Mavzu : umumiy o`rta maktablarida tasviriy san`atni o’qitishning mazmuni. Reja



Yüklə 33 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü33 Kb.
#37378
  1   2
UMUMIY Orta talim 1 kurs ishi
Документ Microsoft Word, 2 sinf matematika fanidan kvadrat ma, 3. Diskret matematika va matematik mantiq (o'zbek), 3. Diskret matematika va matematik mantiq (o'zbek), umum psix Mus ish, animatsiya mustaqil ish, 1-маъруза, 1-amaliy mashgulot (1), Tadbir senariysi, 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2), 2 kurs 2-Iqtisod (2)

MAVZU : UMUMIY O`RTA MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN`ATNI O’QITISHNING MAZMUNI.

REJA:

1.Tasviriy san`at mashg`ulotlari mazmunini davlat ta`lim standarti bilan bog`liqligi.

2.Tasviriy san`at mashg`ulotlarining turlari.

3.Tasviriy san`at ashg`ulotlarining Har bir turining vazifasi va mazmuni.

4. 1-4 va 5-7 sinflarda tasviriy san`at mashg`ulotlarining o`zaro farqi.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`at o`quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va ta`limning davlat standartlariga asoslangan Holda ta`lim mazmuni aniqlanadi. Tasviriy san`at dasturida uning quyidagi besh turi belgilangan:

1.Borliqni idrok etish (1-4 sinflarda). 2. Badiiy qurish-yasash (1-4 sinflarda). 3. San`atshunoslik asoslari (5-7 sinflarda). 4. Naturaga qarab tasvirlash (1-7 sinflarda). 5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda).

Borliqni idrok etish o`quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur soHaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o`stirishda muHim rol o`ynaydi. Borliqni idrok etish mashg`ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o`tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislik va go`zallikni ko`ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. SHuningdek, tabiatga qilingan sayoHat jarayonida zarur Hollarda ayrim ob`ekt va Hodisalarni qalam, bo`yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari Ham ishlanadi.

Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida o`simliklar, Hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko`rinishlari, kafiyati (quvonchli, g`amgin, o`ychan va Hokazo) Haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Boshlangich sinflarda borliqni kuzatish va ular Haqidagi suHbatlar o`quvchilarga Hayotdagi ba`zi bir Hodisalarni kengroq bilib olishga yordam beradi. U narsalarning shakli, tuzilishi, rangi kabilarni ma`lum miqdorda taHlil qilish va umumlashtirishdek muHim sifatlarni o`stirishga Ham imkon beradi.

Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrashga o`rgatiladi. Tabiatga qilingan sayoHatlarda ularning ayrim jiHatlari fasllarga bog`liq Holda o`zgarib turishligi bolalarga tushuntiriladi. SHuningdek, bunda bolalarni fazoziy tasavvurlari Ham o`stiriladi va planlik, chiziqli va Havo perspektivasiga qam e`tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog`liq ekanligi, borliqni bilmasdan turib sifatli tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongigi etkaziladi.

Borliqni idrok etish mashg`ulotlarini vazifalariga rioya qilgan Holda quyidagi mazmunda mashg`ulotlar o`tkazish nazarda tutiladi: 1. Kuz, qish, baHor fasllarida tabiatni o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish; 2. Gullar, Hashoratlar, dekorativ baliq va qushlarni kuzatish: 3. Tabiat mo``jizalari, baHorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish v.b.

YUqorida qayd qilinganidek, bunday mashg`ulotlardan maqsad bolalarni borliqni bilish, undagi narsa va Hodisalarni o`ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, fazoviy Holatlari, ularni yil fasllariga qarab o`zgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iboratdir. O`rganish zarur bo`lgan ob`ektlarni naturadan kuzatishning imkon bo`lmagan taqdirda o`qituvchi darsda bolalarni san`at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, foto nusHalarini namoyish etish orqali o`z maqsadiga erishadi.

Boshlang`ich sinf tasviriy san`at darslarida o`quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish va rassomchilikda ishlatiladigan turli materiallar bilan kengroq tanishtirish maqsadida badiiy qurish-yasash ishlari Ham olib boriladi.

Tasviriy faoliyatning bu qiziqarli turi uchun dasturda aloHida soatlar ajratilgan bo`lib, ular mashg`ulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish-yasash uchun asosan uch xil materiallardan foydalanish nazarda tutiladi:

1.Badiiy materiallar (rangli qog`ozlar, folga, gulqog`ozlar, plastilin, loy v.b.).

2.Tabiiy materiallar (daraxt barglari, shoxlari, ildizlari, po`stlog`lari, meva va sabzavotlarning urug`lari, rangli toshchalar, bug`doy va arpa poyalari v.b.).

3.Tashlandiq materiallar (ichimlik va dori darmondan bo`shagan sintetik idishlar, gugurt qutichalar, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari) v.b.

Badiiy qurish-yasash mashg`ulotlarida bolalarni qaychi bilan ishlash, kley yordamida elimlash, qog`ozlarni narsalar shakliga mos Holda buklash, o`rash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga yaqinlashtirish, qo`shish orqali tasvir yaratish kabi malakalar Hosil qilinadi. Bu malakalarni Hosil qilish boshlang`ich sinflar dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat:

Turli shakldagi qalamdon, quticha, Havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, samolyot, raketa va shu kabi narsalarni rangli qog`oz va kartondan tasvirini yasash; Hashoratlar - tilla qo`ng`iz, ninachi, kapalak v.b.larni rangli qog`ozlarni qirqish orqali Hosil qilish; rangli qog`ozlarni qirqish, buklash va elimlash yo`li bilan osma o`yinchoqlar tayyorlash; tabiiy materiallar yordamida baliq, Hashorat, qush, Hayvonlarning tasvirlarini Hosil qilish; rangli qog`oz, badiiy va tashlandiq materiallardan applikatsiya, kollaj, pape-mashe, aralash usulda mazmunli kompozitsiyalar (masalan, "Ko`chada", "Kosmodromda",) ishlash; tashlandiq materiallar-sim, ip, kanop, gazlama parchalari, plasmass idishlar, gugurt qutichalari, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida uncha murakkab bo`lmagan transport (qayiqcha, pirpirak, mashina, traktor v.b.), qushlar (qaldirg`och, to`ti, g`oz, chumchuq, laylak, o`rdak, sa`va v.b.), Hayvonlar (tulki, bo`ri, quyon, ayiq, yo`lbars, it, sher v.b.) ning o`yinchoq tasvirlarini ishlash; quritilgan barglar, rangli qog`ozlar, shoxlar yordamida ochilgan gul, gullagan daraxt shoxchasi tasvirini tayyorlash v.b.

Badiiy qurish-yasash ishlarida eng muHim vazifalardan biri badiiy, tashlandiq materiallarning o`ziga xos jiHatlarini (qattiq, yumshoq, mo`rt, egiluvchan, og`ir, engil, och, to`q, v.b.) bilish Hamda ular bilan ishlaganda o`lchov va o`lchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli ranglarini to`g`ri belgilash talab etiladi.

SHuningdek, qurish-yasash ishlarida qo`llanadigan o`quv qurollari va materiallarni bilish, tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir-birlaridan farqlay olish Ham talab etiladi.

Narsalar shaklini ko`ra olish Ham badiiy faoliyatning bu turi vazifasiga kiradi. Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tuta bilishga Ham o`rgatiladi.

San`atshunoslik asoslari bo`limi o`quv predmetining muHim qismlaridan biridir. U dasturda 5-7 sinflarda mustaqil bo`lim sifatida o`zining o`quv vazifalari tizimiga ega va u tasviriy, amaliy-bezak, me`morchilik san`atlari materiallaridan tashkil topadi. Mazkur bo`limning maqsadi o`quvchilar tomonidan san`at asarlarini ongli idrok etish va baHolash, uning jamiyat va odamlar Hayotidagi aHamiyatini tushunishga yordam berishdan iboratdir.

San`atshunoslik asoslari bo`limi o`quvchi shaxsining estetik rivojiga ko`maklashib, uni jaHon madaniyatining buyuk durdonalari va san`at asarlari orqali tevarak-atrofdagi Hayot go`zalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, san`atni sevishga o`rgatadi.

O`quvchilar bilan san`atshunoslik asoslari bo`yicha o`tkaziladigan mashg`ulotlarda ular mumtoz madaniy meros bilan tanishtirib boriladi, uning buyuk an`analari va san`atning Halq uchun xizmat qilishi, san`atdagi turli oqimlar va yo`nalishlar to`g`risida tushunchalar Hosil qilinadi.

Tasviriy va amaliy san`at asarlarini idrok etishga oid o`quv materiallari o`quvchilarning amaliy ishlari bilan bog`langandir. San`at asarlarining nusHalarini bolalarga ko`rsatish va ularning taHlili o`quvchilarda san`atga qiziqish uyg`otadi va ularni shu soHaga yo`llaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan g`oya, asosiy fikr va qo`llanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi.

Dekorativ-amaliy san`atga doir san`atshunoslik asoslari darslarida amaliy-bezak san`ati, Halq amaliy-bezak san`ati, o`zbek Halq amaliy-bezak san`ati, liboslar, o`zbek va chet el Halqlarining milliy liboslari Haqida bilimlar berish, Halq ustalari ishlatadigan ish qurollari va materiallari bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Bunday darslarda Toshkentdagi Halq amaliy san`ati muzeyi va Respublikamizdagi Halq amaliy san`ati rivoj topgan markazlar, o`zbek Halq amaliy san`atining mashHur nomoyondalari Hisoblangan Usta SHirin Muradov, Ota Polvonov, Hamro Raximova kabilar Haqida Ham suHbatlar o`tkazish rejalashtirilgan.

Me`morchilik san`ati borasida esa me`morchilik san`ati va uni atrof-muHit bilan bog`liqligi, me`morchilikda go`zallik, maqsadga muvofiqlik Haqida tushunchalar berish, individual va ijtimoiy me`morchilik, ularing turlari bilan tanishtirish, binolarning vazifasi va ularning estetik echimining o`zaro bog`liqligi, fasad va inter`erdagi dekorativ bezaklarning xarakteri, me`morchilikda qo`llaniladigan asosiy atamalar Haqida fikr yuritiladi. Binolarning tashqi va ichki badiiy bezaklarining xarakteri, ularda ishlatiladigan materiallar bilan Ham tanishtiriladi.

Bu vazifalarni bajarish uchun O`zbekiston xududidagi eng qadimgi me`morchilik obidalari, O`zbekiston IX-XIX asr me`morchiligi, SHarq va G`arb mamlakatlarida Uyg`onish davri me`morchiligi, O`zbekiston va jaHonning Hozirgi zamon ilg`or me`morchiligi yuzasidan mashg`ulotlar olib boriladi.

Tasviriy san`atdan davlat ta`lim standartlarida qayd qilinganidek, bolalarga san`atshunoslik asoslaridan quyidagilar Haqida bilimlar berishni nazarda tutadi:

1.Tasviriy san`at-san`atning bir turi ekanligi va uning kishilar Hayotidagi o`rni va aHamiyati. O`zbekiston xududida tasviriy san`atning taraqqiyoti (Afrasiob, Varaxsha, Tuproq qal`a v.b. joylardan topilgan tasviriy san`at namunalari). Tasviriy san`atning turlari (rangtasvir,grafika, Haykaltaroshlik) va janrlari (manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy, batal, animal, afsonaviy, marina). Rangtasvir turlari-dastgoHli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura rangtasviri. Rangtasvir texnikasi-freska, mozaika, vitraj.

2. Haykaltaroshlik turlari-dastgoHli Haykaltaroshlik, dekorativ Haykaltaroshlik, monumental Haykaltaroshlik; Relef (barelef, gorelef); yumaloq Haykallar.

3.Grafika turlari-dastgoHli grafika, estamp, plakat, kitob grafikasi; gazeta-jurnal grafikasi; targ`ibot va tashviqot grafikasi; etiketka, upakovka, v.b.

4.MovaraunnaHr miniatyura maktabi; SHarq miniatyura maktablari. Evropada Uyg`onish davri tasviriy san`ati; O`zbekistonning Hozirgi zamon tasviriy san`ati; JaHonning Hozirgi zamon ilg`or tasviriy san`ati; jaHon tasviriy san`atidagi asosiy oqimlar; dunyoning eng yirik tasviriy san`at muzeylari; O`zbekistonning eng yirik tasviriy san`at muzeyi. JaHonga mashHur eng buyuk rassomlarning Hayoti va ijodi (Kamoliddin BeHzod, Leonardo da Vinchi, O`rol Tansiqboev, CHingiz Axmarov v.b.).



Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, ularning xarakterli, tipik belgilarini bilish imkonini beradi. SHu orqali bolalarda kuzatuvchanlik, xotira, estetik did, obrazli tafakkur kabi eng muHim tasviriy malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Ular tik, yotiq, og`ma, egri, to`lqinsimon chiziqlarni chizish, bo`yoqlar bilan tegishli yuzani bir meyorda bo`yash, och tusdan to`q tusga va aksincha to`qdan ochga o`tish, o`quvchilar to`g`ri va egri chiziqlarni teng bo`laklarga bo`lish malakalarni o`zlashtiradilar. CHizilayotgan rasm mazmunidan kelib chiqqan Holda qog`oz formatini to`g`ri tanlashni Hamda rasmni qog`ozda kompozitsion jiHatdan to`g`ri joylashtirishni o`rganadilar. SHuningdek, rasmni bosqichlar asosida ishlashni o`zlashtiradilar.

Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarida o`quvchilar mo`yqalam, rangli qalamlar, akvarel, guash bo`yoqlari bilan ishlash yo`llarini o`rganadilar, imkoni bor joylarda ko`mir (ugol), sous, pastel, sangina kabi materiallar bilan Ham ish olib boradilar.

Amaliy ishlarda odam, Hayvon, qushlar gavdasining tuzilishi, ular qismlarining o`lchov nisbatlari, shakllarini to`g`ri aks ettirish malakalari takomillashtiriladi. YOrug`soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya yuzasidan nazariy ma`lumotlar berish bilan bir qatorda o`ziga qarab aloHida va natyurmort ishlash yuzasidan amaliy ishlar bajariladi.

Tasvirlash jarayonida naturani taHlil qilish, ularning qismlarini bir-biri bilan taqqoslash, umumlashtirish kabilar rasm ishlovchining e`tibor markazida bo`ladi. Bunda, ayniqsa, chiziqlar ravonligi, ranglarning nafis va mutanosibligi, ifodalangan go`zallikni zeHnlab tasvirlay olishga aloHida e`tibor beriladi.

YUqorida qayd qilingan vazifalar 1-2 soat davomida va qisqa muddatda (5-10 daqiqa) bajariladigan qoralama va ranglamalar shaklida bajariladi. Bu ishlar aloHida mavzu asosida yoki mashg`ulot mazmunidan kelib chiqqan Holda darsning boshlanish, o`rta yoki oxirida amalga oshiriladi. YUqorida qayd qilingan vazifalar va topshiriqlar o`simlik va daraxt barglari, turli shakl va rangdagi gullar, meva va sabzavotlar, Hunarmandchilik va amaliy san`at buyumlarini aloHida va to`p Holda natyurmort tarzida rasmini chizdirish orqali amalga oshiriladi.

Naturaga qarab bajariladigan topshiriqlar qush, Hayvon, odam tasvirlarini to`la yoki xomaki rasmini ishlashni Ham nazarda tutadi.

Boshlang`ich sinflarda ko`proq bolalarning tasviriy imkoniyatlariga mos keladigan bayroqcha, soat, Havo shari, o`yinchoq mashinalar, ninachi, kapalak, tilla qo`ng`iz kabi Hashoratlarni rasmini ishlash niHoyatda qo`l keldi. Bunday mashg`ulotlar uchun natura tanlashda o`qituvchi, ularning estetik ko`rinishiga, shakl, rang jiHatidan bolalarda qiziqish uyg`otadigan bo`lishligiga o`z e`tiborini qaratadi.

Kompozitsion faoliyat o`z mazmuniga ko`ra uch qismga bo`linadi. 1. Rangtasvir kompozitsiyasi. 2. Dekorativ kompozitsiya. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.

Kompozitsion faoliyat o`quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o`z fikr va taassurotlarini rasmda obrazli qilib tasvirlash Hamda badiiy didni o`stirishni maqsad qilib qo`yadi.



Rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari tevarak-atrofdan olingan ko`rinish va Hodisalarni uning barcha janrlarida (manzara, turmush, natyurmort, tarixiy, animalistik, afsonaviy, marina) amaliy ishlar shaklida bajarishni nazarda tutadi. Bu amaliy ishlar bevosita yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva yuzasidan olib boriladigan nazariy bilimlar bilan bog`liq Holda amalga oshiriladi. Bunday amaliy mashg`ulotlarda bolalar naturani kuzatish, (qoralama, ranglama, uzoq davom etadigan rasm ishlash) xotiradan, tasviriy san`at asarlaridan olgan bilim va malakalarga tayangan Holda ish olib boradilar. O`quvchilar tanlangan mavzuga ko`ra uning elementlarini qog`oz yuzasida bir-biriga bog`liq Holda joylashtirish, yaxlit kompozitsiyani Hosil qilish, mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyani topish uchun bir qancha xomaki ishlar, eskizlar ishlaydilar. Kompozitsiya tuzishda bolalar obrazlarning tipik belgilarini tanlab olib, qismlarning o`rnini almashtirib, qo`shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilarga aloHida e`tibor beradilar. Unda kompozitsiyaning bir butunligi, qismlarni, shakllarni, ranglarni xillashtirish va ular o`rtasidagi bog`lanish va kontrastlik, asardagi Hamma vositalarning bosh g`oyaga bo`ysindirish kabi qonun va qoidalar Hisobga olinadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi darslarida o`quvchilar bo`yoqlar bilan tasvirlash, tasvirda asosiyni bo`rttirib ko`rsatish, tasvirda uzoq-yaqinlikni ifodalashda perspektiva qoidalariga amal qilishni o`rganadilar.



Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida badiiy-bezak ishlarida foydalaniladigan yo`lsimon, kvadrat, to`rtburchak, doira naqshlar, ochiq va yopiq naqshlar, nomoyon naqsh namunalaridan ko`chirish va mustaqil ijodiy ishlarni o`rganadilar. Bu ishlar bevosita buyum bezagi bilan bog`liq Holda amalga oshiriladi.

SHuningdek, taklifnoma, tabriknomalar tayyorlash kabi amaliy ishlar Ham bajariladi. Milliy va chet el xalqlarining liboslari uchun eskizlar tayyorlanadi, tabiiy shakllarni stilizatsiyalash yuzasidan mustaqil ishlar olib boriladi. Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida Halq ertaklari, Hikoyalar, dostonlar, she`rlar mazmuniga eskizlar ishlash katta o`rinni egallaydi. Bunda bolalar kitoblarni ichki va tashqi (muqova) bezagiga doir (bosh bezak, yakuniy bezak, zarHal Harf, illyustratsiya) ishlarni bajaradilar. Dekorativ ishlarda o`quvchilar buyumlarning vazifalari, ularning shakli, bezak elementlarining o`zaro bog`liqligi Haqida elementar tushunchalarga ega bo`ladilar Hamda yuksak maHorat bilan tasvirlangan narsalarni didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq qilishni o`rganadilar.

Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga Har qanday naqshlarning elementlari tevarak-atrofdagi narsa va Hodisalardan olingani Haqida tushuncha beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg`ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni o`zgartirishi, uni soddalashtirishi, unga yangi elementlarni qo`shishi mumkinligini o`rganib oladi.

SHu bilan birga o`quvchilar turli xalqlarning bugungi dekorativ-amaliy san`ati Hamda dizayn san`ati bilan tanishadilar. Dizayn ishlarida bolalar dazmol, choynak uchun taglik, quticha, libos uchun bezak eskizi, televizor, kreslo, engil avtomobilni yangi markasi eskizlarini ishlash bilan shug`ullanadilar.



Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlarida odam, Hayvon, qushlarning aloHida Haykallari, sport, Hayvonot olami mavzularida, xalq ertaklari asosida tasviriy ijodiy ishlar bajariladi. Dekorativ Haykaltaroshlik o`quvchilarda turli dekorativ bezakli rel`eflar va o`yinchoq Haykallar ishlash orqali maxsus bilim Hamda malakalar Hosil qiladi. O`zbek Halq kulolchilik san`ati an`analari asosida "Toychoq", "Qo`zichoq", “Bo`taloq“ kabi o`yinchoq Haykalchalar ishlanadi. Fantastik mavzularda, dev, ajdarHo, kentavr, suv parisi, xumo qushi kabilarni dekorativ Haykallari ijodiy tarzda bajariladi. Bunday mashg`ulotlarda bolalar stek bilan ishlash, loy yoki plastilinni dumaloqlash, bosib yapaloqlash, silliqlash, cho`zish usullarini o`rganadilar.

Haykaltaroshlik mashg`ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo`lib, ularning birinchisi aloHida-aloHida loy yoki plastilin bo`laklarini bir-biriga yopishtirish orqali Haykal ishlash bo`lsa, ikkinchisi yaxlit loy bo`lagiga stek bilan ishlov berish orqali Haykal ishlashdir. Bularni bolalar yakka yoki guruH bo`lib bajaradilar. Kompozitsiyalardagi obrazlar soniga qarab, guruHdagi bolalar soni kam yoki ko`p bo`lishi mumkin.




Yüklə 33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə