Marsiya janri



Yüklə 28,49 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü28,49 Kb.
#131353
MARSIYA JANRI


MARSIYA JANRI
Marsiya – bu lirik poeziya janrlaridan biri bo’lib, ma’yus, xazin, o’ychan, qayg’u, g’amgin ruhdagi lirik she’r yoki qo’shiqdir. “Marsiya ” – arabcha so’z bo’lib, “yig’lash”, “yig’i berish” degan ma’nolarini anglatadi. Xalq ogzaki ijodida marsiyalar “yig’i” deb ham ataladi. Insonlar qalbida tug’ilgan qayg’u va alamni, javobsiz muhabbatni, ayriliq iztirobini, o’tib borayotgan umr, yo’qotish, qalbdagi azobli va xazin tuyg’ularni ifodalagan. Qadimda “marsiya” ko’pincha, biron yaqin kishining vafoti munosabati bilan yozilgan motam qo’shiqlari shaklida yuzaga kelgan. Mumtoz adabiyotda marsiyalar podshohlarga, yaqin qarindoshlarga bagishlangani ma’lum. Yozma manbalarda marsiya haqida ma’lumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning “Buxoro tarixi” Siyovushga bag’ishlangan marsiya, Mahmud Qoshgariyning “Devonu lugotit-turk” asarida Alp Er To’nga marsiyasi, Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan marsiyasi; Navoiyning vafotiga esa Xondamir o’z marsiyalarini bitganlar. Xondamir o’z marsiyasida Navoiy vafoti munosabati bilan xalq boshiga tushgan musibatni quyidagicha ifodalaydi:
O’limidan har bir uyga tushdi motam,
Favti uchun har burchakdan chiqdi figon,
Temir bo’lsa, tosh bo’lsa xam bagri yondi
Bu dahshatli musibatni bildi zamon.
Marsiya turli she’riy shakllarda yozilishi mumkin. Adabiyotimizda g’azal, qasida, murabba’, muxammas, tajriband, tarkiband shakllarida yozilgan marsiyalar uchraydi. Maxmud Qoshgariyning “Devonu lugotit- turk” asarida Alp Er To’nga bagishlangan marsiyasi murabba’ shaklida bo’lib, misralar asosan a-a-a-b tartibida qofiyalanadi. Mazkur marsiya Rauf Parfining jiyani, maqsadsiz afg’on urushi qurboni Abdullajonning xotirasiga bag`ishlangan. Yigirma besh yoshida yorug` olamni tark etgan Abdullajon navqiron yigit yoshida umri xazon bo’lganidan lirik qahramon qayg`uga botadi. Bunda tabiat va inson ruhiy olamidagi kontrast holatlar orqali shoir shu qayg`uga to’la onlarni aks ettiradi. Ya’ni osmondagi qator qator tizilgan qushlar qaytadi, biroq o’zga yurtga uchib ketgan Abdullajon qaytmaydi. “Yo’llar uzun” deganida ham shoir o’zga yurtga jon olib jon bergan yigitlarni, jumladan, Abdullajonni nazarda tutadi. Zero, “yo’llarning uzunligi”, qayg’uli “kunlarning cho’zilganligi” lirik qahramon kayfiyatidagi mahzunlikni ifoda etadi.
Ko’rinadiki, o’zbek mumtoz adabiyotidagi marsiyalar o’zining maxsus badiiy shakliga ega emas. Udar badiiy shaklni boshqa janrlardan, jumladan, g’azal, musammat kabilardan “ijaraga” olib turadi. Masalan, Nodiraning “Firoqnoma” marsiyasi muashshar’ – o’nlik shaklida, Uvaysiyning farzandi vafotiga bag’ishlangan “Sog’indim” radifli marsiyasi g`azal shaklida bitilgan. Qolaversa, mumtoz she’riyatdagi marsiyalar, asosan, aruz vaznida bitilgan. Zamonaviy o’zbek she’riyatidagi marsiya Sharq mumtoz va jahon adabiyoti o’zanlaridan o’sib chiqqan. Marsiya va jahon she’riyatidagi qadimiy va navqiron janr bo’lgan elegiya xususiyatlarining bir biriga uyg’unlashuvi, sinkretlashuvi natijasida zamonaviy adabiyotdagi marsiya shakllanib, takomil topdi. Zamonaviy o’zbek adabiyotidagi marsiyalar a’anaviy barmoq vaznida bitilishi, mahzun ruhi bilan hozirgi she’riyat janrlar tarkibini to’ldirib turadi.
2. 3. Musallas va uchlik janrlariga xos xususiyatlar.
Mumtoz she’riyatda izometriyaga, jumladan, she’riy asarda bo’g’inlarning bir xil (misra soni, o’lchovi, qofiyalanish tartibi) bo’lishiga qat’iy amal qilingan bo’lsa, keyingi davr she’riyatida (G`arbda romantizm davridan, o’zbek she’riyatida XX asrdan) bu qoidadan chekinish odatiy holga aylandi. Natijada astrofik (bandlaridagi misralar soni turlicha) she’rlar, getrometrik (o’lchovi turlicha misralardan tarkib topgan bandli) she’rlar ham ommalashdi.
Musallas arabcha uchlik degan ma’noni bildiradi, musammatning dastlabki turi, uch misrali bandlardan tarkib topuvchi she’r shakli; uch misrali band. Musallas she’r shaklida dastlabki band misralari o’zaro qofiyalanadi (a-a-a), keyingi bandlarning dastlabki ikki misrasi o’zaro, uchinchi misrasi esa birinchi band bilan qofiyalanadi. Xuddi shu shakl musallasning janr qonuniyatini belgilab beradi. O’zbek adabiyotida musallas she’r shaklining har bir bandidagi misralari o’zaro (a-a-a, b-b-b, v-v-v...), har bir bandi o’rama (a-b-a, v-g-v, d-e-d...) tarzida mustaqil qofiyalanuvchi, shuningdek, bandlararo kesishgan (a-b-a, b-v-b, v-g-v...) qofiyalanish tartibidagi ko’rinishlari ham uchraydi. A.Husayniy musallasni “ustodlar she’rida kamina nazariga tushmagan” she’r shakllari qatorida sanaydi. Darhaqiqat, bu janrda Atoyi, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi shoirlarimiz she’r yozmaganlar. Musallasning ommalashuvi adabiyotimizning keyingi davrlariga to’g`ri kelib, uning yaxshi namunalari Uvaysiy, Hamza (Nihoniy) kabi shoirlar ijodida uchraydi. Xususan, Hamzani milliy ozodlikka chorlovchi “Dardiga darmon istamas”, “Uxlama, o’zbek eli, asri taraqqiy vaqtida” kabi she’rlari musallas janrida bitilgan. G`arb adabiyotida bunga muvofiq terstina atamasi ishlatiladi. U quyidagicha qofiyalanadi: a-b-b, d-e-e.....yoki a-b-a, d-e-d.... yoki a-a-a, b-b-b. E’tibor berilsa, musallas va terstina qofiyalanish tartibi jihatidan farq qiladi. Biroq bandlardan tashkil topishida mushtaraklik mavjud. Terstinada ham bir band o’zaro qofiyalanadi. Bu kabi qofiyalanish shakli o’zbek adabiyotida masnaviyga xosdir.
Yüklə 28,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin