Matematika va informatika fakulteti 4-kurs talabalarining malakaviy amaliyotini tashkil etish to‘g‘risida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabridagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomga va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 16-iyuldagi 311-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari hamda 2019-yil 30-avgustdagi institut Kengashining 1-son qarori bilan tasdiqlangan o‘quv rejalariga muvofiq talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish maqsadida
B U Y U R A M A N:
1. Matematika va informatika fakulteti 5110100-Matematika o`qitish ta’lim yo‘nalishi hamda 5110700-Informatika o`qitish ta’lim yo`nalishi
4-kurs talabalari 2023-yil 18-fevraldan 2023-yil 27-maygacha (14 haftalik) Umumta’lim maktablariga diplom oldi pedagogik malakaviy amaliyotga yuborilsin.
2. 2022/2023-o‘quv yili o‘quv rejasi hamda o‘quv yuklamasiga muvofiq malakaviy amaliyot bo‘yicha Matematika va uni o’qitish metodikasi, informatika va uni o’qitish metodikasi kafedralarining professor-o‘qituvchilari
N.Xurramov (99 soat), X.Islomov (115 soat), Sh.Raimqulov (138 soat), G’.Salomov (92 soat), Q.Ibragimov (138 soat), H.G’afforov(138 soat), D.Kulturayev (115 soat), U.O’taganova (276 soat), H.Turayev (69 soat), R.Karasakalov (138 soat), J.Turaxanov (198 soat), E.Xoliyarov (144 soat), R.To’rayev (144 soat), S.Sattorov (144 soat), N.Xudoyberdiyev (144 soat), M.Mamayusupov (144 soat), M.Karimova (72 soat), S.Amonov (144 soat), M.Alimov (216 soat), T.To’rayev (144 soat), M.Ernazarov (72 soat), Sh.Xolmurodov (72 soat), Sh.Yuldashev (72 soat) amaliyot rahbari etib tayinlansin.
5110100-Matematika va uni o`qitish ta’lim yo‘nalishi
Dostları ilə paylaş: |