68
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
MATEMATIKA FANIDAN MATNLI MASALANI YECHISH USULLARI
N.N.Jo‘rayeva, M.A.Abdullayeva, N.G‘.G‘offorova
1
Sardoba tumani 12-maktab matematika fani o‘qituvchisi,
2
Sirdaryo tumani 43-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi,
3
Sardoba tumani 12-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
maktabim12*sar@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7582743
Annotatsiya: masala - bu kundalik hayotimizda uchraydigan vaziyatlarning tabiiy
tildagi ifodasidir.
Odatda matematikada matnli masalalar berilishi, mazmuni va mohiyatiga qarab
quyidagi turlarga ajratiladi: konsentratsiya va protsent tushunchasi bilan bog‘liq
bo‘lgan, harakatga bog‘liq, noma’lumlar soni tenglamalar sonidan ortib ketuvchi,
tengsizliklar tuzib yechiladigan, butun qiymatli o‘zgaruvchili, turli masalalar.
Matnli masalalar qaysi turga taalluqli bo‘lmasin, ularni yechishning an’anaviy
sxemasi to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
noma’lumni tanlash, tenglamalar (yoki tengsizliklar) tuzish, tenglamalarni
yechish, ya’ni noma’lumni toppish, masala shartini qanoatlantiruvchi yechimni
tanlab olish. O‘quvchi matnli masalalar yechish san’atini puxta egallab olishi
uchun har bir bosqich tog‘risida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Tenglama tuzish orqali masala yechish, masala talabida so‘ralgan miqdorni
imkoniyati boricha biror harf bilan belgilash, masala shartida qatnashayotgan
boshqa miqdorlarni belgilangan harf orqali ifodalash, masala shartida
ko‘rsatilgan miqdoriy munosabatlarni, amallarning mantiqan to‘g‘ri ketma-ketligi
orqali ifodalaydigan tenglama tuzish va uni yechish orqali masalaning talabini
bajarish demakdir. Masalalarni tenglama tuzish orqali yechishni quyidagi ketma-
ketlik asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.
1. Masala talabida so‘ralgan miqdorni, ya’ni noma’lum miqdorni harf bilan
belgilash. Masalan “Harakat bilan bog‘liq ko‘plab masalalarda ko‘pincha
noma’lum o‘rnida tezlik, masofa va vaqt olinadi. Bunday hollarda bu kattaliklarni
mos ravishda v, s, t va hokazo belgilashlardan qochish kerak. Eng yaxshisi
an’anaviy x, y, z, u, v kabi belgilashlarga ko‘nikish va ulardan tezlik, masofa va
vaqtning mazmun-mohiyatiga shikast yetkazmagan holda foydalanish lozim.
Bunday belgilashlar kelajakda hosil bo‘lgan tenglamani yechishda ham qulay”.
2. Bu harf yordamida boshqa no‘malumlarni ifodalash.
3. Masala shartini qanoatlantiruvchi tenglama tuzish.
4. Tenglamani yechish.
69
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
5. Tenglama yechimini masala sharti bo‘yicha tekshirish.
Maktab matematika kursida tenglama tuzish orqali yechiladigan masalalar
ko‘pincha uchta har xil miqdorlarni o‘zaro bog‘liqlik munosabatlari asosida
beriladi. Masalalarni tenglama tuzib yechishda no‘malum miqdorlarni turlicha
belgilash, ya’ni asosiy miqdor qilib noma’ lumlardan istalgan birini olish mumkin.
Asosiy qilib olinadigan va harf bilan belgilanadigan noma’lumni tanlash ixtiyoriy
bo‘lishi mumkin. Noma’lum miqdorni tanlashga qarab tuziladigan tenglama har
xil bo‘ladi, ammo masalaning yechimi bir xil bo‘ladi.
Matnli masalalarni yechish usullari turlicha bo‘ladi. Ulardan asosiylari: 1)
arifmetik usul (masalani savollar tuzib, izohlab, ma’lum mulohazalarga asoslanib
yechish); 2) algebraik usul (masalani uning mazmuniga mos tenglama tuzib
yechish). Masala yechishda chizmalardan, geometrik, fizik tushunchalardan
foydalanish ham yechimga tezroq olib kelishi mumkin.
Masalani tenglama tuzib yechish allomalarimiz asarlarida „al-jabr val-muqobala»
usuli deb atalgan.
2. Matnli masalalarni yechish bosqichlari. Matnli masalani yechish ikkita asosiy
bosqichdan iborat bo‘ladi: 1) masalaning sharti bo‘yicha tenglama tuzish; 2) hosil
bo‘lgan tenglamani yechish.
Bu bosqichlarni “maydalash”, ularni qismlarga bo‘lish ham mumkin. Natijada
berilgan masalaning matematik modeli tuziladi.
1- masala. Ikkita javonda 180 ta kitob bor. Birinchi javondan ikkinchisiga
10 ta kitob olib qo‘yildi. Shundan so‘ng, ikkinchi javondagi kitoblar soni
birinchisidagi kitoblar soniga qaraganda ikki baravar ko‘p bo‘lib qoldi. Dastlab
har bir javonda qanchadan kitob bo‘lgan?
