Ma’ruza: Vagonlarni ta’mirlash tizimi va turlari Asosiy tushunchalar va atamalar



Yüklə 27,2 Kb.
səhifə1/2
tarix07.07.2023
ölçüsü27,2 Kb.
#136019
  1   2
Ma’ruza Vagonlarni ta’mirlash tizimi va turlari Asosiy tushunch


3-ma’ruza: Vagonlarni ta’mirlash tizimi va turlari


Asosiy tushunchalar va atamalar.
Bosib o’tilgan masofa, Rejadagi tamirlash, Texnik xizmat ko‘rsatish, Depoda ta’mirlash, Kapital ta’mirlash, Joriy ta’mirlash, Oraliq ta’mirlash.


Dars rejasi:



  1. Vagonlarni ta’mirlash tizimi va turlari.

  2. Vagonlarni ta’mirlash muddatlari.

3. Texnik xizmatlarni tasniflash

Vagonlarni ta’mirlash tizimi, turlari va muddatlari
Yuk va yo‘lovchi vagonlarini ta’mirlash tizimi va uni ko‘rikdan o‘tkazish, kuzatish, ta’mirlash kabi yeyilishi rivojlanishining oldini olish, avariyalardan saqlanish va vagonlarni doim ekspluatatsiyaga loyiq holda ushlab turish ishlarini bajarishdek tadbir hamda choralar majmualarini ko‘zda tutishdan tashkil topgan.
O‘zbekistonda 1998 yilgacha vagonlarni ta’mirlashning rejali tizimi qo‘llangan.
Harakat tarkibini ta’mirlashga sarflanadigan material bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish maqsadida harakat xavfsizligining talab etiladigan darajasi ta’minlanishining zamonaviy tadqiqotlar asosida olib borilishi va ko‘p yillik amaliyot yutuqlarini Markaziy Osiyoda qo‘llash uchun yangi tizimdagi texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning quyidagi chora-tadbirlari ko‘zda tutildi (21.10.98 yil №104N buyruq):

  1. Yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarni yo‘lga yuborishdan oldin va yo‘llarda texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) bekatlarida zarur texnik xizmatlar ko‘rsatish (TX-1).

  2. Yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarni tashkil etish punktlarida yozgi va qishki sharoitlarda poyezdlarni yo‘lga jo‘natishdan oldin texnik xizmatdan o‘tkazish (TX-2).

  3. Yo‘lovchi tashuvchi vagonlarning asosiy qismlariga texnik xizmat ko‘rsatishda yagona texnik taftishdan o‘tkazish.

4. Yuk va yo‘lovchi poyezdlari tashkil etiladigan punktlarda yoki yo‘lda ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgan vagonlarni poyezd tarkibidan ajratib, joriy ta’mirlash ishlarini bajarish yoki vagonlarning ishdan chiqqan detal va qismlarini yangisiga almashtirish (TT).

  1. Depoda yuk va yo‘lovchi vagonlarini rejali ta’mirlash ishlari, ularning ishlay olish qobiliyatini tiklash, alohida qismlari va detallarini almashtirish yoki ayrim qismlarini takomillashtirish (DT).

  2. Yuk va yo‘lovchi vagonlarining ishlash qobiliyatini va resursini tiklashda yemirilgan va yeyilgan, xizmat burchini tamomlagan qism va detallarni almashtirish, shuningdek takomillashtirish maqsadida kapital ta’mirlash (KT-1) ishlarini bajarish.

  3. Yuk va yo‘lovchi vagon kuzovlarini qisman ochgan holda, uning ishlash xususiyati va resursini tiklash, issiqlik izolyatsiyasi va elektr tarmog‘ini almashtirish kabi ishlarni ko‘zda tutuvchi rejali kapital ta’mirlash (KT – 2). Zarurat tug’ilganda bazaviy tizim, konstruksiyalar elementlari va asosiy qismlarni modernizatsiyalash.

8. Yo‘lovchi tashuvchi vagonlarni KT – 2 hajmida tiklagandan so‘ng kuzovlar, aravachalarni ta’mirlash, ichki jihozlarni almashtirish va zamonaviy interyer yaratish (KTT).
Har bir turdagi ta’mirlash o‘z tavsifiga ega bo‘lib, ta’mirlash qoidalari va ko‘rsatmalari bilan belgilangan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tasdiqlangan.
Texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash – rejali ta’mirlash tizimining asosini tashkil qiladi, zero u ekspluatatsiya jarayonida yuk va yo‘lovchi vagonlarining ishlash qobiliyatini ta’minlaydi. Davriy (depoda va kapital) ta’mirlashlar vagon ishlay olish qobiliyatini tiklagan holda nominal unumdorlik bilan ishlashni ta’minlaydi.
Vagonlarni joriy ta’mirlash ishi hajmi va tavsifiga ko‘ra quyidagi ikki ko‘rinishda bo‘ladi:

  • vagonni poyezd tarkibidan ajratmagan holda olib boriladigan ta’mirlash ishlari;

  • vagonni poyezd tarkibidan ajratgan holda ta’mirlash yo‘llarida bajariladigan ta’mirlash ishlari.




Yüklə 27,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin