan bo’lib, ularda kishilar turmishida
axloq, mehnat va jug’rofiy muhitning roli haqida so’z yuritiladi.* Shuningdek Amir
Temur saroyida o’z davrining turkcha, forscha, arabchada «malik ul-kalomi»
bo’lgan mashhur kotib Ahmad ibn Shams ul-Aimma ya’ni mavlono Shamsuddin
Munshiy, mohir hattot Xoji Bandgir Tabriziy, mashhur tabiblardan Husomiddin
Ibrohimshoh Kirmoniy va mavlono Jamoluddin, musiqa ilmida ustoz bo’lgan


Abdulqodir al-Marog’iy va uning o’g’li Safiuddin, kuyovi Nasriyn, Qutb al-
Mousuliy, Ardasher al-Changi va boshqalar (bu yerda Ibn Arabshoh ko’plab
shatranjchilar, sangtaroshlar, misgarlar, naqqoshlar va bog’bonlarni misol keltiradi)
faoliyat yuritib ular o’z sohasining mohir kishilari edi.*
Shunday qilib, Temur davrida Samarqandda, nainki Samarqandda balkim
butun Turonzamin o’lkasida fanning barcha sohalari gurkirab o’sadi, tabiiy va
gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqadi, ular jahon fani
va madaniyatiga munosib hissa qo’shadilar. Ayniqsa, bu davrda atoqli tarixshunos
va manbashunos Bo’riboy Ahmedov ta’kidlaganidek tarix fani taraqqiy etib, tarix
ilmi bobida sohibqiron Amir Temurning harbiy zafarli yurishlarini o’zining
«Zafarnoma» asarida yoritgan Sharafiddin Ali Yazdiy, Temur xizmatida munshiylik
qilib, keyinchalik jug’rofiy va tarixnavis olim sifatida tanilgan «Zubdat ut-tavorix»
(Tarixlar qaymog’i) asarining muallifi Hofizu Abro’, Temur devonining
arboblaridan biri, «Tarixnoma» asarining muallifi Tojiddin as-Salmoniy, Temur
hayot paytida (1405 yilgacha) unga bag’ishlab «Zafarnoma» asarini yozib tugatgan
Nizomiddin Shomiy, Temurning tarjimoni, Shom (Suriya) olimlari bilan suhbatda
tarjimonlik qilgan mavlono Abdujabbor, Temurning Hindiston yurishida
qatnashgan, 1399-1403 yillar orasida Temur bo’yrug’iga binoan ushbu yurish
haqida «Kundalik» yozgan G’iyosiddin Ali Yazdiy va boshqalar tarixnavislik
sohasida barakali ijod qiladilar.



Yüklə 70,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin