Ma’ruza №12: Kompyuter viruslari va antiviruslar. Kompyuter viruslarini sinflarga ajratish



Yüklə 221,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix06.12.2022
ölçüsü221,4 Kb.
#72811
  1   2   3   4   5   6   7
12-ma`ruza



Ma’ruza № 12: Kompyuter viruslari va antiviruslar. 
Kompyuter viruslari. Kompyuter viruslarini sinflarga 
ajratish. Kompyuter viruslari bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb 
muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Virus dasturi kompyuterdagi 
ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk 
bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy 
kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari 
foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin 
keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi 
paytda butun dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular 
kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki 
kompyuterning 
ishlash 
samaradorligini 
tushirib 
yuboradi. 
Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan 
alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, 
ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga 
tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi 
yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin. 
Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. 
Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n 
uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning 
chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni 
yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab 
sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin. 
Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega. 
Zararlangan dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga "suqilib" 
kirib oladi va o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha viruslar (Brain 
Ashet) ham zararlangan kompyuterlarda o'z "faoliyatini" ayyorlarcha olib 
boradi.Keng 
tarqalgan 
viruslarni 
ikki 
guruhga 
bo'lish 
mumkin: 


-fayllar 
uchun 
(SOM, 
YeXE 
va 
DLL 
ni 
zararlaydi); 
-Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master 
Boot 
Record) 
qattiq 
diskning 
yuklovchi 
sohasini 
zararlaydi. 
Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb 
atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" 
Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta 
kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan. 

Yüklə 221,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin