Mavzu : Glossemantika maktabi ta`limoti. Amerika deskriptiv lingvistikasi. Reja: Glossemantikaning vujudga kelishi



Yüklə 5,77 Kb.
tarix07.01.2022
ölçüsü5,77 Kb.
#51070
Qochqarboyeva Dilnavozning Tilshunoslik nazariyasi -hozir.org


Qochqarboyeva Dilnavozning " Tilshunoslik nazariyasi "

Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti o`zbek tili yo’nalishi 401- guruh talabasi Qochqarboyeva Dilnavozning Tilshunoslik nazariyasi” fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu : Glossemantika maktabi ta`limoti. Amerika deskriptiv lingvistikasi.

Reja:

1.Glossemantikaning vujudga kelishi.

2.Empirik tamoil.

3.Amaerika strukturalizmining vujudga kelishi.

4.Deskriptiv lingvistikaning tahlil metodlari.



Glossemantika - struktur lingvistikaning muhim tarmog`I. Bu yo`nalish

F.de Sossyur konsepsiyasi asosida, lekin uning qarashlarigabir tomonlama yondashgan holda maydonga keldi.

Glossemantika yunoncha glossatil” so’zidan olingan bo`lib bu yo`nalish tarafdorlarining e`tirof etilishiga ko`ra obyektni o`rganishda o`ta subyektivizmga yo`l qo`ygan va shuning uchun noilmiy bo`lgan an’anaviy tilshunoslikka qarama-qarshi ravishda yuzaga keldi.

Glossemantikaning asosiy tamoyillari V. Brendalning ,,Til nazariyasi tezislari”, ,,Boshqaruv tushunchasi”, ,,Lingvistikada struktur tahlil metodi”, ,,Til va nutq” singari bir qator asarlarida bayon qilingan.

Glossemantikaning asosiy tamoyillari uning yirik vakili bo`lgan L.Yelmslev asarlarida ham yorqin ifodasini topgan. ,,Boshqaruv tushunchasi” asarida struktural lingvistika endigina shakllanayotgani, hozirgi kunda u amal qiladigan dastur haqida gapirish hali erta ekanini ta`kidlangani holda, bu tilshunoslikning muhim jihati tilga struktura sifatida yondashuv ekanini bayon qiladi. Uning fikricha, struktura o`z ichki tartibiga asoslangan iyerarxiya ekani va yagona tayanch nuqtaga egaligi bilan xarakterlanadi Bu iyerarxiyani faqat deduktiv yo`l bilan yoritish mumkin. Xuddi shunday iyerarxiyani o`rganishga mo`ljallangan deduktiv metodni esa empirik yoli immanent-semiologik metod deb hisoblaydi.

Empirik yoki immanent-semiologik metod belgilar funksiyasini lingvistik tadqiqotlarning asosiy predmeti deb hisoblaydi. Bu metod, Yelmslev ta`biri bilan aytganda, semiologik xodisalar bilan semiologik bo`lmagan hodisalarni farqlamasdan, ularni aralashgan holda o`rganuvchi har qanday metoddanafzal. Empirik metod soddalik tamoiliga asoslangan metoddir.


Struktur tilshunoslikning yana bir yirik tarmog’I deskriptiv lingvistika nomi bilan yuritiluvchi Amerika strukturalizmidir. V.A.Zveginsevning ta`kidlashicha, Amerika strukturalizmi to`g’ridan-to’g’ri Sossyur ta`limotidan kelib chiqqan emas. U Amerika hindularining tilini o’rganish jarayonidagi amaliy ehtiyoj zamirida vujudga keldi.



F.Boas(1808-1942)

E.Sepir(1884-1939)

L.Blumfild(1887-1949)

Deskriptiv lingvistikaning yirik vakillari

Ushbu metodni targ`ib qiluvchilarning fikriga ko`ra, tilshunoslikning bosh vazifasi tilni tavsiflash, ya`ni til faktlarini tushuntirish, izohlash emas, balki ro`yxatga olishdan iboratdir. Shu vazifadan keib chiqqan holda bunday tadqiqot metodi deskriptiv (ingl.to describe - ,,tavsiflash”) nomini oldi.



Transformatsiya metodi

Bevosita ishtirokchilar metodi

Distributiv tahlil metodi

Deskriptiv lingvistikaning tahlil metodlari

Deskriptiv tahlil obyekti muayyan bir tildagi alohida tugal jumla sanaladi. Jumla esa ma’lum shaxs nutqining ikki pauza orasidagi parchasi hisoblanadi. Lekin jumla bilan gapning bir-biriga tengmasligi, jumla bir so`zdan ham, so`z birikmasidan ham, tugallanmagan gapdan ham tashkil topishi mumkinligi ta’kidlanadi. Deskriptivchilarning bayon qilishicha, lingvistik tadqiqot ma’lum bir dialektdagi jumlalarni to’plashdan va to’plangan materiallani tahlil qilishdan iborat bo’ladi. Toplangan materal, ya’ni matn elementlarga bo’linadi va bu elementlarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi aniqlanadi.

Bevosita ishtirokchilar metodiga muvifiq, tayanch nuqta konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiya tarkibidan Ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya atamasi ostida ma`noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashlik topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb kattaroq konstruksiya tarkibiga kirgan so`z yoki konstruksiya(yo morfema)ga aytiladi. Muayyan konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir necha ishtirokchilarga bevosita ishtirokchilar deyiladi.

Transformatsion metodga muvofiq, har qanday tilning sintaktik sistemasini yadro gaplar nomi bilan yuritiluvcji eng kichik gaplar tiplari yigindisi sifatida gavdalantirish mumkin. Yadro gaplar deganda soda, yig;iq, darak gap tushuniladi. Fe`l kesimli gap bo`lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir til sintaktik sistemasining asosini tashkil etadi.



Yuqorida korib o`tilgan lingvistk tahlil metodlari Amerika deskriptiv lingvistikasining tilshunoslik nazariyasi uchun bergan eng qimmatli tomonlaridir. Mazkur metodlar garchi tilning qandayfunksiallashuvi haqidagi savolga javob berolmasa ham, lekin uni tavsiflashga kata xizmat qildi. Bu tahlil metodlarining ko`p jihatlari bugungi tilshunoslikning tahlil usuli uchun ham foydadan holi emas.

Foydalailgan adabiyotlar ro`yxati: 1. A. Nurmonov “Tanlangan asarlar” II jild. 2. A. Nurmonov “Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. 3. Internet manbalari: ziyonet.com wikipediya



http://hozir.org
Yüklə 5,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin