Ma’ruza 12 portlovchi materiallarni ish joylarda saqlash



Yüklə 17,13 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü17,13 Kb.
#96620
ЛЕКЦИЯ -12 kerak


MA’RUZA 12
PORTLOVCHI MATERIALLARNI ISH JOYLARDA SAQLASH
§ 60. Ish joylariga olib kelingan portlovchi moddalar sumkalarda, kassetalarda yoki zavodda qadoqlangan holatda bo’lishi kerak. Bunday holatlarning barchasida PM va IV lari saqlaganda alohida qilib joylashtirilishi kerak.
§ 61. PM larni ish joylarida , hamda zariyadlangan shpurlar, skvajinalar va boshq. nazoratsiz(qorovul) qoldirish taqiqlanadi.Nazorat (qorovullash) qilish tartibi korhona rahbari tomonidan o’rnatiladi(shaхta,ruda koni, karer va boshq.).Portlatish ishlarini aholi yashash punktlarida yoki ,binolar(inshootlar)ning ichida olib borilsa PM lar alohida ajratilgan binoda saqlanib qo’riqlanishi kerak.
§ 62. Er osti kon lahimlarida qulflanadigan maхsus saqlash joylarda-uchastka punktlarida ,metall yashiklarda yoki konteynerlarda(seyflarda)PM larni doimiy nazoratsiz(qorovulsiz) saqlashga ruхsat etiladi.
§ 63. Ish joylarida zariyadlashgacha sutkalik ehtiyoj miqdorda хavfli hududdan tashqarida va smenalik ehtiyoj miqdorida, хavfli hududda qo’riqlangan holatda zariyadka qilishga mo’ljallangan miqdorda initsiyalsh vositalari va shaypatronlarsiz PM bo’lganda yoppasiga portlatishlar bundan istisno.
§ 64. PM larni zariyadlash mashinalarida (ko’chib yuruvchi zariyadlash ustahonasidan tashqari)bir sutkadan ortiq saqlash taqiqlanadi.
§ 65. Shaхta stvollari oldida, shtolniyalar(tonellar) o’tganda ularning oldida PM larni smenalik ehtiyoj miqdorida budkalarda yoki tomi yopilgan bostimada shaхta stvolidan yoki kirish joyidan, hamda er yuza qismidagi bino va inshootlardan 50m.dan kam bo’lmagan masofada saqlashga ruhsat etiladi.
§ 156.Ish joylariga olib kelingan PM lar zariyadlashdan oldin nazoratsiz yoki qo’riqlashsiz qoldirilmasligi kerak.Nazorat portlatuvchilar yoki yo’riqnoma bilan tanishtirilgan ishchlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
§ 157. PM larni zariyadlashgacha ish joylarida saqlash mumkin: sutkalik ehtiyoj miqdorda хavfli hududdan tashqarida va smenalik ehtiyoj miqdorida havfli hudud chegaralarida, kameralar, skvajinalar va qozon zaryadlarining yoppasiga portlashlari bundan mustasno, zariyadlanadigan portlovchi moddalar miqdori xavfli zonada (to'g'ridan-to'g'ri shurf, shtolniya yoki skvajinada) saqlanishi mumkin, ammo portlatish vositasi yoki shaypatronlarsiz.
§ 158. Zariyadlashdan oldin xavfli zonadan tashqaridagi PMni tabiiy yoki sun'iy boshpanalarda konteynerlarda, aravalarda, avtoulovlarda, temir yo'l vagonlarida, shatakka olinadigan kemalarda joylashtirishga ruxsat beriladi.
Yuqorida keltirilgan statsionar yoki ko'chma omborlar turar-joy binolari va sanoat inshootlaridan ushbu qoidalarning IV bo'lim talablariga javob beradigan masofada joylashgan bo'lishi kerak.
§ 159. Xavfli zonada saqlanadigan PMlar tabiiy yoki sun'iy boshpanalarga joylashtirish orqali tog’ jinslari bo’laklari tarqalishidan ishonchli himoyalangan bo'lishi kerak; odamlar esa alohida boshpanada bo'lishi kerak.
160-bo'lim. Shahar chegaralarida yoki sanoat inshootlari ichida portlatish ishlari olib borilganda, portlovchi materiallar (kunlik ehtiyoj) portlash ishlari olib borilayotgan ob'ekt ichida yoki yaqinida, alohida ajratilgan izolyatsiya qilingan xonada saqlanishi mumkin. Bu xona qo'riqlanishi kerak; unda begonalarning qolishi taqiqlanadi.
Agar portlash PM lar saqlanadigan xonaga qandaydir tahdid qiladigan bo’lsa , u holda portlash boshlanishidan oldin PM lar xavfli zonadan chiqarilishi kerak.
§ 161. Smena tugagandan so'ng PM qoldiqlari sarflanadigan omborga qaytarilishi kerak.


Er osti kon lahimlarida.
§ 162. Shpurlarni zaryadlash usuli bo'yicha, PM er osti ishlarida zaryadlashdan oldin portlatuvchi yoki tashuvchining bevosita nazorati ostida xavfsiz joyda, zaboyda qop yoki kassetalarda bo'lishi kerak. Ish joyiga etkazilgan PMni maxsus qutilarda yoki konteynerlarda, qulf bilan yopiladigan va shu erga joylashtirilgan holda saqlashga ruxsat beriladi.
Portlovchi moddalarni kamerali yoki skvajinali zaryadlar usuli bilan portlatishda, zariyadlashdan oldin ularni to'g'ridan-to'g'ri zaryadlanadigan kamerada (blokda) qo'riqlash bilan saqlash mumkin; bu holatlarda detonatorlar va shaypatronlar boshqa xavfsiz joyda saqlanishi kerak.
163-§. Shaxta stvollari oldida , shtolniya va tunnellarning og'zida, o’tish paytida PM smenalik bo'lgan ehtiyoj miqdorida, maxsus ajratilgan zaryadlash kabinalarida,shaхta stvoli va shtolniya og’zidan kamida 50 m masofada joylashgan joyda saqlashga ruxsat beriladi, shuningdek sirtdagi binolar va inshootlardan ham.
Yüklə 17,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin