Materiallarning magnit xossalari Reja; Elektromagnit induksiya qonuni Materiallarning magnit



Yüklə 24,3 Kb.
səhifə1/2
tarix14.05.2022
ölçüsü24,3 Kb.
#57981
  1   2
20,Materiallarning magnit xossalari


Materiallarning magnit xossalari

Reja;

1. Elektromagnit induksiya qonuni

2. Materiallarning magnit

3. Magnit xossalari

Materiallarning magnit xossalarini xarakterlovchi kattalik nisbiy magnit kirituvchanlik deyiladi va m harfi bilan belgilanadi. Vakuum muhitning absolut magnit kirituvchanligi magnit doimiysi deyiladi. Istalgan muhit yoki materiallarning nisbiy magnit kirituvchanligi ma bilan solishtiriladi va quyidagicha aniqlanadi:



m = ma ×

m0

Atrofimizdagi barcha materiallar o‘zlarining mag-nit xossalari bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi. Agar moddalarning (materiallarning) nisbiy magnit kiri-tuvchanligi birdan kichik m < 1 bo‘lsa, bunday mate-riallar diamagnit materiallar deyiladi. Mis diamagnit material, uning magnit kirituvchanligi m = 0,999. Agar materiallarning magnit kirituvchanligi birdan katta


  • > 1 bo‘lsa, bunday materiallar paramagnit mate-riallar deyiladi. Havo paramagnit materialga misol bo‘ladi, uning magnit kirituvchanligi m = 1,003.

Elektrotexnikada asbob-uskuna va tuzilmalarda ferromagnit materiallardan keng foydalaniladi. Ular kuchli magnitlash xususiyatiga ega, ularning magnit kirituvchanligi m >> 1 bo‘lib, milliongacha yetadi.

Ferromagnit materiallar paramagnit materiallardan muhim xossalari bilan farq qiladi. Bu xossalardan biri ferromagnit materiallarda molekular tok hosil qiluvchi zarrachalarning borligidir. Molekular tok magnit mo-mentini hosil qiladi. Mikroskopik hajmlarda hosil bo‘ladigan magnit momentlari „domen“ deb ataladi. Òashqi magnit maydon bo‘lmaganda domenlarning natijaviy magnit maydoni nolga tengdir. Ferromagnit materialni tashqi magnit maydonga kiritganimizda domenlar magnit momentlarining yo‘nalishi tashqi magnit maydon qutblari tomon buriladi. Natijada tashqi magnit maydon domenlar magnit momentlari hisobiga kuchayadi. Bu jarayon ferromagnit materiallarning magnitlanishi deyiladi.

Demak, ferromagnit materiallarda tashqi magnit maydon domenlar magnit maydoni hisobiga kuchayar ekan. Shu sababli barcha elektr uskuna va apparat-larning turli shakldagi o‘zaklari ferromagnit material-lardan yasaladi. Masalan, keltirilgan misolda magnit maydon kuch chiziqlarining asosiy qismi ferromagnit o‘zak orqali tutashtirilgan. Chunki, ferromagnit o‘zak-ning magnit kirituvchanligi havoning magnit kirituv-chanligiga nisbatan ancha katta bo‘lgani uchun uning magnit maydoni havodagi magnit maydondan bir necha marta ortiqdir. Demak, chulg‘am atrofidagi fazoviy muhitning magnit maydonini nazarga olmasdan, magnit maydon faqat ferromagnit o‘zakning geometrik o‘l-chamlari bilan cheklangan, desak bo‘ladi.Yuqorida qo‘zg‘almas zaryadlangan zarracha elektr maydonini hosil qiladi, deb ta’kidlab o‘tdik. Lekin biror-bir zarracha muhit temperaturasi faqat 0° K bo‘l-ganda qo‘zg‘almas holatda bo‘lishi mumkin. Bu qiymat Selsiy shkalasida 273 °C demakdir. Demak, muqarrar sharoitda hech bir zarracha tinch holatda turishi mum-kin emas. Hamma zaryadlangan zarrachalar doim ha-rakatda bo‘ladi va elektr maydon bilan birga magnit maydonni ham hosil qiladi. Elektr va magnit maydonlar orasida chuqur ichki bog‘lanish mavjud bo‘lib, bu bog‘lanish bu maydonlarning bir-biriga aylana olishida namoyon bo‘ladi. Elektr maydonning har qanday o‘z-garishi doimo magnit maydon paydo bo‘lishi bilan yuz beradi va aksincha, magnit maydonning har qanday o‘zgarishi elektr toki paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu mulohazalarga asoslanib, mantiqan fikr yuritadigan bo‘lsak, elektr va magnit maydonlar bir-biridan ajral-mas bo‘lib, ular bir jarayonning ikki tomonini anglatar ekan. Bunday maydon elektromagnit maydon deb ata-ladi. Elektromagnit maydon materiyaning alohida bir turidir. Materikning mavjudligi bevosita odamzodning sezgi a’zolari orqali his qilinadi. Elektromagnit may-don to‘lqin xossalariga ham ega, ya’ni bu maydon to‘lqin kabi fazoda tarqaladi.


Yüklə 24,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin