MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI VA AVTOTRAKTORSOZLIKDA YANGI TEXNOLOGIYALAR FANIDAN Mavzu: DETALLAR VA MASHINALARNING TEXNOLOGIYABOBLIGI GURUH 51-19 AVT Bajardi: Qabul qildi: ABDURAHMONOV X
Buyum konstruktsiyasining texnologiyabopligi (BКTb) deb, uni tayyorlashda, korxonadan tashqarida montaj qilishda, ekspluatatsiya qilishda va ta’mirlashda har tomonlama qulay bo’lib, kam vaqt sarflanib, eng kam tannarxga ega bo’lgan sifatli maxsulot tayyorlash xususiyatlarining majmuasiga aytiladi.
Buyum konstruktsiyasining texnologiyabopligi xususiyatlarini belgilovchi asosiy omillarga uning tashqi ko’rinishi, uni tayyorlashdagi, korxonadan tashqarida montaj qilishdagi, ekspluatatsiya qilishdagi va ta’mirlashdagi sermehnatlikligi, iqtisodiy samaradorligi, xavfsizligi, ekologiyabopligi va utilizatsiyalash qulayliklari kiradi.
Qisqacha qilib aytganda buyumni tayyorlashda, ekspluatatsiya qilishda, ta’mirlashda har tomonlama qulay bo’lgan konstruktsiya texnologiyabop deb ataladi.
Ishlab chiqarishning ob’ekti hisoblanuvchi buyum konstruktsiyasini texnologiyaboplikka ishlab chiqishda; qo’llaniluvchi ashiyo–materiallar ko’rinishi va navlarini; tanavor olish usullarini; mexanik ishlov berish, yig’ish, ta’mirlash, ta’mirlovchi korxonadan tashqarida montaj qilish; nazorat qilish va sinash texnologik usullarni va ko’rinishlarini; progressiv texnologik jarayonlarni qo’llash imkoniyatlarini; shu qatorda mehnatni tejovchi, kam chiqindili, energiya saqlovchi, tipoviy jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomalashtirish imkoniyatini; unifikatsiyalashtirilgan asosiy chiqariluvchi yig’ilma birliklar va detallarni qo’llash imkoniyatini; tayyorlovchi korxonaning o’ziga xos spetsifik axamiyatga ega ekanligini; ishchi kadrlarni talab etilgan malakalari tahlil qilinishi zarur.
Ekspluatatsiya qilish ob’ekti bo’lgan buyum konstruktsiyasini texnologiyaboplikka ishlab chiqishda; buyum ishlashida zarur bo’lgan resursini (xizmat qilish muddatini) va ishonchlilikning boshqa ko’rsatkichlarini oshirish uchun TeXК va TXК larning qulayligi, sermehnatligi va davomiyligi; buyum serishchanligini tiklash uchun zarur bo’lgan ta’mirlash ishlarining qulayligi, sermehnatligi va davom etishi hisobga olinadi.
Buyum konstruktsiyasini texnologiyabopligini baholash deganda uning xususiyatlarini butunlay yoki alohida ko’riluvchi BКTb aniqlash ketma-ketligini o’z ichiga oluvchi o’zaro bog’langan tadbirlar kompleksi nazarda tutiladi, mazkur buyumning aniqlangan xususiyatlarini taqqoslash uchun na’muna sifatida qabul qilingan buyum konstruktsiyasining xususiyatlari bilan taqqoslash va taqqoslash natijalarini ishlab chiqiluvchi buyum konstruktsiyasini takomillashtirish bo’ycha boshqaruvchi yechimlar qabul qilish uchun qo’llash mumkin bo’lgan shaklda taqdim etish tushuniladi.
Qo’llaniluvchi usullarga bog’liq holda BКTb sifatli va sonli baholashlarga farqlanadi.
BКTb ni sifatli baholash muxandislik ko’ruvi usullarida baholashga asoslangan va BКTb yuqori darajasiga erishish uchun alohida konstruktiv va texnologik belgilari bo’yicha o’tkaziladi.
U, qoidaga ko’ra sonli baholashdan oldin o’tkazilishi kerak, biroq loyihalashning hamma bosqichlarida u bilan deyarli mos keladi.
Sifatli baholashga buyumni bitta ijro etilganini ro’baro’ qilish mumkin yoki barcha ijrolarning to’plamini.
BКTb ko’rsatkichlari dastlabki belgisiga bog’liq holda ko’rinishlarga bo’linadi. Ularning barcha tur va ko’rinishlarini quyidagi etti guruh ko’rsatkichlarga birlashtirish mumkin:
1) buyum konstruktsiyasini texnologiyabopligini texnologik ratsionalligi, uning aniqligi va murakkabligi baholanadi;
2) buyum konstruktsiyasini meros bo’lib o’tishligi, konstruktsiyada almashtirilishi va unifikatsiyalashtirilgan qism va detallarni qo’llash mumkinligi darajasini baholash;
3) buyumni resurssig’imligi (BКTb ni bitta yoki birnechta soxalar bo’yicha namoyon bo’lishi bo’yicha), materialhajimligini, sermehnatligini, energiyasig’imligini, tannarxini baholash;
4) ishlab chiqarishdagi BКTb;
5) ekspluatatsiya qilishdagi BКTb;
6) ta’mirlashdagi BКTb;
7) umumiy BКTb.
Detal konstruktsiyasinining texnologiyaboplik (DКTb) ko’rsatkichlari
BКTb ko’rsatkichlari namoyon bo’lish miqyoslari (4, 5. 6 va 7 guruhlar) bo’yicha, va hamma namoyon bo’lish miqyoslari (9 guruh) bo’yicha umumiy BКTb ko’riluvchi namoyon bo’lish miqyoslarini hisobga olgan holda faqat resurshajmlik ko’rsatkichlari bilan tashkil etilgan.
Ahamiyati bo’yicha baholash uchun asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarga farqlanadi. Asosiy ko’rsatkichlar BКTb kiruvchi ko’proq muhim, eng e’tiborli, va qoidaga ko’ra uni butunligicha ifodalovchi xususiyatlarini tavsiflaydi. Bu, buyum sermehnatligi, materialhajimligi, energiyasig’imligi, tayyorlash muddati (ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash), tannarxi hisoblanadi.
Qo’shimcha ko’rsatkichlar buyum konstruktsiyasini BКTb namoyon bo’lishini alohida miqyosiga muvofiq ravishda texnologik ratsionalligini va mos bo’lib o’tishligini tavsiflaydi. Qo’shimcha ko’rsatkichlar, loyihalash jarayonida
BКTb asosiy ko’rsatkichlarini keynchalik yaxshilash uchun konstruktsiyani samarali va maqsad sari yo’naltirilgan takomillashtirish imkoniyatini beradi. BКTb baholashdagi asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarni hisoblash formulalari 2–jadvalda keltirilgan.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Dostları ilə paylaş: |