Yechish: 1) birinchi javondagi kitoblar sonini x bilan belgilaymiz. U holda ikkinchi
javondagi kitoblar soni (180 – x) ta bo‘ladi. Ravshanki, x – natural son va
x > 10 bo‘lishi kerak; birinchi javondan 10 ta kitob olingach, unda (x – 10) ta kitob
qoladi; ikkinchi javonga o‘sha 10 ta kitob qo‘yilgach, undagi kitoblar soni (180 – x
+ 10)=(190 – x) ta bo‘ladi; 2) masala shartiga ko‘ra, ikkinchi javondagi kitoblar
soni birinchi javondagidan ikki marta ko‘p bo‘ladi. Ya’ni 2(x – 10) = 190 – x bo‘lishi
kerak. Bu tenglama masala mazmuniga mos tenglamadir. Uni yechib, x ni topamiz:
2x – 20 = 190 – x, bundan 3x = 210, x = 70 ta (kitob). U holda ikkinchi javonda 180
– x = 180 – 70 = 110 ta (kitob) bo‘ladi.
T e k s h i r i s h. 1) 70 + 110 = 180 (Ikkala javonda birgalikda 180 ta kitob bor
edi); 70 – 10 = 60 birinchi javondan 10 ta kitob olingach, unda 60 ta kitob qoldi;
3) 110 +10 =120 — ikkinchi javonga 10 ta kitob qo‘yilgach, unda 120 ta kitob
70
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
bo‘ldi; 4) 60 • 2=120 (yoki 120 : 60 = 2) – ikkinchi javondagi kitoblar soni birinchi
javondagidan ikki baravar ko‘p. Demak, masala to‘g‘ri yechilgan.
Javob: birinchi javonda 70 ta, ikkinchi javonda 110 ta kitob bo‘lgan.
Biz bu masalani algebraik usulda yechdik, endi arifmetik usulda yechamiz:
1) birinchi javondan 10 ta kitob olib, ikkinchisiga qo‘yilgan bo‘lsin. Birinchi
javondagi kitoblar sonini 1 bo‘lak (qism) deb olsak, u holda ikkinchi javondagi
kitoblar soni 2 bo‘lakni tashkil etadi. Demak, jami kitoblar 1 + 2 = 3 bo‘lakni tashkil
etadi; 2) 1 ta bo‘lakka qancha kitob mos keladi? 180 : 3= 60 ta kitob mos keladi,
birinchi javondagi 60 ta kitobga bu javondan olingan 10 ta kitobni qaytarib
qo‘ysak, birinchi javonda dastlab nechta kitob bo‘lganini bilamiz: 60 + 10 = 70 (ta
kitob). U holda ikkinchi javonda dastlab 180 – 70 = 110 (ta kitob) bo‘lgan.
Javob: Birinchi javonda 70 ta, ikkinchi javonda 110 ta kitob bo‘lgan.
2- masala. Xaridorning 7000 so‘m puli bor edi. U bozordan 5 kg guruch sotib
oldgandan so‘ng cho‘ntagida 3250 so‘m puli qoldi. 1 kg guruchning bahosi necha
so‘m?
Yechish: 1 kg guruchning bahosini x bilan belgilasak, xaridorning 5 kg guruch
uchun to‘lagan puli 5x bo‘ladi. 5x ga 3250 ni qo‘shsak xaridorning boshlang‘ich
puli kelib chiqadi, masala shartiga ko‘ra esa bu pul 7000 so‘mga teng. Demak,
quyidagi tenglama hosil bo‘ladi: 5x + 3250 = 7000. Tenglamani yechamiz. 3250 ni
qarama-qarshi ishora bilan tenglamaning o‘ng qismiga o‘tkazamiz: 5x = 7000 –
3250, 5x = 3750. Tenglamaning chap va o‘ng qismlarini 5 ga bo‘lamiz: x = 750 .
Javob: 1 kg guruchning bahosi 750 so‘m.
2. Zavod mashina ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmani 15 kunda bajarishi kerak
edi. Lekin zavod har kuni rejadan tashqari 2 ta ortiq mashina ishlab chiqarib,
muddatga 2 kun qolganda faqat rejani bajaribgina qolmasdan, rejadan ortiq yana
6 ta mashina ishlab chiqardi. Zavod reja bo‘yicha nechta mashina ishlab chiqarishi
kerak edi?
Yechish: zavod bir kunda x ta mashina ishlab chiqarishi kerak edi, shunda reja
bo‘yicha 15x ta mashina ishlab chiqarar edi, lekin har kuni (x + 2) tadan ishlab
chiqarib, (15 – 2) kunda rejaga nisbatan 6 ta ko‘p, ya’ni (15x + 6) ta mashina ishlab
chiqardi. Demak, quyidagi tenglamani yozishimiz mumkin:
(15 – 2) • (x + 2) = 15x + 6 .
Tenglamani yechamiz:
13 • (x + 2) = 15x + 6, 13x + 13 • 2 = 15x + 6, 13x + 26 = 15x + 6, 13x – 15x = 6 –
26, – 2x = – 20, x = – 20 : (– 2), x = 10 .
71
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Javob: zavod reja bo‘yicha 15x = 15 • 10 = 150 ta mashina ishlab chiqarishi kerak
edi.
References:
1.
S. Axmedov “Beruniy asarlarida maktabbop masalalar”.– Toshkent:
“O‘qituvchi”, 1975. – 98 b.
2.
S.I. Gelfand va boshqalar. “Elementar matematika masalalari”. – Toshkent:
“O‘qituvchi”, 1970. – 124 b.
3.
I.Ya. Depman “Masalalar yechish haqida hikoyalar. – Toshkent: “O‘quv
nashr”, 1959. – 106 b.
Dostları ilə paylaş: |