Matematika olimpiadasi "B" daraja



Yüklə 18,5 Kb.
tarix24.05.2022
ölçüsü18,5 Kb.
#59383
test olimp 6 sinf


Matematika olimpiadasi “B” daraja


Ishtirokchining I.F. _____________________________ Sinfi:_______


1. Ko’paytma qanday raqam bilan tugaydi? 25*27*28*29*51*53*55*57
A) 0 B) 1 C) 5 D) 3


2. Agar 6 dona kitob $ 51 tursa, xuddi shunday 14 ta kitob qancha turadi?
A) $ 84 B) $ 102 C) $ 112 D) $ 119


3. Agar 3a+3 toq son bo‘lsa, quyidagilardan qaysi biri juft son?
A) 2a+3 B) 5a–4 C) a2+3 D) a5+5


4. 9 kishilik guruhning yakuniy baholari o‘rta arifmetigi 73 ballni tashkil etadi. Nazorat qayta tekshirilgan ikki o‘quvchining bahosi noto‘g‘ri qo‘yilganligi aniqlandi. Agar ulardan birining bahosi 5 ballga orttirilib, ikkinchisining bahosi 23 ballga kamaytirilsa, guruhning o‘rtacha bahosi qanday bo‘ladi?
A) 55 B) 67 C) 71 D) 72


5. Kilosi 255 so’m bo’lgan sovun quriganida o’z og’irligining 15 % ini yo’qotadi. Qurigan sovunni kilosini eng kamida necha so’mdan sotganida firma zarar ko’rmaydi?
A) 216,75 B) 300 C) 320 D) 315


6. Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi 70o ga teng. Yon tomonga o‘tkazilgan balandlik va asosi orasidagi burchakni toping.
A) 45o B) 35o C) 20o D) 30o
7. Doiraning radiusi 44% ga oshishi uchun uning yuzini necha foizga orttirishimiz kerak?
A) 10 %ga B) 20 %ga C) 22 %ga D) 11 %ga


8. 24 soning bo`luvchilari yig`indisining bo`luvchilar soniga nisbatini toping?
A) 4 B) 5,5 C) 6 D) 7,5


9. Soat 7:30 da soat va minut millari orasidagi burchak nechta gradusni tashkil qiladi?
A) 30 B) 60 C) 45 D) 150


10. Bir qarzdor avval qarzining 1/3 qismini, keyinroq qolgan qismining 1/2 qismini to`ladi . Qarzdor yana 300 so’m to’lab qarzidan to’la qutildi. Uning qarzi necha so’m bo’lgan?
A) 1200 B) 1000 C) 800 D) 900


11. Maktab sardori tanlashda Komil va Akmalga berilgan ovozlar nisbati 8:5 kabi bo’ldi. Bunga ko’ra quyidagilardan qaysi biri har ikkalasi to’plagan ovozlar soniga teng bo’la olmaydi?
A) 1443 B) 1716 C) 2416 D) 1950


12. 14 ga karrali 3 xonali sonlar nechta?
A) 64 B) 74 C) 63 D) 75


13. Ushbu 12345678910….4950 sonning raqamlar yig’indisini toping.
A) 395 B) 330 C) 320 D) 315


14. To’g’ri to’rtburchakning eni 7 cm, boyi undan 3 cm ortiq bo’lsa, uni perimetrini hisoblang.
A) 22 B) 20 C) 34 D) 30


15. To’g’ri to’rtburchak shakldagi maydonning eni 64m . Agar shu maydonning yuzi 4 gektar bo’lsa, uning bo’yi necha metr bo’ladi ?
A) 62500 B) 62.5 C) 6250 D) 625
16. 23 < x <34 qo’shtengsizlikni nechta juft sonlar qanoatlantiradi?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta


17. 136* soni 4 ga qoldiqsiz bo’linsa * soni qabul qilishi mumkin bo’lgan raqamlar yig’indisi nechaga teng?
A) 12 B) 10 C) 8 D) 6


18. Agar avtomobil 4 soat-u 40 daqiqada 280 km masofani bosib o’tsa, uning o’rtacha tezligi qanday?
A) 50 km B) 60 km C) 65 km D) 70 km


19. 4 ta ishchi 6 soatda 10 m2 devorni qursa, 8 ta ishchi 3 soatda necha m2 devorni qura oladi?
A) 8 B) 10 C) 12 D) 14


20. Ko‘mir tashuvchi 2 konveyerdan birinchisi 3 minutda 5 tonna, ikkinchisi 4 minutda 7 tonna ko‘mir tashiydi. Ikki konveyer birga ishlatilganda 164 tonna ko‘mirni necha minutda tashish mumkin?
A) 48 B) 20 C) 16 D) 32
21. Bir guruhda 17 ta o’g’il bola 19 ta qiz bor. Guruxda 7 ta o’g’il 10 ta qiz qozoqcha, 12 ta o’g’il va 13 ta qiz fransuzcha biladi. Shu guruxdagi nechta o’quvchi shu tillardan faqat bittasini biladi. (Guruxdagi talaba eng kamida bitta til biladi?
22. Ushbu 2, 3, 5, 7, 8 raqamlarning istalgan ikkitasini ko'paytirish natijasida olingan sonlani kamayish tartibida joylashtirsak, 7-o’rindagi son qaysi?


23. Uyi maktabdan 3 km uzoqlikda joylashgan Muhammad Sodiq soat 8:30 da uydan chiqqanda maktabga soat 9:00 da keladi. U uydan yo’lga chqib biroz yurganidan so’ng, uy vazifasini unutganini eslaydi va uyiga ikki baravar tezlikda qaytadi va maktabiga ham o’z vaqtida yetib boradi. Shunga ko’ra Muhammad Sodiq qancha masofa yurganida uy vazifasini unutgani esga tushgan?
24. (1 + 2 + 3 - 4)+(5 + 6 + 7 - 8)+(9 + 10 + 11 - 12)+ ... +(37 + 38 + 39 - 40)=A bo'lsa, A nechchiga teng?


25. Agar ketma-ket 1000 ta butun sonning yig'indisi 500 ga teng bo'lsa, ushbu sonlarning eng kattasi raqamlarining yig'indisi qanday bo'ladi?
Yüklə 18,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin