Ma’ruza №8 portlovchi materiallarni qabul qilib olish,tarqatish va hisobga olish,quritishda,yanchishda va qobiqlarni portlovchi material bilan to’ldirishda havfsizlik qoidalari va ishlarni bajarish tartibi



Yüklə 23,48 Kb.
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü23,48 Kb.
#100254
  1   2   3
ЛЕКЦИЯ -8


MA’RUZA № 8
PORTLOVCHI MATERIALLARNI QABUL QILIB OLISH,TARQATISH VA HISOBGA OLISH,QURITISHDA ,YANCHISHDA VA QOBIQLARNI PORTLOVCHI MATERIAL BILAN TO’LDIRISHDA HAVFSIZLIK QOIDALARI VA ISHLARNI BAJARISH TARTIBI.
Saqlash joylariga keltirilgan PM lar kecniktirmasdan saqlash joylariga, maydonchalarga joylanib qabul qilinishi kerak.
PM larning omborlarda miqdoriy hisobi quyidagicha o’rnatilgan shakllarda yuritiladi:
Shakl № 1. PM lar qabul qilish va sarf qilinishi kitobi. Omborhona mudirlari va tarqatuvchilar tomonidan yuritiladi.PM larning har bir turi va navi uchun alohida hisob ochiladi.Har bir turi bo’yicha qolgani sutka ohiriga hisoblanadi.
Shakl № 2. PM larni tarqatish va qaytarib olish. Kunlik tarqatish ombori mudiri va tarqatuvchilari tomonidan yuritiladi. Har sutkada PM tarqatish yakuni qilinadi, undan PM ni kirim qilish va chiqim qilish kitobiga o’tkaziladi.
Kitoblar raqamlangan, ip bilan tikilgan va Sanoathavfsizligi DQ muhri yoki plombasi bilan bandlangan bo’lishi kerak.
Shakl № 3. Nariyad-nakladnoy PM ni bir skladdan boshqasiga yuborishga hizmat qiladi. Nariyad-nakladnoy omborhona tegishli bo’lgan, PM ni yuborayotgan korhona buhgalteriyasi tomonida yoziladi. PM ni oladigan shahs nariyad-nakladnoy bilan PM ni olayotgan tashkilot buhgalteriyasi tomonidan berilgan ishonchnomani taqdim qiladi.
Shakl № 4. Naryad-putiyovka portlatuvchi tomonidan portlatish ishlarini bajarishga portlovchi moddani sarf qilishga hizmat qiladi. Ishlarni bajaruvchi tomonidan yoki uchastka ustasi tomonidan yoziladi va sarf qilish omboridan PM berilganligi haqida kitobga yozishga asos bo’ladi.PM larni sarf qilinganligi to’g’risidagi qaytarilgan nariyad-putiyvkalar omborhonada uch yil davomida saqlanishi kerak, uch yildan keyin dalolatnoma sasosida yo’q qilinishi kerak.
Kirim-chiqim hujjatlarining hammasida qalam bilan yozishga, bo’yashga, o’chirib yozishga ruhsat etilmaydi. To’g’rilashlar yangi raqam qo’yib to’g’rilashni kiritgan odamning imzosi biln ruhsat etiladi.
PM lar omborhonalarida nariyad-nakladnoy va nariyad-putiyovkalarni imzolash huquqiga ega shahslarning imzolari nushasi bo’lishi kerak. Boshqa shahslar imzolari bilan PM larni chiqarishga ruhsat etilmaydi.
Omborhonada PM lar hisob kitobi, saqlash holati va omborhonada mavjudlari hisobi to’g’riligi korhona rahbari tomonidan tayinlangan shahs va Sanoat havfsizligi DQ organi vakili tomonidan davriy ravishda o’tkaziladi.PM lar kamomadi yoki ortiqchaligi aniqlansa darhol korhona rahbariga , Sanoat havfsizligi DQ organlariga va IIB organlariga habar qilinishi kerak.

Yüklə 23,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin